Mezoderma (mezo... va yun. dermateri) — gʻovaktanlilar va boʻshliqichlilardan tashqari hamma koʻp hujayrali hayvonlar homilasi rivojlanishining gastrula bosqichida hosil boʻladigan oʻrta qavati. Hayvonlarda M. har xil yoʻl bilan vujudga keladi. Embrional rivojlanishda mezoderma varaqlari oraligʻida selom hosil boʻladi va M. somitlar (segmentlar)ga ajraladi. Keyinchalik har bir somitdan muayyan toʻqima va organlar rivojlanadi. Masalan, miotomlardan — koʻndalangtargʻil muskullar, dermatomlardan — teri, sklerotomlardan — togʻay va suyaklar hosil boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES