Mehrobod xalqaro aeroporti (forscha: فرودگاه بین المللی مهرآباد, Foroudgâh-e Beyn Almelali-ye Mehrobâd) (IATA: THRICAO: OIII) – Eron poytaxti Tehronga xizmat koʻrsatuvchi aeroport. Aeroport hozirda faqat mahalliy reyslarni qabul qilsa-da, 2007-yilda undan kattaroq Imom Xumayniy xalqaro aeroporti qurilishidan oldin xalqaro va mahalliy qatnovlar uchun Tehronning asosiy aeroporti boʻlgan. Shunga qaramay, 2016-yilda Mehrobod aeroporti yoʻlovchilar soni boʻyicha Erondagi eng gavjum aeroport boʻlib, jami 16 678 351 yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aeroportdan Eron hukumati ham foydalanadi va Eron havo kuchlarining bazalaridan biri hisoblanadi.

Mehrobod xalqaro aeroporti
فرودگاه بین المللی مهرآباد
IATA kodi: THRICAO kodi: OIII
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik / harbiy
Egasi Eron hukumati
Operator Eron aeroportlari kompaniyasi
Eron havo kuchlari
Eron Islom Respublikasi armiya aviatsiyasi
Islom inqilobi gvardiyasi korpusi
Eron politsiya aviatsiyasi
Xizmat doirasi Tehron aglomeratsiyasi
Joylashuvi Tehron, Eron
Ochilgan 1938[1]
Havo yoʻli tuguni * Air1
  • Asa Jet
  • ATA Airlines
  • Caspian Airlines
  • Chabahar Airlines
  • FlyPersia
  • Iran Air
  • Iran Airtour
  • Iran Aseman Airlines
  • Karun Airlines
  • Kish Air
  • Mahan Air
  • Meraj Airlines
  • Pars Air
  • Pouya Air
  • Qeshm Air
  • Saha Airlines
  • Sepehran Airlines
  • Taban Air
  • Varesh Airlines
  • Yazd Air
  • Zagros Airlines
Dengiz sathidan balandligi 3,962 ft / 1,208 m
Koordinatalari 35°41′21″N 51°18′49″E / 35.68917°N 51.31361°E / 35.68917; 51.31361
Vebsayti mehrabad.airport.ir
Xarita
THR (Eron)
THR
Aeroportning Eron xaritasidagi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
11L/29R 13,087 3,989 Asfalt
11R/29L 13,258 4,041 Asfalt
Maʻlumotlar (2017)
Parvozlar soni 142,037 7%
Yoʻlovchilar soni 17,464,216 7%
Yuk tashish 120,467 tonna 8%
Manba: Eron aeroportlari kompaniyasi[2]

Tarixi

tahrir
 
Aeroportning 1- va 2-terminallari

Aeroport birinchi marta 1938-yilda aviatsiya klubi samolyotlari uchun aerodrom sifatida foydalanilgan, Ikkinchi jahon urushidan soʻng 1949-yilda Eron fuqaro aviatsiyasi tashkilotining ICAOga qoʻshilishi orqali xalqaro miqyosda tan olinishi bilan birga aeroport havo kuchlari bazasiga ham aylantirildi.

1956-yil aprelda Lockheed T-33A Shooting Star (oʻquv-mashq samolyoti), 1957-yil may oyida Republic F-84G Thunderjets (qiruvchi) samolyotlari Eron havo kuchlariga yetkazib berildi. 1955-yilda birinchi asfalt qoplamali uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilgandan soʻng, xalqaro va mahalliy reyslar uchun yangi terminal binosi (hozirgi 1-terminal) loyihalashtirildi va qurildi. 1961-yilda Mehrobod aeroportiga uchib ketish uchun ishlatiladigan yon bino (hozirgi 2-terminal) qoʻshildi.

