Matu-Grosu - Braziliyaning jan.gʻarbiy qismidagi shtat. Maydoni 906,8 ming km². Aholisi 2,49 mln. kishi (2000). Shingu daryosi havzasidagi oʻrmonlarda indeys qabilalari saqlangan. Maʼmuriy markazi — Kuyaba shahri

Matu-Grosu
portugalcha: Mato Grosso

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tegishli Markaziy-gʻarbiy hudud
Tarkibida - 5 mezoregion;
- 22 mikroregion;
- 141 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kuyaba
Gubernator portugalcha: Silval Barbosa (BDXP)
Vitse-Gubernator portugalcha: Francisco Tarquinio Daltro (BDXP)
Senatorlar portugalcha: Blairo Maggi (BRP)
portugalcha: Jayme Campos (DEM)
portugalcha: Pedro Taques (DIP)
YAIM (2009) R$57 294 000  (14-oʻrin)
Rasmiy tillar Portugal
Aholi (2010-yil) 3 035 122[1] (19-oʻrin)
Zichligi 3,36[1] kishi./km²
Dinlar tarkibi katoliklar
Maydoni 903 329,7 [2] km² (3-oʻrin)
Kengligi -15.566667
Uzunligi -56.066667
Vaqt mintaqasi GMT-4
Kod ISO 3166-2 BR-MT
Pochta indeksi 78000-000 по 78890-000
Rasmiy sayti mt.gov.br
Xaritada
Matu-Grosu xaritada
Matu-Grosu, Xarita
  1. 1,0 1,1 „Estatisticas de 29 de Novembro de 2010“ (pt). IBGE. 2012-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 15-may.
  2. Censo 2010: populacao do Brasil e de 190.732.694 pessoas (port.)
15°34′0″S 56°4′0″W / 15.56667°S 56.06667°W / -15.56667; -56.06667

Matu-Grosu Serra-dus-Paresis va MatuGrosu qumli platolari bilan Braziliya yassitogʻligining gʻarbiy yotiq yon bagʻri hamda Pantanal tekisliklarida joylashgan. Iqlimi yozi sernam, subekvatorial iqlim. Kuyaba shahrida oʻrtacha oylik temperaturalar 22—28°. Yillik yogʻin 2000 mm va undan ortiq. Daryolari serostona. Oʻsimlik dunyosi past boʻyli daraxt va butali savannalar, dare vodiylarida oʻrmonlar hamda tropik botqoqliklardan iborat.

Matu-Grosu — Braziliyaning iqtisodi qoloq shtatlaridan. Iqtisodining asosini ekstensiv chorvachilik tashkil etadi. Oʻrmon xoʻjaligi (kauchuk, palma yongʻogʻi yigʻish) rivojlangan. Dehqonchilikda sholi, soya, makkajoʻxori, maniok, shakarqamish, kakao, kofe ekiladi. Foydali qazilmalardan kassiterit, oltin, olmos olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Matu-Grosu" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES