Melissa - koʻp yillik oʻtlar guruhi, Lamiaceae turkumiga mansum oʻsimlik. Vatani Yevropa va Osiyo boʻlsada boshqa koʻplab joylarda yetishtirilishi mumkin. (shuningdek, iqlimlashtirilgan).[1][2][3][4]  Melissa juda sovuqqa ham chidamli oʻsimliklar boʻlib, yoz issiq boʻlsa, toʻliq quyosh nuridan "himoyalangan" joylarni yoki yengil soyani afzal koʻradi. Ular tez oʻsadi. M.officinalis dunyoning koʻp mamlakatlarida tabiiy holda oʻsishi mumkin. Melissa nomi gullardagi nektarning koʻpligi tufayli "asal ari" degan ma'noni anglatuvchi yunoncha mélissa (mélissa) soʻzidan olingan. Poyasi yalpizlar oilasiga mansub boshqa oʻsimliklar singari toʻrtburchak shaklda. Barglari poyada qarama-qarshi juft boʻlib, odatda tuxumsimon yoki yurak shaklida boʻlib joylashgan. Melissa poya va barglaridan limon hidini chiqaradi. Yozda oq yoki sargʻish gullarning boshoqcha toʻpgul hosil qiladi. Bu turning eng koʻp yetishtiriladigan turlari (navlari) Amerika Qoʻshma Shtatlarida limon balzami[5] va Angliyada balzam[6] sifatida tanilgan Melissa officinalis hisoblanadi.

Melissa

Melissa officinalls
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Oʻsimlik dunyosi
Sinf: Lamiacea
Oila: Lamiaceae
Sinonimlari
Mutelia Gren. Mutel

Melissa axillaris (Benth.) Bakh.f.  - Xitoy (jumladan, Tibet + Tayvan), Himolay, Indochina, Sumatra, Yavada keng tarqalgan.

Melissa flava Benth.  - Shimoliy + Sharqiy Hindistonning Tibet, Nepal, Butan, Himoloy togʻlari kabi hududlarda uchraydi.

Melissa officinalis L. - Oʻrta yer dengizi, janubi-gʻarbiy + Markaziy Osiyo, Portugaliya + Marokashdan Tojikistongacha;  Shimoliy Yevropa, Yangi Zelandiya, AQSh, Kanada, Janubiy Amerika janubida iqlimlashtirilgan boʻlib, ushbu mintaqalarda koʻplab uchraydi.

Melissa yunnanensis (C.Y.Wu va Y.C.Huang) - Tibet, Yunnanda uchratish mumkin.

Lamiacea oilasi

tahrir

Lamiacea oilasi gulli oʻsimliklar oilasi boʻlib, boshqacha yalpizdoshlar oilasi deb nomlanadi.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Kew World Checklist of Selected Plant Families
  2. Flora of China Vol. 17 Page 225 蜜蜂花属 mi feng hua shu Melissa Linnaeus, Sp. Pl. 2: 592. 1753.
  3. Altervista Flora Italiana, genere Melissa includes range maps for Europe and North America
  4. Biota of North America Program 2013 county distribution map for Melissa officinalis
  5. Rodale's Illustrated Encyclopedia of Herbs. Emmaus, PA: Rodale Press, Inc. 1987. p. 355.
  6. Chisholm, Hugh, ed. (1911). "Balm". Encyclopædia Britannica. Vol. 3 (11th ed.). Cambridge University Press.
  NODES