Oʻtkir koronar sindrom (OʻKS) deb odatda yurakka boruvchi qon miqdorining toʻsatdan kamayishi natijasida yuzaga keladigan oʻtkir miokard ishemiyasi va/yoki infarkti bilan namoyon boʻluvchi holatlarga aytiladi va nostabil stenokardiya (NS), ST segmenti koʻtarilmagan miokard infarkti (NSTEMI) va ST segmenti koʻtarilgan miokard infarktini (STEMI) oʻz ichiga oladi.[1][2] Klinikasida koʻkrakdagi kuchli ogʻriq yetakchilik qilib, uning koʻpincha chap yelkaga tarqalishi kuzatiladi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻp terlash va koʻngil aynishi kabi belgilar ham kuzatilishi mumkin.[3]

Oʻtkir koronar sindrom
STEMI bilan ogʻrigan bemor koronar angiografiyasi, chap aylanib oʻtuvchi tojsimon arteriyaning qisman okklyuziyasi koʻrinib turibdi
Belgilari Koʻkrakda ogʻriq, nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻngil aynishi, qusish, koʻp terlash, hushdan ketish
Mutaxassislik Kardiologiya
Tashxis usullari Belgilari, EKG va yurak markerlariga asoslaniladi
Differensial tashxis Miokardit, perikardit, oʻpka emboliyasi
Davolash Revaskulyarizatsiya va fibrinolitik terapiya orqali

Oʻtkir koronar sindrom EKGdagi oʻzgarishlarga qarab ST segmenti koʻtarilgan va koʻtarilmagan OʻKSlarga ajratiladi. ST segmenti koʻtarilmagan OʻSK oʻz navbatida yurak troponini miqdoriga qarab yana ikki guruh: NSTEMI va NSga ajratiladi. Demak, belgilari, EKGdagi oʻzgarishlar va troponin miqdori tashxis qoʻyishga va kasallik turini aniqlashga asos boʻladi.[1][4] Barcha OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar ikkilik antitrombotsitar terapiyani qabul qilishadi.[1] OʻKS (nostabil stenokardiya) stabil stenokardiyadan farq qilib, bunda simptomlar toʻsatdan, hatto tinch holatda ham yuzaga chiqadi.[5]

Belgi va simptomlari

tahrir

OʻKSning kardinal belgisi oʻtkir toʻsh ortidagi bosuvchi ogʻriq hisoblanadi. Ogʻriq koʻpincha chap koʻkrak, qoʻl, yelka, boʻyin, patki jagʻ yoki oshqozon usti sohasiga tarqalishi mumkin. Ogʻriq jismoniy mehnat va stress holatlarida kuchayadi. Bundan tashqari nafas yetishmasligi, oqarib ketish, koʻngil aynishi, qusish, holsizlik, bosh aylanishi yoki hushdan ketish ham kuzatilishi mumkin.[1][2] OʻKS har doim ham yuqoridagi tipik belgilar bilan namoyon boʻlavermaydi, ayniqsa qariyalarda, diabetiklarda va ayollarda. Atipik belgilar sanchuvchi ogʻriqdan boshlab, hech qanday ogʻriq kuzatilmasligicha boʻlishi mumkin.[6] Koʻkrak ogʻrigʻisiz kechadigan „tinch miokard infarkti“ polineyropatiya tufayli diabetik bemorlarda koʻproq kuzatiladi.[7] Agar, miokard infarkti yurakning orqa devorida kuzatilsa, u holda bemorda koʻpincha epigastral (oshqozon usti) sohada ogʻriq va bradikardiya kuzatiladi. Ogʻriq yurak qorinchasida yuz bergan miokard infarktida gipotenziya (qon bosimining pasayishi), boʻyinturuq venalarining koʻtarilishi va oʻpka maydoning tozaligi kabi triada kuzatiladi.[4]

