Mir Arab madrasasi — Buxoro madrasasi.

Madrasa
Mir Arab madrasasi
Mir Arab madrasasining bosh fasadi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Manzil I. Buxoriy MFY, Nurobod koʻchasi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Davlat mulki. Buxoro viloyati madaniy me'ros boshqarmasi operativ boshqaruv huquqi asosida
Madrasa turi Katta
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Mir Arab
Homiylar Mir Arab
Ubaydullaxon
Binokorlik 1526-yil1537-yil
Maqomi Davlat himoyasida
Holati Oʻrta maxsus islom bilim yurti
Qurilish materiali Pishiq g'isht
Sayt [[1] Rasmiy sayt]

Madrasaning qurilishi oʻzbek hukmdori Ubaydullaxon va uning piri Mir Arab nomlari bilan bogʻliq.

Oʻquv muddati 4 yil Oʻquv yurti kunduzgi boʻlimiga 15 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan oʻrta va toʻliqsiz oʻrta maʼlumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumtaʼlim fanlari oʻqitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham oʻrgatiladi. Darslar oʻzbek va arab tillarida olib boriladi.

Tarixi

tahrir

Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh boʻlib, amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabronida (Savronida) 2 koriz (yer osti arigʻi) qazdirgan, suv chiqargan, qalʼa bino etib, Shofirkon, Vobkent, Gʻijduvonda koʻp joylarni obod qilgan (hozirda Shofirkonda Mir Arab qalʼasi saqlanib qolgan).

U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536-yil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga koʻra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan.

Xattot Mirali Fathobodiy-Buxoriy ushbu forsiy qitʼani Madrasa darvozasiga yozgan: „Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab“.

Sovet davrida

tahrir

1920—1930-yillarda SSSRda barcha madrasalar yopilgan. 1945-yilda Oʻrta Osiyo musulmonlari diniy boshqarmasi (SADUM) muftiysi Eshon Boboxon davlat organlari bilan uzoq davom etgan muzokaralardan soʻng Oʻrta Osiyoda islom taʼlimini qayta yoʻlga qoʻyishga erishgan. Urushdan keyingi davrda SSSRda madrasaning tiklanishi SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yil 10-oktyabrdagi 14808-r-sonli „Buxoro va Toshkentda madrasalar tashkil etish toʻgʻrisida“gi farmoni bilan boshlandi. Farmon asosida O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining 1945-yil 29-noyabrdagi 1879-212s-sonli „O‘rta Osiyo va Qozog‘iston diniy boshqarmasiga ikkita diniy maktab ochishga ruxsat berish to‘g‘risida“gi farmoni ishlab chiqildi[2]. 1946-yilda Oʻzbekiston SSRda Mir-Arab madrasasi ochildi. 1947-yil 1-iyun holatiga koʻra, I. V. Polyanskiyning maʼlumot berishicha, Mir-Arabda 26 talaba va 3 nafar oʻqituvchi boʻlgan[3]. Ilmiy adabiyotlarda madrasaning turli nomlari bor. Ammo 1989-yilda Rifqat Rafiqovga berilgan 67-sonli o‘qishni tamomlaganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ko‘ra, madrasa „Mir-Arab“ deb atalgan[4].

„Mir-Arab“ SSSRda 1946—1956 va 1961—1989-yillarda yagona musulmon oʻrta taʼlim muassasasi boʻlgan. SSSRdagi ikkinchi madrasa — Baroqxon 1956-yilda Toshkentda ochilgan, ammo hokimiyat tomonidan 1961-yilda binoning avariya holati bahonasida yopilgan[5].

Mir-Arab madrasasida oʻqish muddati 9 yil boʻlib, ikki bosqichga boʻlingan[5]. O‘quv dasturi Din ishlari bo‘yicha kengash bilan kelishilgan va uch qismga bo‘lingan[6]:

  • diniy fanlar (tajvid, hadis, islom tarixi va boshqalar). Oʻqish vaqtining taxminan 30% ularga bagʻishlangan;
  • dunyoviy fanlar (SSSR xalqlari tarixi, SSSR Konstitutsiyasi, rus tili, jismoniy tarbiya va boshqalar);
  • murakkab mazmundagi mavzular (arab va fors tillari va boshqalar).

Oʻrta dunyoviy maʼlumotga ega boʻlgan abituriyentlar uchun oʻqish muddati 4 yilni tashkil etgan[7]. Madrasa talabalarining (O‘zbekiston SSR Sovet muassasalari talabalari kabi) vaqti-vaqti bilan darsdan chetlatib, paxta terimiga [8] borishi ularning o‘qish faoliyatiga taʼsir qilgan.

Madrasa talabalari oyiga 35 rubl stipendiya (1962-yil uchun) va kiyim-kechak olib, haftada bir marta madrasa hisobidan kinoga tashrif buyurib, madrasa yotoqxonasida yashaganlar[8]. Talabalar soni kam boʻlgan — 1963-yilda 40 kishi, 1982-yilda 86 kishi[9][10]. Madrasani bitirish har yili bo‘lmagan va ayni paytda 10-20 nafar mutaxassisdan iborat bo‘lgan[9].

Madrasaga talabalar yuborgan musulmonlarning diniy idoralari ularning oʻqish xarajatlarini oʻzlari toʻlagan (1963-yilda yiliga 500-600 rubl boʻlgan), bundan tashqari, SADUM oʻquv muassasasi faoliyati uchun pul ajratgan.

