Nurullaboy saroyi

Xiva xonlarining yozgi saroy kompleksi

Nurullaboy saroyi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik[1]. Asfandiyorxonning sobiq rasmiy qabulxonasi (20-asr). Bu saroy-bogʻni Xiva xoni Muhammad Rahimxon II Feruz oʻgʻli Asfandiyorxon uchun qurdirgan (Nurullaboy degan shaxsning bogʻi oʻrniga qurilgani uchun Nurullaboy saroyi deb ataladi).

Nurullaboy saroyi

Saroyning umumiy koʻrinishi
Joylashuv Xiva
Binokor Muhammad Rahimxon II
Asfandiyorxon
Turi Saroy
Qurila boshlagan 1864-yil
Qurilish tamomlangan 1912-yil
Xarita
Koordinatalari 41°22′55.398″N 60°21′22.169″E / 41.38205500°N 60.35615806°E / 41.38205500; 60.35615806

Qurilish tarixi

tahrir

Saroyni qurish ishlari 1863-yildan Xiva xoni boʻlgan Said Muhammad Rahim II davriga toʻgʻri keldi. Bundan tashqari, Xon Rahim II hukmronligi davrida, Xivaning tarixiy markazi – Ichan qalʼada qizgʻin qurilish ishlari olib borilgan.

Xon oilasi uchun yangi saroy majmuasi rejalari 1890-yillarda paydo boʻlgan. Ichan qalʼada joy yoʻqligi sababli saroy majmuasi Xivaning shimoli-gʻarbidagi tarixiy shahar markazidan tashqarida, sobiq bogʻ oʻrnida qurilgan. Qurilish boshlanishidan oldin bogʻ badavlat savdogar Nurullaboyyga tegishli boʻlib, u faqat quriladigan saroy majmuasi kelajakda uning nomi bilan atalishi sharti bilan oʻz mulkini sotishga rozi boʻlgan. Ushbu voqea tufayli saroy bugungi kunda ham savdogar nomini saqlab kelmoqda[2].

Nurullaboy saroyining qurilishi 1904-yilda boshlanib, 1910-yilda Muhammad Rahimxon II vafotidan soʻng yangi xon Asfandiyor davrida davom ettirildi. Qurilishga xivalik hunarmand va rassomlardan tashqari Rossiya va Germaniyadan ham mutaxassislar jalb etilgan boʻlib, ular obyekt dizayniga oʻz taʼsirini oʻtkazgan. Qurilish materiallarining bir qismi, jumladan, asosan Sankt-Peterburgda ishlab chiqarilgan plitka va keramika ham import qilingan[3]. Otasi vafotidan keyin, 1912-yilda Asfandiyorxon chet ellik mehmonlarni qabul qilish uchun majmua ichida alohida bino qurdirdi[4].

Saroy 1912-yilda Muhammad Rahimxon vafotidan ikki yil oʻtib qurib bitkazildi. Keyinchalik bu binodan xon va uning oilasi qarorgoh sifatida 1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil etilgunga qadar foydalangan.

Yaqin oʻtmishda asosiy eʼtibor obyektni saqlashga qaratildi, rekonstruksiya qilish ishlari 2017-yilda yakunlandi. Nurullaboy saroyi YuNESKOning Butunjahon merosi Ichan qalʼa roʻyxatidan tashqarida joylashganligi sababli shaharning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri boʻlmasa-da, Xivaga koʻplab sayyohlik tashriflarining bir qismidir[5].

Meʼmorchiligi

tahrir

Nurullaboy saroyi 9 ta katta-kichik xonalar, darvozaxona, saroy, qabulxona, arzxona, Madrasa, xizmatchilar uchun turar joy, bogʻ, gulzorli hovlilardan iborat. Majmuaga (185,6x143,0 m) jan.dagi ariq ustiga qurilgan koʻprik orqali darvozadan kiriladi. Darvozaxonaning dalonida bir necha xonalar bor. Saroy toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (87,1x65,0 m), 4 hovlili, qalʼaband devor (bal. – 7,5 m) bilan oʻralib, burjlar ishlangan. 3 hovlida 2 qavat-li, jan.-gʻarbiy hovlida 1 qavatli xonalar joylashgan. Bosh tarzi darvo-zasi Madrasa, turar joy va arzxona bilan oʻzaro bogʻlangan. Saroy shim. dagi 2 hovli ayvonlarning tomi ikkinchi qavat uchun oʻtish joyi vazifasini oʻtaydi. Katta hovli saroyning shim.gʻarbiy qismini egallagan. Hovlida quduq bor.

Qabulxona (27,5x32,1 m) saroyning shimoli-sharqida, oʻziga xos yevro-pacha uslubda qurilgan. Bosh tarzi jan.ga qaratilgan. 1 qavatli, 7 xonasi bor. Old va orqa tomoni ayvonli.

Arzxona (82,0x71,0 m) saroyning sharqida joylashgan. Tarhi „G“ shaklida, jan. qismi uch burchakli, shim. va gʻarbga qaratilgan ayvonlari mavjud.

Madrasa bosh tarzi sharqqa qaragan. Jan.-sharqiy burchagida 4 ustunli 2 qavatli masjid, shim.-gʻarbida ayvon, hovli atrofida darsxona va hujralar joylashgan. Tashqi devorlari va 4 burchagidagi guldastalar pishiq gʻisht va koshin bilan bezatilgan.

Bogʻ saroyga tushgan boʻlib, baland qalʼaband devor bilan oʻralgan, burjlar ishlangan. Bogʻning 3 tomonida eshik boʻlib, 2 eshik saroy bilan, sharqdagisi arzxona, qabulxona bilan bogʻlangan. Bogʻ oʻrtasida 8 qirrali hovuz bor.

Nurullaboy saroyining ganchkor devorlari oltin va kumush bilan hallangan, zalning „oltin shifti“ nihoyatda kurkam, undagi murak-kab girix. naqshlar oʻziga xos, ichki va tashqi darvozalari, eshiklari, ayvon ustunlaridagi naqshlar Xorazm yogʻoch oʻymakorligining yuksak namunasidir. Qabulxonadagi baland eshiklar, katta rangdor oynalar, parket pollar va koshinkor pechlar yevropa meʼmorligi bilan uygʻunlashgan. Tashqi tomoni silliq gʻishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan. Uni qurishda ganchkor ustalar Xudoybergan hoji, usta Nurmat, Roʻzimat Mashari-pov, yogʻoch oʻymakorligi va uni boʻyash us-talari Bobojon Qalandarov, Ota Shayx, Ismoil Abduniyozov, gʻisht teruvchi Qu-ryoz Bobojonov va boshqa qatnashgan.

Nurullaboy saroyi mujassamotida Xorazm milliy uy-joy qurilishining anʼanaviy xususiyati oʻz ifodasini topgan. Binoning arxitekturasi anʼanaviy sharqona meʼmorchilik va Yevropa uslubidagi elementlarning aralashmasi bilan ajralib turadi[6].

Arz xona

tahrir

Arz Xona majmuaning janubi-sharqiy burchagida joylashgan. Boshqa meʻmoriy obidalardan xususan binolari aniq chizilgan saroydan va qabulxonadan farqli ravishda to'rtburchaklar shaklidagi bino bo'lib, u to'g'ri emas geometrik shakllar va shahar ko'chalari chorrahasining burchagini tashkil etuvchi bir tomonlama ayvon shaklida qurilgan. Qabulxona binolari, asosan ikki tomonlama qurilish, ichki koridorlar bilan bog'langan, ko'chadan deraza teshiklar bilan oddiy devorlar bilan ajratilgan; ichki qismga qaragan jabhalar ham mavjud. Qabulxonalardan tashkil topgan hovli va Nurullaboy saroyi uzun burchakli, unda noyob Xiva o'ymakorligi tasvirlangan. Saroyning janubi-g‘arbiy burchagiga tutash Xivaning turar-joy binosi joylashgan. Devorlari pishgan g‘ishtdan qurilgan. Tashqi tomondan, saroy devorlari g'isht va ko'k sirlangan plitkalar bilan bezatilgan. Ganch o‘ymakorligi ustalari: Xudaybergan xo‘ja, Nurmat, xivalik Ro'zmet Masharipov lar tomonidan qayta taʻmirlangan. Yog'och o'ymakorligi va naqqoshlik ishlari bilan:Bobojon Qalandarov, Ota Shixov,Ismoil Abdniyazovlar boʻlishgan. Devorlarni o'rnatgan usta - Kuryaz Babajanov hisoblanadi[7].

Shimoldan Nurullaboy saroyiga tutash boʻlgan bogʻ, oʻrtada uy boʻlib, baland taxta devor bilan oʻralgan. Saroyning sharqida Asfandiyorxonning qabulxonasi joylashgan. Bu mustaqil ixcham to'rtburchaklar bino bo'lib, qabul zali bilan mashhur boʻlgan. Nurullaboy saroyi Yevropa yangi sanʻati ta'siri ostida yaratilgan. Qabul qilish xonasining tartibi assimetrik bo'lib, ikki tomonlama bino burchakdagi sakkiz burchakli zalni, bir qator yordamchi xonalar va uzun dahlizli mehmonxonani o'z ichiga oladi.

Oʻlchamlari: jami—185,6x143,0 m;

Qabulxona - 27,3x32,1 m;

Arzxona - 82,0x71,0 m;

Saroy - 87,1X65,0 m;

tashqi devorlarning balandligi 7,5 m.

Qayta tiklash

tahrir

2017-yilda oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorazm viloyatidagi „Nurullaboy“ tarixiy majmuasini rekonstruksiya qilish va restavratsiya qilish toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq[8], tarixiy majmuada qoʻshimcha bino va inshootlar qurilgan.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „The Palace of Nurullah - Bai“ (inglizcha). Qaraldi: 7 oktyabr 2023.
  3. „Palace of Nurullah-bai, Khiva“ (inglizcha). Qaraldi: 7 oktyabr 2023.
  4. „Дворец на официальном сайте хокимията Хорезмской области Республики Узбекистан“ (deadlink). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.
  5. Irina Thöns, Bodo Thöns. Usbekistan: Entlang der Seidenstraße nach Taschkent, Samarkand, Buchara und Chiwa (nemischa). 13. Auflage. Trescher Verlag, Berlin 2020 — 394-bet. ISBN 9783897944534. 
  6. Klaus Pander. Kunst-Reiseführer Zentralasien (nemischa). 9. Auflage. DuMont Buchverlag, Köln 2013 — 187-bet. ISBN 9783770136803. 
  7. Маньковская Л., Булатова В. Памятники зодчества Хорезма., Ташкент, 1978. 
  8. „Постановление Кабинета министров Республики Узбекистан «О реконструкции и реставрации исторического комплекса „Нуриллабой“ в Хорезмской области»“. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-iyun.

Adabiyotlar

tahrir
  • Mankovskaya L., Bulatova V., Pamyatniki zodchestva Xorezma, T., 1978.





  NODES