Moderna COVID-19 vaksinasi
Moderna vaksinasi (mRNA-1273) — Moderna kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19’ga qarshi vaksina. Spikevax brendi ostida sotiladi[1].U 18 yoshdan kattalarda koronavirusni yuqtirishdan himoya qilishda qoʻllanadi[2]. U mushak ichiga 29 kunlik interval bilan 0,5 millilitrdan ikki dozada yuborilishga moʻljallangan[3].
Moderna COVID-19 vaksinasidan Kanadada, Yevropa Iqtisodiy Mintaqasi mamlakatlarida, Filippinda, Janubiy Koreyada, Tailandda, Buyuk Britaniyada va Qoʻshma Shtatlarda va yana 53 mamlakatda ma’lum darajada foydalanishga ruhsat berilgan[4]. 2021-yil 15-martda Moderna kompaniyasi koronavirusga qarshi oʻzining ikkinchi vaksinasi (mRNA-1283)ning birinchi bosqich klinik sinovlarini boshladi[5][6].
Yaratilish tarixi
tahrir2020-yil yanvar oyida Moderna kompaniyasi mRNA-1273 deb nomlangan SARS-CoV-2 virusiga qarshi RNK vaksinasi ishlab chiqilganini e’lon qildi. Moderna texnologiyasi bu — SARS-CoV-2 zarralari yuzasida mavjud boʻlgan stabillashgan boshoqli oqsilni kodlash orqali koronaviruga qarshi immunitetni keltirib chiqaradigan mRNA-1273 deb nomlangan nukleosid bilan modifikatsiyalangan RNK (modRNA) birikmasi. Ushbu e’londan soʻng Modernaning aksiyalari koʻtarilib, bosh direktor va boshqa rahbarlar oʻz ulushlarini sotish boʻyicha katta dasturni boshladi.
2020-yil mart oyida AQSh Milliy allergiya va yuqumli kasalliklar instituti bilan hamkorlikda odamlarda mRNA-1273’ning I bosqich sinovlari boshlandi. Aprel oyida AQShning Biotibbiy ilgʻor tadqiqotlar va ishlab chiqish ma’muriyati (BARDA) Moderna vaksinasini yaratish uchun 483 million dollargacha mablagʻ ajratdi. May oyida boshlanishi kerak boʻlgan II bosqichni dozalash va samaradorligini oʻrganish rejalari aniqlandi. Moderna shveysariyalik vaktsinalarni ishlab chiqaruvchi Lonza Group bilan yiliga 300 million dozani etkazib berish boʻyicha hamkorlik shartnomasini imzoladi.
2020-yil 25-mayda Moderna kompaniyasi 600 nafar katta yoshli ishtirokchilar bilan vaktsinaning ikki dozasi mRNA-1273’ga qarshi antikor reaksiyasining xavfsizligini va farqlarini baholash uchun IIa bosqichini boshladi. Bu 2021-yilda yakunlanishi kutilmoqda.
Samaradorlik
tahrirYuqori samaradorlik toʻliq immunizatsiya bilan ikkinchi dozadan ikki hafta oʻtgach amalga oshgan va 94,1 foiz darajasida baholandi[7].
Salbiy ta’siri
tahrirModerna vaksinasi bilan bogʻliq yon taʼsirlar aniqlandi. Izlanish jarayonida tadqiqotchilar 30 ming kishining vaksinaga boʻlgan reaksiyasini oʻrgangan. Unga koʻra, preparatning birinchi dozasi olinganidan bir necha kun oʻtgach, 12 kishida teri toshmasi qayd etilgan. Yon taʼsir inyeksiya joyi yaqinida emlanishdan soʻng oʻrtacha sakkiz kun ichida paydo boʻlgan. Shundan soʻng, bemorlarning baʼzilari antigistamin, boshqa bir qismi glyukokortikoid dorilarini qabul qilgan. Yana bir bemor esa antibiotik davolash kursidan oʻtgan. Alomatlar oʻrtacha olti kundan keyin yoʻqolgan.
