Norvegiya oqimi (shuningdek, Norvegiya qirgʻoq oqimi sifatida ham tanilgan) arktikaning ikkita dominant suv oqimidan biri hisoblanadi. Uni Shotlandiya shimolidagi Shetland orollari yaqinidan, shuningdek Shimoliy dengizning sharqiy qismidan 100 metrgacha boʻlgan chuqurlikda kuzatish mumkin. Yana, Shimoliy Muz okeanining katta qismi boʻlgan Barens dengiziga uning kirish qismidan ham oʻtadi. Shimoliy Atlantika oqimining manbai bilan solishtirganda (Sharqiy Grenlandiya oqimiga kiradi) u sovuqroq va u qadar shoʻr emas; boshqa manbalari shoʻr boʻlgan Shimoliy va Boltiq dengizlari hamda Norvegiya fyordlari va daryolaridir. U Shimoliy Muz okeaniga qaraganda ancha issiqroq va shoʻrroqdir. Oqim yogʻingarchilik va muz hisobiga yangilanadi. Oqimdagi qishki harorat odatda 2 dan 5 °C gacha boʻladi, Shimoliy Atlantika oqimining asosiy qismida, Gulf Strimning asosiy hissasi bilan issiqlik 6 °C dan oshishi mumkin.

Norvegiya qirgʻoq suvlarida ikkita asosiy suv massasi, Norvegiya qirgʻoq oqimi va Shimoliy Atlantika suvi (Atlantika suvi) hukmronlik qiladi. Norvegiya qirgʻoq oqimi shimolga qarab harakatlanar ekan, Shimoliy Atlantika suvi bilan aralashib, shoʻrlanish darajasini oshiradi.

Oqim shamol tomonidan tartibga solinadi, janubi-gʻarbiy shamollar taʼsirida Norvegiya qirgʻoqlari boʻylab suv „toʻplanadi“ (balandlik hosil boʻladi va shuning uchun bosim farqlarini yaratiladi), shuningdek, uning shoʻrlanish taqsimoti ham boshqariladi, bu esa oʻz navbatida zichlik gradiyentlarini paydo qiladi[1].

Shimoliy Atlantika oqimi (qizil) va Norvegiya oqimi (toʻq sariq)

Manbalar

tahrir

U asosan Boltiq dengizidan (chuchuk suv isteʼmolining 50%) Skagerrak orqali Shimoliy dengizga (chuchuk suvning 10%) aylanishidan iborat boʻlib, Shimoliy Atlantika oqimining bir qismi (gʻarbiy burilishi shimoliy Golfstrim koʻrfaz oqimi) bilan qoʻshiladi[1]. Oqim mavsumiy tarzda taʼsir qiladi, ammo oʻrtacha hisobda Norvegiya fyordlari va daryolari chuchuk suvning 40% ni tashkil qiladi[1][2]. Skagerrakning shimoliy-gʻarbiy qismida (Boltiq dengiziga kirish) oqim taxminan 2100 m3/s tezlikka erishadi, uning 75% Boltiq dengizi oqimi, 15% Shimoliy dengiz oqimi va 10% Norvegiya va Shvetsiyadan oqib chiqadi[1]. Shoʻrlangan osmotik bosim nuqtai nazaridan Boltiq oqimining davomi[2] va bu Arktika (va Barens) dengizlarini toʻldiruvchi tabiiy shoʻr boʻlmagan yogʻingarchilik va muz erishiga qarshi intuitiv ravishda kutilganidan nisbatan kamroq shoʻr okean suvi ekanligini bildiradi. Oqimdagi chuchuk va shoʻr suvni yigʻish uchun Norvegiya xandaqidan foydalaniladi. Bu sirt oqimi 50-100 metr balandlikdan oqib oʻtadi[3][4].

Oqim shimoldan shimoli-sharqqa siljigan sari shoʻr Shimoliy Atlantika oqimining suviga qoʻshilib boradi.

Xususiyatlari

tahrir

Shoʻrlanish darajasi

tahrir

Norvegiya qirgʻoq oqimi — bu xanjar shaklidagi oqim turi boʻlib, u turli xil shoʻrlanish, zichlik va harorat xususiyatlariga ega. Chuchuk suv manbalarining hajmi yoz oylarida eng koʻp miqdorda, qish oylarida esa kamroq miqdorda boʻlib, shoʻrlanishning oʻzgaruvchanligiga yordam beradi. Uning oʻrtacha shoʻrligi taxminan 34,5 promilli (ppt); qirgʻoqqa yaqin qismlarida bir oz pastroq shoʻrlanish (32-31 psu) darajasiga ega. Oqimning Shimoliy Atlantika oqimi bilan chegarasi bir oz yuqori shoʻrlanish bilan belgilanadi yaʼni 35 ppt ga teng[2].

Harorat

tahrir

Norvegiya qirgʻoq oqimining oʻrtacha qishki harorati taxminan 3,5 °C ni tashkil qiladi[3][5] va 2 dan 5 °C gacha, yozda esa irmoq manbalari (Boltiq dengizi, Norvegiya fyordlari, daryolar) isishi natijasida oqim harorati issiqroq boʻladi.

Tezligi

tahrir

Garchi oqim tezligida juda koʻp oʻzgaruvchanlik mavjud, eng past tezlik 20 sm/s dan kichik boʻladi, lekin baʼzida maksimal tezlik 100 sm/s gacha yetadi[1], oʻrtachasi esa 30 sm/s bilan tavsiflanadi[6].

Iqlimga taʼsiri

tahrir

Atlantika okeanining atmosfera va yer usti suvlari oʻrtasida energiya almashinuvi mexanizmi, Norvegiya qirgʻoq oqimi Norvegiya iqlimi uchun juda muhim ahamiyatga ega.

Qish mavsumida oqim orqali okeandan yuqoridagi havo massalariga issiqlik chiqariladi. Bu havo massalari odatda shimoli-sharqiy yoʻnalishda harakatlanadi va shu bilan birgalikda qoʻshni quruqlik massalarini ayniqsa qirgʻoqboʻyi hududlari isitadi.

Yozda oqim taʼsiri mutlaqo teskari boʻladi. Atlantika okeani ustidagi issiq havo massalari (uzoq kunlarda quyosh tomonidan isitiladi) issiqlikni pastki sovuq okeanga oʻtkazadi. Bu Skandinaviya yarim oroliga sovuqroq havo massalarining yetib borishiga olib keladi va shu bilan yoz oylarida, ayniqsa qirgʻoqboʻyi hududlaridagi suv massalarining sovishiga sabab boʻladi.

Shunday qilib, Atlantika okeani va unga yaqin qirgʻoq suvlari Norvegiyadagi haroratning haddan tashqari oʻzgarishiga moʻtadil taʼsir koʻrsatadi, bu esa (ayniqsa, qirgʻoqboʻyi hududlarini) qishda issiqroq, yozda esa salqinroq boʻlishiga sabab boʻladi. Xuddi shu taʼsir Islandiyada juda aniq tarzda seziladi.

Norvegiya qirgʻoq oqimi Barens dengiziga biroz darajada iliqroq suv oʻtkazib, u yerda hosil boʻladigan muz miqdorini kamayishiga sabab boʻladi[3]. Shu nuqtai nazardan, bu jarayonda Shimoliy Atlantika Driftining taʼsiri ancha katta hisoblanadi.

Baliqchilikka taʼsiri

tahrir

Oqim Norvegiya qirgʻoqlari boʻylab ozuqaviy moddalarga boy suv massalarini olib keladi va bu suvlar bilan treska, seld va kapelin baliqlari migratsiyasi amalga oshadi. Skagerrak boʻgʻozi boʻylab koʻtarilgan shamol moʻl-koʻl ozuqa moddalarini yer yuzasiga kelishiga sabab boʻladi, keyinchalik ular qirgʻoq boʻylab tarqala boriladi. Norvegiya dunyodagi eng yirik baliqchilik sanoatiga ega boʻlib, har yili oʻrtacha 3 million tonna baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Norvegiya qirgʻogʻi, shuningdek, koʻplab tijorat baliqlari uchun muhim urugʻlanish joyi hisoblanadi[1].

Global iqlim oʻzgarishi

tahrir

1990-yillar davomida Norvegiyada yillararo iqlim oʻzgarishlariga sabab boʻlgan alohida oʻn yillik sodir boʻldi.