Patofiziologiyasi

tahrir

OʻKS bilan ogʻrigan bemorlar tojsimon (koronar) arteriyalaridan birida toʻsatdan aterosklerotik plakchaning yorilishi yoki erroziyasi tufayli u yerda tromb hosil boʻladi va qon tomirini qisib qoʻyadi. Qisilgan qon tomiridan qon yaxshi oʻtmaganligi sababli miokardning kislorod bilan taʼminlanishi buziladi va u yerda ishemiya yoki nekroz boshlanadi. Aterosklerotik plakchaning yemirilishga moyilligi undagi yalligʻlanishga bogʻliq boʻlishi mumkin. Plakchaning erroziyasi yoki yirtilishi endoteliy ostidagi kollagenning qon bilan toʻqnashishiga va u yerga trombotsitlar yopishishiga sabab boʻladi. Toʻqima faktorining faollashuvi trombotsitlar agregatsiyasiga yaʼni tromb hosil boʻlishiga olib keladi.[8] Plakcha yorilishida plakcha tarkibida lipidlar va makrofaglar miqdori koʻp, kollagen kam va plakcha yupqa fibroz kapsula bilan qoplangan boʻladi. Plakcha erroziyasida esa plakchada kollagen koʻp, fibroz kapsular, yirik lipidlar va yalligʻlanish hujayralari boʻlmaydi.[9]

Diagnostikasi

tahrir

OʻKS kasallik belgilari, hayotiy muhim koʻrsatkichlar kabi bemor anamnezi, EKGdagi oʻzgarishlar va laboratoriya natijalari asosida tashxis qoʻyiladi.[1] Koʻkrak qafasida bosuvchi ogʻriq va nafas qisishi bilan kelgan bemorda bu kasallikni taxmin qilish kerak.

Tashxisni tasdiqlash uchun tezda bemorni EKG qilish kerak boʻladi. EKGda ST segmentining pasayishi, T tishning inversiyasi, ST segmentining koʻtarilishi yoki yangi chap oyoqcha blokadasi kuzatilsa, tashxis tasdiqlanadi.[6] Nostabil stenokardiyadan NSTEMIni farqlash uchun yurak biomarkerlarning bor yoki yoʻqligidan foydalaniladi. Chunki, yurak biomarkerlari faqat yurak miokardining nekrozi vaqtida qonga chiqadi (STEMI va NSTEMIda).[10]

 
Oʻtkir koronar sindromning klassifikatsiyasi va tashxis qoʻyish mezoni

Radiografiya va laboratoriya testlari

tahrir

Koʻkrak sohasidagi ogʻriqqa sabab boʻluvchi boshqa holatlarni aniqlash yoki rad etish hamda davo chorasini toʻgʻri olib borish uchun koʻkrak qafasi koʻchma rentgeni, qonning umumiy tahlili, koagulogramma, qonning biokimyoviy tahlili ham qilinadi.[11] Yurak biomarkerlari sifatida yurak troponini I va T hamda miokard kreatin kinazasidan foydalaniladi.

Klinik bashorat shkalalari

tahrir

GRACE (Global Registry of Acute Coronary Events) shkalasi — OʻKSda oʻlim ehtimolini koʻrsatuvchi shkala hisoblanadi.[12]

HEART (history — kasallik tarixi, ECG, age — yoshi, risk factors — xavf omillari va troponin) shkalasi tez tibbiy yordam boʻlimiga keltirilgan koʻkrak qafasida ogʻriq mavjud boʻlgan bemorlarda yirik nojoʻya kardiovaskulyar holatlarni baholashda ishlatiladi.[13]

Profilaktikasi

tahrir

Yurak qon-tomir kasalliklarini oldini olish uchun qoʻllaniladigan birlamchi profilaktika usullariga ovqatlanish meʼyorlari, aerob jismoniy harakat, chekishni tashlash, agar bemor semiz boʻlsa, ozish, qandli diabet, yuqori qon bosimi va giperlipidemiyani nazorat ostiga olish hamda zarur hollarda aspirin qabul qilib yurish kiradi.[14] Odam isteʼmol qiladigan ozuqasi sabzavotlar, mevalar, don maxsulotlari, baliq kabilarga asoslangan boʻlishi kerak.[15] DASH[16], USDA[17] va Mediterranean dietalar[18] yurak qon-tomir kasalligi xavfini kamaytirish uchun tavsiya etiladi. Haftasiga 75 minut jismoniy mashqlar yurak qon-tomir kasalliklar xavfini kamaytirishi aniqlangan.[19] Ikkilamchi profilaktika uchun yuqorida keltirilgan tavsiyalardan tashqari osh tuzi isteʼmoli kamaytiriladi, lipidlarni meʼyorlashtirish uchun statin terapiyasi, qon bosimini meʼyorlashtiruvchi dorilar, yillik grippga qarshi emlash tavsiya etiladi.[5][20]

Davolash

tahrir

OʻKSni davolashda EKGda aniqlangan STEMI kuzatilsa, u zudlik bilan revaskulyarizatsiyaga koʻrsatma hisoblanadi.[4] NS yoki NSTEMI kuzatilsa, antitrombotsitar terapiya va antikoagulyatsiya qilinadi. Antitrombotsitar terapiya ikkilik boʻlib, uni aspirin va bitta trombotsit P2Y12 retseptor blokatori (tikaglerol, klopidogrel) tashkil etadi.[1] Antikogulyatsiya uchun fraksiyalanmagan geparin, enoksaparin yoki fondaparinuksdan biri ishlatiladi. Qoʻshimcha chora tadbirlar sifatida ogʻriqni qoldirish, qon bosimini tushirish maqsadi-da, nitroglitserin til ostiga beriladi yoki vena ichiga yuboriladi.[1][4] Sianoz, nafas yetishmasligi va qonning kislorodga toʻyinuvchaligi 90 % dan kam boʻlsa, oksigenoterapiya (kislorod berish) qilinadi. Baʼzi bemorlarda oʻpka shishi yoki oʻtkir yurak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin, bunday holatlarda bemorlarga halqa diuretiklar (masalan, furosemid) qilish haqida oʻylash kerak.[2]

ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSni davolash

tahrir

ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSni davolash bemorning oʻlim xavfiga asoslangan (masalan, TIMI shkalasi) holda amalga oshiriladi. Agar bemor yuqori yoki oʻrta yuqori darajada xavf guruhiga kirsa, bunday bemorlarda 2-72 soat ichida koronar angiografiya oʻtkazilib, invaziv davolanadi. Agar, bemor past xavf guruhiga kirsa, boshqa testlar (zoʻriqishdagi EKG, ExoKG) oʻtkazilib, bemor koronar angiografiyaga muhtoj yoki yoʻqligi aniqlab olinadi.

ST segmenti koʻtarilmagan OʻKSda antitrombotsitar va antikoagulyatsion terapiya quyidagicha amalga oshiriladi.[1]

Sinfi Rejim
Ikkilik antitrombotsitar terapiya (IAT)
  • Aspirin
  • va quyidagilardan bittasi
  1. Tikagrelor
  2. Klopidogrel
Antikoagulyatsiya
  • Quyidagilardan biri
  1. Enoksoparin
  2. Fraksiyalanmagan geparin
  3. Fondaparinuks
  4. Bivalirudin — faqat erta invaziv strategiya vaqtida
Glikoprotein IIb/IIIa ingibitori (GPI)
  • Oʻrta va yuqori xavf ostidagi bemorlarda erta invaziv strategiya bilan birga qoʻllanishi kerak
  1. Eptifibatid
  2. Tirofiban

ST segmenti koʻtarilgan OʻKSni davolash

tahrir

ST segmenti koʻtarilgan OʻKS yaʼni STEMI aniqlanishi bilan tezkor revaskulyarizatsiya operatsiyasi (koronar kateterizatsiya) oʻtkazilishi lozim.[4] Yurak katerizatsiyasi yurak qon tomirlari hisoblangan tojsimon arteriyalarga (odatda son yoki bilak arteriyalari orqali) kateter kiritish va u yerni kuzatish (angigrafiya) imkonini beradi. Kerakli joyga yetib olgach, stent orqali koronar angioplastika (perkutan koronar intervensiya — PCI) qilish imkonini beradi. Bemor bilan birinchi uchrashgandan keyin bu muolaja 90 minutdan kam vaqt ichida qilinishi kerak. STEMIda fibrinolitik terapiya agar PCIni 120 minutdan kam vaqt ichida qilishning imkoni boʻlmasa, qilinadi. Fibrinolitik terapiya uchun tenekteplaza, alteplaza, reteplaza yoki streptokinazadan birini ishlatish mumkin.

STEMIda antitrombotsitar va antikoagulyatsion terapiya quyidagicha amalga oshiriladi.[4]

Sinfi PCI bilan birgalikdagi rejim PCIsiz rejim
Ikkilik antitrombotsitar terapiya (IAT)
  • Aspirin
  • va quyidagi adenozin difosfat retseptori blokatorlaridan bittasi
  1. Prassugrel
  2. Tikagrelor
  3. Klopidogrel
  • Aspirin
  • adenozin difosfat retseptori blokatori — klopidogrel
Antikoagulyatsiya Fraksiyalanmagan geparin yoki

Bivalirudin — faqat erta invaziv strategiya vaqtida

  • Quyidagilardan biri
  1. Enoksoparin
  2. Fraksiyalanmagan geparin
  3. Fondaparinuks
Glikoprotein IIb/IIIa ingibitori (GPI) Quyidagilardan bittasi
  1. Abliksimab
  2. Eptifibatid
  3. Tirofiban
Doimiy foydalanish uchun tavsiya etilmaydi

Differensial diagnostikasi

tahrir

Koʻkrak sohasidagi ogʻriqning boshqa sabablari[21]

tahrir

Hayotga tez xavf soluvchi koʻkrak sohasidagi ogʻriq sabablari

tahrir
  • koʻkrak aortasi anevrizmasining yorilishi
  • oʻpka emboliyasi
  • qiziloʻngach teshilishi
  • tension pnevmotoraks
  • perforatsiyalagan yara

Koʻkrak sohassidagi ogʻriqning boshqa sabablari

tahrir
  • perikardit
  • yurak tamponadasi
  • aorta disseksiyassi
  • pnevmonit
  • plevrit

Troponin miqdorining koʻtarilishi bilan kuzatiladigan kasalliklar bilan[22]

tahrir

Kardiovaskulyar sabablar

tahrir
Kardiovaskulyar sabablar
miokardit
yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi
oʻpka emboliyasi
yurak aritmiyalari
aorta disseksiyasi
gipertenziv kriz
yurakning strukturaviy kasalliklari
miokardning doridan zaharlanishi
yurak travmasi
Takotsubo kardiomiopatiyasi
insult

Kardivaskulyar boʻlmagan sabablar

Kardivaskulyar boʻlmagan sabablar
Buyrak yetishmovchiligi
Sepsis
Gipotiroidizm yoki gipertiroidizm

ST segmenti koʻtarilishining boshqa sabablari[4]

tahrir
ST segmenti koʻtarilishining boshqa sabablari
Erta depolyarizatsiya
Chap tutam blokadasi
Brugada sindromi
Miokardit
Perikardit
Oʻpka emboliyasi
Giperglikemiya
Trisiklik antidepressantdan foydalanish
EKG tarmoqlarini yaxshi ulamaslik