Ushbu yon taʼsirlarga qaramay, sinov ishtirokchilari vaksinaning ikkinchi dozasini ham olishga rozi boʻlgan. Ikkinchi inyeksiyadan soʻng uch kishida xuddi shunday alomatlar kuzatilgan boʻlsa, yana uch kishining organizmi emlashni yengil oʻtkazgan. Qolgan olti bemorda hech qanday alomatlar kuzatilmagan. Yuqoridagi 12 bemorning aksariyati Massachusets shtatidagi kasalxonada emlangan. Tibbiy muassasada „Moderna“ va „Pfizer/BioNtech“ vaksinalaridan foydalanilgan. Biroq yon taʼsir faqat „Moderna“ vaksinasi bilan emlanganlarda kuzatildi[8].
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) „xavfsizlik ma’lumotlari xavfsizlikning qulay profilini qoʻllab-quvvatlaganini“ va vaksinaning AE (noxush hodisa) profilini „xavfsizlikning o'ziga xos muammolarini keltirib chiqarmaganligini“ ta’kidladi. Eng koʻp ko'rilgan nojoʻya ta’sirlar ineksiya joyidagi ogʻriq, charchoq, bosh ogʻrigʻi, miyalji (mushak ogʻrigʻi) va artralgiya (boʻgʻimlar ogʻrigʻi) edi[9].
2021-yil 23-iyunda AQSh Moderna yoki Pfizer-BioNTech vaktsinasini olgan, asosan, 16 yoshdan katta boʻlgan har 1 million kishining 13 nafarida CDC miyokardit yoki perikardit uchraydi, deb tasdiqladi. Koʻpincha ta’sirlangan odamlar yetarli davolanish va dam olish bilan tezda tiklanadi[10].
Oʻzbekiston
tahrir2021-yil 30-iyulda COVAX dasturi boʻyicha Oʻzbekistonga AQSHning Alabama shtatidan Moderna vaksinasining 3 million 60 dozasi begʻaraz koʻmak sifatida olib kelindi[11].
Manbalar
tahrir- ↑ „Spikevax (previously COVID-19 Vaccine Moderna)“. European medicinse agency (EMA). Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
- ↑ „MODERNA COVID-19 VACCINE- cx-024414 injection, suspension“. DailyMed. Qaraldi: 30-iyun 2021-yil.
- ↑ „mRNA Vaccines“. Infectious Diseases Society of America. 2021-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2021-yil.
- ↑ „Moderna: mRNA-1273“. COVID-19 Vaccine Tracker. 2021-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „First Participants Dosed in Phase 1 Study Evaluating mRNA-1283, Moderna’s Next Generation COVID-19 Vaccine“. Business Wire. Qaraldi: 15-mart 2021-yil.
- ↑ „Moderna begins testing next-generation coronavirus vaccine“. Reuters. Qaraldi: 15-mart 2021-yil.
- ↑ „Background document on the mRNA-1273 vaccine (Moderna) against COVID-19“. World Health Organization. Qaraldi: 2021-yil fevral.
- ↑ „«Moderna» вакцинаси билан эмланган беморларда ножўя таъсирлар аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 5 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-13 sanasida arxivlangan)
- ↑ Background document on the mRNA-1273 vaccine (Moderna) against COVID-19 (Report). World Health Organization (WHO). February 2021. WHO/2019-nCoV/vaccines/SAGE_recommendation/mRNA-1273/background/2021.1. https://apps.who.int/iris/rest/bitstreams/1330343/retrieve.
- ↑ „Myocarditis and Pericarditis Following mRNA COVID-19 Vaccination“. Centers for Disease Control and Prevention. Qaraldi: 23-iyun 2021-yil.
- ↑ „Ўзбекистонга АҚШдан «Mоderna» вакцинасининг 3 млн 60 дозаси келтирилди“. Bugun.uz. 2021-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 30 июль.