Mo-szi, Mo Di (miloddan avvalgi 479400) — kad. Xitoy faylasufi va siyosiy ar-bobi, mochilar maktabi (mo-szya)ning asoschisi. M. va uning shogirdlari qarashlari "Mo-szi" (miloddan avvalgi 3-asr oxiri — miloddan avvalgi 2-asr boshi) kitobida jamlangan. M. taʼlimotining asosida "umumiy muhabbat va oʻzaro foyda" toʻgrisidagi gʻoya yotadi. Bu gʻoya barcha kishilarning tengligini oʻziga xos axloqiy asoslashga urinishdan iborat. Uning fikricha, bu taʼlimot ideal davlatdagi ijtimoiy hayotning mezoni boʻlib xizmat qilishi kerak. M. va uning tarafdorlari konfutsiychilikka qarshi gʻoyaviy kurash olib bordilar. M.ning mazkur taʼlimoti konfutsiychilarning jamiyatni "oddiy odamlar" bilan "aslzodalar"ga, boshqaruvchi bilan boshqariluvchiga boʻlish qoidalariga qarama-qarshi qoʻyilgan. M. urushlar davlatlar uchun zararli va foydasiz ekanligi haqidagi fikrni bildirib, oʻzaro nizolarni tinchlik yoʻli bilan yechishga chaqirgan. M. fikricha, dabdabali marosimlar isrofgarchilikka olib keladi, bu esa davlatning zaiflashishi sabablaridan biridir. M. oʻtmishga koʻrkoʻrona ergashishga qarshi va utmishdagi narsalardan real voqelikni yaxshilashda oqilona foydalanish tarafdori boʻlib chiqdi. U xalq baxtsaodati va kishilar ehtiyojlarini qondirish davlat boshqaruvining oliy maqsadi boʻlishi kerak, deb hisoblagan. M. qadimgi Xitoy falsafiy va ijtimoiysiyosiy tafakkuri rivojiga katta hissa qoʻshdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
Idea 1
idea 1