1975-yil may oyida Iran Air Mehroboddan Boeing 707 bilan London orqali Nyu-Yorkka parvozlarni amalga oshira boshladi[3]. Aviakompaniya iyun oyida Boeing 747SP samolyotlaridan foydalangan holda Nyu-Yorkka toʻgʻridan-toʻgʻri qatnovni yoʻlga qoʻydi[4][5]. 1977-yilda Tehrondan 35 kilometr (22 mi) uzoqlikda yangi aeroport qurilishi boshlandi. Shahar Mehrobod atrofida oʻsib borishi bilan, aerodrom esa katta tirbandlik bilan yuzlashdi[6][7]. 1970-yildan 1976-yilgacha yoʻlovchilar soni 900 mingdan 3 million 20 minggacha koʻtarildi[8]. 1979-yil 24-yanvarda Oyatulloh Ruhulloh Xumayniyning Parijdagi surgundan Eronga qaytishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida harbiylar Mehrobod va mamlakatning boshqa aeroportlarini oʻz nazoratiga oldi[9]. Oxir oqibat, Xumayniyning qaytishiga ruxsat berildi va sakkiz kundan keyin unga Air France aviakompaniyasining charter reysida Mehrobodga yetib keldi[10]. 1980-yil sentyabr oyida Eron-Iroq urushining boshida Iroq kuchlari aeroportga havo hujumi uyushtirdi[11]. 1980-yillarda Mehrobodning marshrut tarmogʻi Parijdan Pekingacha boʻlgan yoʻnalishni qamrab olgan[12].

2000-yilga kelib, aeroport harbiy parvozlardan tashqari har yili toʻqqiz million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatgan. Aviakompaniyalar tirbandlik tufayli oʻz mijozlariga uchib ketishdan uch soat oldin Mehrobodga yetib kelishni tavsiya qilishgan[6]. Hozir Imom Xumayniy nomi berilgan yangi aeroport 2004-yilda ochilgan. Biroq, siyosiy omillar barcha xalqaro reyslarni ushbu aeroportga oʻtkazishni kechiktirdi[13]. Iran Air 2007-yil mart oyida Boeing 747 samolyotida Karakasga parvozlarni boshladi[14][15]. Parvozlar Damashq aeroportida toʻxtab oʻtgan va Venesuelaning Conviasa aviakompaniyasi bilan kodshering shartnomasi asosida amalga oshirilgan[16]. Yetti oy oʻtgach, Iran Air bu yoʻnalishni Conviasaga topshirdi. Venesuela aviakompaniyasi ushbu yoʻnalishda Airbus A340 samolyotlaridan foydalangan[17][18]. 2007-yilning noyabrigacha barcha xalqaro reyslar Imom Xumayniy aeroportiga koʻchirildi[13].

2020-yil iyun oyida Mehrobod aeroporti 4- va 6-terminallarning oʻrniga yangi terminal qurilishini maʼlum qildi. Yangi terminalda 20 ta eshik (10 ta teletrapli) va yangi CIP terminali boʻlishi kerak. Qurilish qachon boshlanishi maʼlum emas.

Faoliyati

tahrir

Mehrobod aeroporti faqat mahalliy reyslarga xizmat koʻrsatadi[19][20]. 2022-yilning martidan 2023-yilning martigacha aeroport 12,3 million yoʻlovchini qabul qilgan[20].

Imkoniyatlari

tahrir

Mehrobod xalqaro aeroporti 4 ta terminaldan iborat[21]:

  • 1- va 2-terminallar ATA Airlines, Iran Air, Iran Airtour, Kish Air, Meraj Airlines, Qeshm Air va Zagros Airlines aviakompaniyalari yoʻlovchilarining uchib kelish va ketishlari uchun xizmat qiladi.
  • 4- va 6-terminallar Caspian Airlines, Iran Aseman Airlines, Mahan Air, Varesh Airlines va boshqa barcha aviakompaniyalar yoʻlovchilarining uchib kelish va ketishlari uchun xizmat qiladi.

Boshqa imkoniyatlari

tahrir

Aeroportda Iran Air va Eron fuqaro aviatsiyasi tashkilotining bosh ofislari joylashgan. Bundan tashqari, Iranian Airports kompaniyasining bosh ofisi Mehrobod aeroportida, 2-terminal yaqinida joylashgan[22].

