Nom (mantiqda) — til ifodasi. Predmet (atoqli Nom) yoki bir guruh predmetlar (umumiy Nom)ni anglatadi. Bunda predmet keng maʼnoda tushuniladi. Atoqli Nomlar ayrim predmetlarning Nomlari (Mas, "Bobur", "Oʻtgan kunlar" muallifi) hamda bir guruh predmetlarning umumlashgan Nomlariga (Mas, "insoniyat") boʻlinadi. Guruhlar Nomini umumiy Nom (Mas, "inson")dan farqlash lozim. Sodda yoki elementar Nomlar va murakkab Nomlar boʻladi. Sodda Nomlar boshqa Nomlardan yoki tilning boshqa maʼnoli ifo-dalaridan tuzilmaydi. Murakkab Nomlar esa maʼno kasb etuvchi qismlardan tu-zilgan boʻladi ("insoniyat" — sodda Nom boʻlsa, "xrzirgi insoniyat" murakkab Nom). Formallashgan tillarda atoqli Nomlarning analogi konstantadir; predmetlarning atoqli Nomlariga individ konstantalar, guruhlarnint atoqli Nomlariga guruh konstantalar mos boʻladi. Nomlar va ular bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar (avvalo Nom bilan u ifoda etadigan predmet urtasidagi munosa-bat)ni mantiqiy semantika oʻrganadi. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
os 12