Neotropik oblast - quruklikdagi flora va zoogeografiya oblasti; oʻsimliklar Neotropik oblasti. bilan hayvonlar Neotropik oblast ining chegarasi bir-biridan bir oz farq qiladi.

Neotropik flora oblasti. Neotropik oʻsimliklar dunyosi — quruklikdagi asosiy botanik-geografik rayonlardan biri. Yangi Dunyoning materik qismini, shim.da Quyi Kaliforniyadan va Meksika togʻligining jan. qismidan to jan.da 40°j.k.gacha boʻlgan joylarni hamda Markaziy Amerikaga yondosh orollarni oʻz ichiga olgan. Iklimi tropik, 25° j.k.dan jan.da subtropik va moʻʼtadil iqlim. Oʻsimlik dunyosi boy va xilma-xil, aksari qismi mezofil oʻrmon oʻsimliklaridan iborat. Oʻsimliklar orasida asosiy oʻrinni pantropik oʻsimlik oilalari (sutlamadoshlar, lavrdoshlar, togʻbekatdoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va boshqalar), shuningdek, neotropik turkum vakillaridan kosmopolit oʻsimlik oilalari (qoqidoshlar, bugʻdoydoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqalar) egallagan. Endemik oʻsimlik oilalari kam, lekin ularning bir kismi (kaktusdoshlar va boshqalar) oʻsimliklarningtarkibi vaumumiy manzarasi uchun juda tavsifli. Nisbatan turgʻun muhit sharoitida Neotropik oblastning boshqa oblastlar florasi bilan aloqasi va floraning Neotropik oblast doirasida differensiatsiyalanishi neotropik floraning uzok, vaqt ajralgan holda rivojlanganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastning tropik Afrika va Shimoliy yarim sharning baland togʻ floralari bilan oʻxshashlik belgilari juda koʻp.

Neotropik oblast bir necha kichik oblastlarga boʻlinadi. Karib kichik oblasti — Meksikaning chekka qismlari, Markaziy Amerika, Antil orollari hamda Kolumbiya va Venesuela qirgoqlari yaqinidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Oʻsimliklari palmadoshlar, burchokdoshlar, lavrdoshlar va boshqa turlarga boy; daraxtsimon paporotniklar va sagov-niklar koʻp. Kichik oblastning shim.da qaragʻaydoshlarning baʼzi vakillari uchraydi. Endemik oʻsimliklar koʻp. Orinoko savanna kichik oblayet i da burchokdoshlar, yirik bugʻdoydoshlar va boshqa koʻp. Endemiklar esa meʼyoridauchraydi. Amazonka gileya kichik oblasti Amazonka daryosi havzasidagi keng gileya oʻrmonlarini oʻzichiga oladi (And togʻlarining shar-qiy etaklari bilan Atlantika okeani oraligʻi, 6—10° shahrik.dan 10—15° j.k.gacha). Oʻsimliklarga juda boy; sharoitning bir xil boʻlishiga qaramay oʻsimliklari ixtisoslashgan. Endemik pal-malar, burchokdoshlar, sutlamadoshlar, marenadoshlar, epifitlardan orxide-yadoshlar, bromeli va aroid turlari koʻp. Braziliya kichik oblasti (quruq iqlimli siyrak oʻrmonlar va savannalar kichik oblasti) — Braziliya yassi togʻligini va 30° j.k.dan boshlab shimolidagi maydonlarni egallagan. Bombakslar, palmalar, sutlamadoshlar, kaktuslarning oʻziga xos turlari uchraydi. Braziliya kampos (savanna)larida daraxtsimon oʻsimliklardan tash-qari, bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, burchokdoshlar, yalpizdoshlar va boshqa tur-kumlarning turlari tarkalgan.Brazi-liyaning jan. da tropik va subtropik doimiy yashil daraxt va butalar araukariya bilan birgalikda uchraydi. La-Plata pampa kichik oblasti — And togʻlari bilan Atlantika okeani oraligʻi (30° j.k.dan janubidagi tekislik dashtlar). Oʻziga xos bugʻdoydoshlar, qoqidoshlar, ituzumdoshlar va boshqa oʻsadi. Eski Dunyodan keltirilgan oʻsimlik turlari ham anchagina bor. And kichik oblasti — Janubiy Amerika ma-terigining togʻliq qismi, Kolumbiyadan Chilining oʻrta qismigacha boʻlgan yerlar. Mezofil oʻrmonlar, doimiy yashil lavr oʻrmonlari, baland togʻ oʻsimlik formatsiyalari va choʻllarni oʻz ichiga oladi. Endemik turlar va tur-kumlar koʻp. Tinch okeandagi orollar (Galapagos va Xuan-Fernandes) florasi uziga xos xususiyatga ega.