Asoratlari

tahrir

Oʻtkir yurak yetishmovchiligi

tahrir

Miokard infarktidan (MI) keyin yurak yetishmovchiligi koʻp uchraydi (14-36 %).[23] MIda yurak yetishmovchiligi oʻlim ehtimolini baholash va davolash ishlarini olib borishga katta taʼsir etadi. MIdagi ogʻir asoratlarning asosiy qismini kardiogen shok tashkil qiladi deb hisoblansa ham, MIda yurak yetishmovchiligining uchrash tezligi ancha yuqori darajada.[24] Oʻtkir yurak yetishmovchiligi kuzatilgan MI bilan kelgan bemorlar bu asoratsiz MI bilan kelganlarga qaraganda farqlicha davolanadi. Masalan, bunday holatda yuqori dozadagi beta blokatorlaridan foydalanish zararlidir.[24]

Toʻsatdan yurak oʻlimi

tahrir

Toʻsatdan yurak oʻlimi bu yurakdan kelib chiqadigan oʻtkir simptomlar tufayli 1 soat ichida oʻlim kuzatilishiga aytiladi.[25] MI koronar yurak kasalliklari ichida toʻsatdan yurak oʻlimiga eng koʻp sabab boʻluvchi kasallik hisoblanadi.[26]

Yurak aritmiyalari

tahrir

OʻKSdan keyin va u bilan birga uchrovchi yurak aritmiyalari ham keng tarqalgan boʻlib, uning uchrash chastotasi STEMIda koʻp, NSTEMIda nisbatan kamroq boʻladi. MIni boshidan oʻtkazgan bemorlarning deyarli 90 %ida yurak aritmiyalarining qaysidir shakli rivojlanadi. Shundan 25 % bemorlarda bu aritmiyalar 24 soat ichida kuzatiladi. Aksariyat aritmiyalar yengil boʻlib, oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketadi. Eng xavfli aritmiya yurak qorinchasi aritmiyasi boʻlib, dastlabki birinchi soatda eng koʻp uchraydi va keyin uchrashi kamayadi.[27]

Prognoz

tahrir

Bir xalqaro kogort tadqiqotiga koʻra, MIdan oʻlim kasalxonadalik davrida 2.2 %ni, 6 oydan keyin esa 3.3 %ni tashkil qilgan.[28]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 Amsterdam EA, Wenger NK, Brindis RG, Casey DE Jr, Ganiats TG, Holmes DR Jr, Jaffe AS, Jneid H, Kelly RF, Kontos MC, Levine GN, Liebson PR, Mukherjee D, Peterson ED, Sabatine MS, Smalling RW, Zieman SJ. 2014 AHA/ACC Guideline for the Management of Patients with Non-ST-Elevation Acute Coronary Syndromes: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines. J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):e139-e228. doi: 10.1016/j.jacc.2014.09.017. Epub 2014 Sep 23. Erratum in: J Am Coll Cardiol. 2014 Dec 23;64(24):2713-4. Dosage error in article text. PMID 25260718.
  2. 2,0 2,1 2,2 Т.ф.н., Фозилов Х.Г. et al „Стабил ишемик юрак касаллиги билан оғриган беморларни даволаш бўйича миллий клиник протокол“, . [https://ssv.uz/uploads/documentation/bbc1ae097d996339c2d46ec4781b906f.pdf Кардиологик касалликларининг клиник баённомалари, ташхислаш ва даволаш стандартлари], 2020 — 394-bet. 
  3. Jameson JL, Fauci AS, Kasper DL, Hauser SL, Longo DL, Loscalzo J. Harrisonʼs Principles of Internal Medicine, Twentieth Edition (Vol.1 & Vol.2). McGraw-Hill Education / Medical; 2018.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 OʻGara PT, Kushner FG, et al. 2013 ACCF/AHA Guideline for the Management of ST-Elevation Myocardial Infarction. Circulation. 2013; 127(4). doi: 10.1161/cir.0b013e3182742cf6.
  5. 5,0 5,1 Fihn SD, Gardin JM, Abrams J, Berra K, Blankenship JC, Dallas AP, Douglas PS, Foody JM, Gerber TC, Hinderliter AL, King SB 3rd, Kligfield PD, Krumholz HM, Kwong RY, Lim MJ, Linderbaum JA, Mack MJ, Munger MA, Prager RL, Sabik JF, Shaw LJ, Sikkema JD, Smith CR Jr, Smith SC Jr, Spertus JA, Williams SV; American College of Cardiology Foundation; American Heart Association Task Force on Practice Guidelines; American College of Physicians; American Association for Thoracic Surgery; Preventive Cardiovascular Nurses Association; Society for Cardiovascular Angiography and Interventions; Society of Thoracic Surgeons. 2012 ACCF/AHA/ACP/AATS/PCNA/SCAI/STS Guideline for the diagnosis and management of patients with stable ischemic heart disease: a report of the American College of Cardiology Foundation/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines, and the American College of Physicians, American Association for Thoracic Surgery, Preventive Cardiovascular Nurses Association, Society for Cardiovascular Angiography and Interventions, and Society of Thoracic Surgeons. J Am Coll Cardiol. 2012 Dec 18;60(24):e44-e164. doi: 10.1016/j.jacc.2012.07.013. Epub 2012 Nov 19. PMID 23182125.
  6. 6,0 6,1 Ibanez B, James S, Agewall S, et al. 2017 ESC Guidelines for the management of acute myocardial infarction in patients presenting with ST-segment elevation. Eur Heart J. 2017; 39(2): pp. 119-177. doi: 10.1093/eurheartj/ehx393.
  7. Thygesen K, Alpert JS, Jaffe AS, Chaitman BR, Bax JJ, Morrow DA, White HD; Executive Group on behalf of the Joint European Society of Cardiology (ESC)/American College of Cardiology (ACC)/American Heart Association (AHA)/World Heart Federation (WHF) Task Force for the Universal Definition of Myocardial Infarction. Fourth Universal Definition of Myocardial Infarction (2018). Circulation. 2018 Nov 13;138(20):e618-e651. doi: 10.1161/CIR.0000000000000617. Erratum in: Circulation. 2018 Nov 13;138(20):e652. PMID 30571511.
  8. Braunwald E. Unstable angina and non-ST elevation myocardial infarction. Am J Respir Crit Care Med. 2012 May 1;185(9):924-32. doi: 10.1164/rccm.201109-1745CI. Epub 2011 Dec 28. PMID 22205565.
  9. Eisen A, Giugliano RP, Braunwald E. Updates on Acute Coronary Syndrome: A Review. JAMA Cardiol. 2016 Sep 1;1(6):718-30. doi: 10.1001/jamacardio.2016.2049. PMID 27438381.