Meʼmorchiligi

tahrir

Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, goʻrxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uygʻunlashgan (saqlanmagan). Goʻrxona ichi gumbaz osti bagʻali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch oʻymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Goʻrxonada Ubaydullaxon (1537-yil v. e.)ning yogʻochdan xotamkori usulida ishlangan sagʻanasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor.

Tarixiy manbalarda madrasa 111 hujradan iboratligi koʻrsatilgan[11]. Biroq hozirgi mualliflar hujralar sonini Qurʼon suralariga muvofiq 114 ta hujra deya axborot berishmoqda.

Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi toʻrtburchak shaklida boʻlib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra oʻrab turadi. Tomonlar oʻrtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar gʻoyat nafis va nozik boʻlganligini bilish mumkin.

Rivoyatlarga kura, Madrasa asosi chuqur qilinib, togʻ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomgʻir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qoʻrgʻonidan tashqariga chiqarilgan.

Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan Madrasa peshtogʻi va gumbazlaridagi toʻkilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi.[12]

Manbalar

tahrir
  1. „Mir Arab oʻrta maxsus islom bilim yurti rasmiy sayti“. Mirarabmadrasa.uz. 2020-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
  2. Axmadullin V. A. Osobennosti sovetskoy dvuxurovnevoy podgotovki islamskix kadrov: opit i uroki // Islam v sovremennom mire: vnutrigosudarstvenniy i mejdunarodno-politicheskiy aspekti. — 2015. — T. 11. — № 2. — S. 155.
  3. Axmadullin V. A. Deyatelnost organov gosudarstvennogo upravleniya SSSR po nedopuщeniyu sozdaniya legalnoy sistemi islamskogo obrazovaniya v Zakavkaze (1944—1965 gg.) // Nauchno-informatsionniy jurnal Armiya i obщestvo. — 2015. — № 4 (47). — S. 38.
  4. Axmadullin V. A. Deyatelnost partiyno-gosudarstvennogo apparata SSSR i Duxovnix upravleniy musulman po sozdaniyu sistemi islamskogo obrazovaniya na territorii Sovetskogo Soyuza (seredina 1940-x — kones 1950 gg.) // Vestnik VEGU. — 2013. — № 6. — S. 125.
  5. 5,0 5,1 Axmadullin V. A. Osobennosti sovetskoy dvuxurovnevoy podgotovki islamskix kadrov: opit i uroki // Islam v sovremennom mire: vnutrigosudarstvenniy i mejdunarodno-politicheskiy aspekti. — 2015. — T. 11. — № 2. — S. 156.
  6. Axmadullin V. A. Osobennosti sovetskoy dvuxurovnevoy podgotovki islamskix kadrov: opit i uroki // Islam v sovremennom mire: vnutrigosudarstvenniy i mejdunarodno-politicheskiy aspekti. — 2015. — T. 11. — № 2. — S. 155—158.
  7. Axmadullin V. A. Deyatelnost partiyno-gosudarstvennogo apparata SSSR i Duxovnix upravleniy musulman po sozdaniyu sistemi islamskogo obrazovaniya na territorii Sovetskogo Soyuza (seredina 1940-x — kones 1950 gg.) // Vestnik VEGU. — 2013. — № 6. — S. 121.
  8. Axmadullin V. A. Osobennosti sovetskoy dvuxurovnevoy podgotovki islamskix kadrov: opit i uroki // Islam v sovremennom mire: vnutrigosudarstvenniy i mejdunarodno-politicheskiy aspekti. — 2015. — T. 11. — № 2. — S. 156—157.
  9. 9,0 9,1 Axmadullin V. A. Osobennosti sovetskoy dvuxurovnevoy podgotovki islamskix kadrov: opit i uroki // Islam v sovremennom mire: vnutrigosudarstvenniy i mejdunarodno-politicheskiy aspekti. — 2015. — T. 11. — № 2. — S. 157.
  10. Xalid A. Islam posle kommunizma: Religiya i politika v Tsentralnoy Azii / Per.s angl. A. B. Bogdanovoy. — M.: Novoe literaturnoe obozrenie, 2010. — S. 159—160.
  11. Jumanazar 2017, s. 338—343.
  12. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir
Ushbu maqolani tinglang (4 daqiqa)
noicon
 
Bu audiofayl ushbu maqolaning 18-iyul, 2022-yil(2022-07-18) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.

Adabiyotlar

tahrir

Ilmiy adabiyotlar

tahrir

Ilmiy maqolalar

tahrir
  • Yusupov R. M. Baroqxon va Mir Arab madrasalarining diniy muassasalariga kadrlar tayyorlash tarixidan lavhalar (1940—1960-yillar) // Life Science and Agriculture. — 2020. — № 2.1.
  • Агзамходжаев С. Современное состояние исламского образования в Узбекистане // Россия и мусульманский мир. — 2010. — № ?.
  • Гафуров У. Т. История формирования и перспективы развития системы исламского образования Управления мусульман Узбекистана // Россия и мусульманский мир. — 2018. — № ?.
  • Дмитриева Е. Л. Исламское образование в России: история и современность // Россия и мусульманский мир. — 2018. — № ?.
  • Халилова З. Слушатели медресе советского Узбекистана (1945—1991 гг.): социальная жизнь и повседневные практики // Россия и мусульманский мир. — 2017. — № ?.
  • Халилова З. Советская идеология в медресе: политические контексты и учебная практика // Islamology. — 2017. — № 2.




  NODES
os 66