Baxtsiz hodisalar va falokatlar

tahrir
  • 1974-yil 15-martda Sterling Airways Sud Aviation Caravelle samolyotida qoʻnish moslamasi ishlamay qoldi. Samolyot taksi yoʻlida ketayotganda, oʻng asosiy qoʻnish moslamasi ishlamay qoldi, natijada oʻng qanot qulab tushdi va yonib ketdi. Hodisa oqibatida 15 nafar yoʻlovchi halok boʻldi[23].
  • 1974-yil 5-dekabrda aerodrom tomi qulab tushdi, 17 kishi halok boʻldi va oʻnlab odamlar jarohat oldi[24].
  • 1980-yil 21-yanvarda Iran Air aviakompaniyasining 291-reysi Mehrobodga yaqinlashayotganda Elburs togʻlariga qulab tushdi va bortdagi 128 kishining barchasi halok boʻldi.
  • 1993-yil 8-fevralda Iran Air Tours aviakompaniyasining Tupolev Tu-154M samolyoti Eron havo kuchlarining Su-24 qiruvchisi bilan toʻqnashib ketdi. Natijada ikkala samolyot bortida boʻlgan 133 kishining barchasi halok boʻldi[25].
  • 2005-yil 20-aprelda Saha Airlines aviakompaniyasining 171-reysida uchayotgan Boeing 707-3J9C layneri Mehrobod aeroportiga qoʻnayotganda halokatga uchradi. 29L uchish-qoʻnish yoʻlagida qoʻnish moslamasi bilan bogʻliq muammolar (qoʻnish moslamasining ishdan chiqishi yoki shinaning yorilishi) samolyotni yoʻlakdan Kan daryosiga sirgʻalib ketishiga sabab boʻldi. Evakuatsiya vaqtida daryoga qulagan uch nafar yoʻlovchi halok boʻldi[26].
  • 2005-yil 6-dekabrda Eron havo kuchlarining C-130 Hercules samolyoti aeroportdan havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay Tehronda qulab tushdi[27].
  • 2008-yil 2-yanvarda Iran Air aviakompaniyasining 100 nafar yoʻlovchisi boʻlgan Fokker 100 (EP-IDB) samolyoti mahalliy reys bilan Sherozga uchayotganda samolyot qanotining bir qismi yonib ketishi ortidan uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi. Qoʻnish moslamasi parchalanib ketdi va keyingi yongʻin qanotlarni qisman yoʻq qildi. Eron vaqti bilan soat 07:30 atrofida aeroportda kuchli qor yogʻishi paytida sodir boʻlgan voqea oqibatida hech kim jabrlanmadi[28].
  • 2014-yil 10-avgust kuni Sepahan Airlines aviakompaniyasining 5915-reysi uchayotgan HESA IrAn-140 samolyoti Mehrobod xalqaro aeroportidan havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay qulab tushdi. Samolyot dvigatelida nosozlik yuzaga kelgan va havoga koʻtarilganidan 4 daqiqa oʻtib aeroportga qaytishga uringan, biroq balandlikni ushlab turolmagan va turar-joy hududiga qulagan. 39 kishi halok boʻldi, 9 kishi yaralandi[29].
  • 2015-yilning 15-oktyabr kuni Eron janubidagi Bandar Abbosga yoʻl olgan Mahan Air Boeing 747 samolyoti havoga koʻtarilgandan soʻng dvigatel qismlarini yoʻqotdi, biroq muvaffaqiyatli favqulodda qoʻna oldi. Samolyotdagi 300 kishidan hech biri jabrlanmadi[30].
  • 2019-yil 19-mart kuni Fokker 100 (roʻyxatdan oʻtish kodi: EP-IDG) samolyotining asosiy qoʻnish moslamasi uzaytirilmagan holda favqulodda qoʻndi. Baxtsiz hodisada hech kim jabrlanmadi[31].

Aeroportga kirish

tahrir

Aeroportga Tehron metropolitenining ikkita bekati xizmat koʻrsatadi. Bekatlardan biri 1- va 2-terminallar kirish uchun, ikkinchisi esa 4- va 6-terminallarga kirish uchun moʻljallangan[32].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

 Bu maqola Air Force Historical Research Agency. agentligining jamoat mulki materiallarini oʻz ichiga oladi.

  1. „تاریخچه - فرودگاه بین‌المللی مهرآباد“. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-avgust.
  2. „Traffic Figures“. Qaraldi: 2018-yil 14-fevral.[sayt ishlamaydi]
  3. Hinman Jr., Ralph. „Iran Air forging new Mideast link“. Press-Telegram (1975-yil 28-may). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  4. „SPs to Tehran“. Hartford Courant (1976-yil 6-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  5. „Nonstops to Tehran“. Daily News (1976-yil 30-may). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  6. 6,0 6,1 Dinmore, Guy. Tehran counts on airport to turn chapter in history. Financial Times (2000-yil 12-iyul).
  7. Field, Michael. Survey of Iran (22): Major Industrial and Infrastructure Projects. Financial Times (1985-yil 1-aprel).
  8. Stroud, John. Airports of the World. Putnam, 1980 — 172-174-bet. 
  9. Rizvi, Sajid. „Army seizes Iran airports“. Nashua Telegraph. United Press International (1979-yil 24-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  10. Apple Jr., R. W.. „Khomeini arrives in Teheran, urges ouster of foreigners; Millions rally to greet him“. The New York Times (1979-yil 1-fevral). Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  11. Iran, Iraq trade fire, Tehran airport is hit. Boston Globe. Associated Press (1980-yil 23-sentyabr).
  12. „Airlines and Aircraft Serving Tehran“. Official Airline Guide: Worldwide Edition (1983-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  13. 13,0 13,1 „Iran international flights switch to new airport“. The Economic Times (2007-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 21-iyun.
  14. Spaeth, Andreas. „Nach Diktatur verreist“ (de). Frankfurter Allgemeine Sonntagszeitung (2007-yil 17-iyun). 2007-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
  15. „Iran: National airline to fly to Venezuela“. Tampa Bay Times (2007-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  16. Romero, Simon. „Venezuela and Iran Strengthen Ties With Caracas-to-Tehran Flight“. The New York Times (2007-yil 3-mart). Qaraldi: 2021-yil 30-noyabr.
  17. „La compañía venezolana Conviasa inaugura la ruta Caracas-Teherán con escala en Damasco“ (es). Notimérica (2007-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  18. „Itinerarios“ (es). Conviasa. 2007-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
  19. „Imam Khomeini Intl. Airport ready to operate domestic flights“. Tehran Times (2019-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  20. 20,0 20,1 „Mehrabad Top Airport in Domestic Passenger Number“. Financial Tribune (2023-yil 23-may). Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  21. „مسیرهای پروازی“ (fa). Mehrabad Airport. 2023-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.
  22. "Contact Us." Iranian Airports Holding Company. Retrieved on 31 January 2012. „آدرس:تهران – فرودگاه مهرآباد -جنب ترمينال 2 – ساختمان مركزي شركت فرودگاه‌هاي كشور“
  23. Ranter. „ASN Aircraft accident Sud Aviation SE-210 Caravelle 10B3 OY-STK Tehran-Mehrabad Airport (THR)“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  24. The Iranian History Article: The Roof Collapsed At Mehrabad Airport
  25. Ranter. „ASN Aircraft accident Tupolev Tu-154M EP-ITD Tehran-Mehrabad Airport (THR)“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  26. Ranter. „ASN Aircraft accident Boeing 707-3J9C EP-SHE Tehran-Mehrabad Airport (THR)“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  27. Ranter. „ASN Aircraft accident Lockheed C-130E Hercules 5-8519 Tehran“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  28. „Iran Air plane skids off runway, passengers safe“. Agence France-Presse. 2008-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 5-yanvar.
  29. „At Least 39 Killed in Iran Plane Crash“. Reuters. Qaraldi: 2014-yil 10-avgust.
  30. „747 plane engine snaps off in Iran flight, no injuries“. msn.com.
  31. Ranter. „ASN Aircraft accident Fokker 100 EP-IDG Tehran-Mehrabad Airport (THR)“. aviation-safety.net. Qaraldi: 2020-yil 26-sentyabr.
  32. „نقشه مترو“. Tehran Urban & Suburban Railway Operation Co.. 2019-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-sentyabr.

Havolalar

tahrir

  Vikiomborda Mehrabad International Airport mavzusiga oid fayllar bor

  NODES
Idea 1
idea 1
INTERN 3
Project 1