Neotropik zoogeografiya oblasti. Janubiy Amerika materigini, Markaziy Amerikaning kup qismi (shim.da Meksika togʻligigacha), Xuan-Fernandes, Galapagos, Olovli Yer orollari, Fol-klend, Katta va Kichik Antil orollari va Bagama orollaridan iborat. Neotropik oblast harakterli belgilari bilan boshqa oblastlardan farq qiladi, chunki Janubiy Amerika paleogen va neogen davrlarida boshqa materiklardan ajralgan edi. Neotropik oblast faunasi turlarga boy. Sut emizuvchilardan chala tishlilar turkumi (zirhlilar, yalqovlar, chumolixoʻrlar); ke-miruvchilardan gajak dumli jayralar, dengiz choʻchqalari, agutilar, shinshillalar va boshqa endemik turlar kup uchraydi. Tok, tuyokdilardan tapirlarning bir kancha turlari, bugʻularning bir necha urugʻlari (mazamalar, pudu) va lamalar tarqalgan. Xaltalilar kichik sin-figa kiruvchilardan plavunlar, opos-sumlar va endemik senolestlar oilasi; yirtqichlardan itsimonlar va yenotsimonlar oilasining bir necha turi, ayiqning bir turi, yaguar, otselot, puma va mayda mushuklarning bir qancha turi, primatlardan keng burunli maymunlar uchraydi. Qon soʻruvchi kurshapaklar bor. Daryolarda lamantin va dare delfinlari yashaydi. Qushlari juda xilma-xil, nandu tuyaqushi, tinamu, kolibri, tutilar, chumchuk,simonlar, goatsin, kondor, garpiya, tu-kanlar bor. Neotropik oblastda qushlarning 20 dan ortik, endemik turi mavjud. Ularning ayrimlari Golarktika oblastial ham uchraydi. Sudralib yuruvchilardan kay-manlar, timsoxlar, har xil toshbaqalar, ilonlar, kaltakesaklar bor. Suvda va quruklikda yashovchilardan oyoqsizlar, dumsizlar (pipa qurbaqasi va boshqalar) koʻproq tarqalgan. Balikdardan ikki xil nafas oluvchi lepidosiren, ulkan arapayma, yirtqich piranya va boshqa juda koʻp. Hasharotlardan chumolilar va barg kemiruvchilar uchraydi. Rangbarang qanotli katta kapalaklar yashaydi. Oʻrgimchaklardan ulkan qushhoʻr bor.

Neotropik oblast Gviana-Braziliya, PatagoniyaAnd (yoki Chili-Patagoniya) va Antil kichik oblastlariga boʻlinadi. Neotropik oblast faunasi ancha vaqt ajralgan holda taraqqiy qilganligiga qaramay qoʻshni zoogeografiya oblastlari taʼsirida tarkib topgan, chunki uzoq oʻtmish geologik davrlarda Avstraliya, shuningdek, Efiopiya oblastlari va undan keyinrok, boshqa oblastlar bilan aloqada boʻlgan. Baʼzi olimlarning fikricha, xaltalilar boʻr davrida Avstraliyaga Antarktida orkali Janubiy Amerikadan oʻtgan. Yoriq tishlilarning tenreklar bilan oʻxshashligi, shuningdek, lamantin va ikki xil nafas oluvchi balikdarning mavjudligi Neotropik oblastning kadimda Efiopiya oblasti va Madagaskar bilan alokada boʻlganligini koʻrsatadi. Neotropik oblastdan uy hayvonlari ham kelib chiqqan: sut emizuvchilardan lama va dengiz choʻchqasi, qushlardan mushkli oʻrdak, umurtqasizlardan koshenil shular jumlasidandir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
Done 1