Norvegiyada harorat oʻrtacha issiqroq darajada boʻlgan, qishi nam va iliq, yoz esa issiq edi.  iqlimning oʻzgarishi yogʻingarchilikning haddan tashqari koʻpayishiga va baliq zahiralarining oʻzgarishiga sabab boʻldi. 

Global iqlim oʻzgarishi tufayli atmosfera haroratining oshishi kuchli janubi-gʻarbiy shamollarning Norvegiya qirgʻoqlari boʻylab suv toʻplanish holatini keltirib chiqardi. Bosim farqlari soʻnggi yillarda qirgʻoq boʻylab suv toshqinining koʻpayishi va boʻron koʻtarilishini keltirib chiqaradi[1].

Norvegiya qirgʻoq suvlarining chuqur qatlamlarida ham havo harorati koʻtarilib bormoqda.

Haroratning oshishi dengizdagi muz qatlamining kamayishiga olib keladi, bu esa Norvegiya dengizini koʻproq miqdorda chuchuk suv bilan taʼminlashiga sabab boʻladi va shoʻrlanish darajasini ham keskin pasaytiradi. 

Shoʻrlanishning bunday pasayishi (Arktika) okean tubida suv hosil boʻlish tezligining oʻzgarishiga olib kelishi mumkin (dengiz muzining hosil boʻlish jarayoni va dengiz muzlari hosil boʻlganda juda shoʻrlangan qoʻshimcha mahsulotning choʻkishi sababli). Agar (Arktika) tubi suvining hosil boʻlish tezligi sekinlashsa, Shimoliy Atlantika oqimining Shimoliy Muz okeaniga tasiri butun ichki oqimni sekinlashtirishi mumkin[1].

Bundan tashqari, Shimoliy Atlantika oqimidagi haroratning ortishi, Norvegiya qirgʻoq oqimining hissasiga qaraganda, Arktikada dengiz muzlarining hosil boʻlishiga koʻproq toʻsqinlik qiladi. Demak, Norvegiya qirgʻoq oqimining iqlim oʻzgarishiga taʼsiri nisbatan kichikroq hisoblanadi deya tariflash mumkin.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Saetre, Roald, ed. 2007. The Norwegian Coastal Current—Oceanography and Climate. Tapir Academic Press; Trondheim. ISBN 82-519-2184-8
  2. 2,0 2,1 2,2 Mork, M. (1981). „Circulation Phenomena and Frontal Dynamics of the Norwegian Coastal Current“. Philosophical Transactions of the Royal Society A: Mathematical, Physical and Engineering Sciences. 302-jild, № 1472. 635-bet. Bibcode:1981RSPTA.302..635M. doi:10.1098/rsta.1981.0188.
  3. 3,0 3,1 3,2 Gyory, Joanna, Arthur J. Mariano, Edward H. Ryan. 2001-2008. „The Norwegian & North Cape Currents.“ (Wayback Machine saytida 2018-01-01 sanasida arxivlangan) Ocean Surface Currents. (Accessed 2009)
  4. Ikeda, M.; Johannessen, J.A.; Lygre, K.; Sandven, S. (1989). „A Process Study of Mesoscale Meanders and Eddies in the Norwegian Coastal Current“. Journal of Physical Oceanography. 19-jild. 20-bet. Bibcode:1989JPO....19...20I. doi:10.1175/1520-0485(1989)019<0020:APSOMM>2.0.CO;2. ISSN 1520-0485.
  5. Saetre, R., and R. Ljoen, 1972: The Norwegian Coastal Current. Proceedings of the First International Conference on Port and Ocean Engineering, vol.1, pp.514-535.
  6. Haugan, Peter M.; Evensen, Geir; Johannessen, Johnny A.; Johannessen, Ola M.; Pettersson, Lasse H. (1991). „Modeled and Observed Mesoscale Circulation and Wave-Current Refraction During the 1988 Norwegian Continental Shelf Experiment“. Journal of Geophysical Research. 96-jild. 10487-bet. Bibcode:1991JGR....9610487H. doi:10.1029/91JC00299.

Havolalar

tahrir

67°N 3°E / 67°N 3°E / 67; 367°N 3°E / 67°N 3°E / 67; 3{{#coordinates:}}: cannot have more than one primary tag per page

  NODES
Intern 1
mac 2
os 34