  10. Roffi M, Patrono C, Collet J-P, et al. 2015 ESC Guidelines for the management of acute coronary syndromes in patients presenting without persistent ST-segment elevation. Eur Heart J. 2015; 37(3): pp. 267-315. doi: 10.1093/eurheartj/ehv320.
  11. Antman EM, Anbe DT, Armstrong PW, Bates ER, Green LA, Hand M, Hochman JS, Krumholz HM, Kushner FG, Lamas GA, Mullany CJ, Ornato JP, Pearle DL, Sloan MA, Smith SC Jr, Alpert JS, Anderson JL, Faxon DP, Fuster V, Gibbons RJ, Gregoratos G, Halperin JL, Hiratzka LF, Hunt SA, Jacobs AK; American College of Cardiology; American Heart Association Task Force on Practice Guidelines; Canadian Cardiovascular Society. ACC/AHA guidelines for the management of patients with ST-elevation myocardial infarction: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines (Committee to Revise the 1999 Guidelines for the Management of Patients with Acute Myocardial Infarction). Circulation. 2004 Aug 31;110(9):e82-292. Erratum in: Circulation. 2005 Apr 19;111(15):2013-4. Erratum in: Circulation. 2007 Apr 17;115(15):e411. Erratum in: Circulation. 2010 Jun 15;121(23):e441. PMID 15339869.
  12. Fox KAA, FitzGerald G, Puymirat E, et al. Should patients with acute coronary disease be stratified for management according to their risk? Derivation, external validation and outcomes using the updated GRACE risk score. BMJ Open. 2014; 4(2): p. e004425. doi: 10.1136/bmjopen-2013-004425.
  13. Six AJ, Backus BE, Kelder JC. Chest pain in the emergency room: value of the HEART score. Netherlands Heart Journal. 2008; 16(6): pp. 191-196. doi: 10.1007/bf03086144.
  14. Levine GN, Bates ER, Bittl JA, Brindis RG, Fihn SD, Fleisher LA, Granger CB, Lange RA, Mack MJ, Mauri L, Mehran R, Mukherjee D, Newby LK, OʻGara PT, Sabatine MS, Smith PK, Smith SC Jr. 2016 ACC/AHA Guideline Focused Update on Duration of Dual Antiplatelet Therapy in Patients With Coronary Artery Disease: A Report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Clinical Practice Guidelines: An Update of the 2011 ACCF/AHA/SCAI Guideline for Percutaneous Coronary Intervention, 2011 ACCF/AHA Guideline for Coronary Artery Bypass Graft Surgery, 2012 ACC/AHA/ACP/AATS/PCNA/SCAI/STS Guideline for the Diagnosis and Management of Patients With Stable Ischemic Heart Disease, 2013 ACCF/AHA Guideline for the Management of ST-Elevation Myocardial Infarction, 2014 AHA/ACC Guideline for the Management of Patients With Non-ST-Elevation Acute Coronary Syndromes, and 2014 ACC/AHA Guideline on Perioperative Cardiovascular Evaluation and Management of Patients Undergoing Noncardiac Surgery. Circulation. 2016 Sep 6;134(10):e123-55. doi: 10.1161/CIR.0000000000000404. Epub 2016 Mar 29. Erratum in: Circulation. 2016 Sep 6;134(10):e192-4. PMID 27026020.
  15. Eckel RH, Jakicic JM, Ard JD, de Jesus JM, Houston Miller N, Hubbard VS, Lee IM, Lichtenstein AH, Loria CM, Millen BE, Nonas CA, Sacks FM, Smith SC Jr, Svetkey LP, Wadden TA, Yanovski SZ, Kendall KA, Morgan LC, Trisolini MG, Velasco G, Wnek J, Anderson JL, Halperin JL, Albert NM, Bozkurt B, Brindis RG, Curtis LH, DeMets D, Hochman JS, Kovacs RJ, Ohman EM, Pressler SJ, Sellke FW, Shen WK, Smith SC Jr, Tomaselli GF; American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines. 2013 AHA/ACC guideline on lifestyle management to reduce cardiovascular risk: a report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Practice Guidelines. Circulation. 2014 Jun 24;129(25 Suppl 2):S76-99. doi: 10.1161/01.cir.0000437740.48606.d1. Epub 2013 Nov 12. Erratum in: Circulation. 2014 Jun 24;129(25 Suppl 2):S100-1. Erratum in: Circulation. 2015 Jan 27;131(4):e326. PMID 24222015.
  16. Saneei P, Salehi-Abargouei A, Esmaillzadeh A, Azadbakht L. Influence of Dietary Approaches to Stop Hypertension (DASH) diet on blood pressure: a systematic review and meta-analysis on randomized controlled trials. Nutr Metab Cardiovasc Dis. 2014 Dec;24(12):1253-61. doi: 10.1016/j.numecd.2014.06.008. Epub 2014 Jun 27. PMID 25149893.
  17. Horsley E. Updated dietary guidelines from the USDA and HHS. Am Fam Physician. 2011 Aug 1;84(3):332-4. PMID 21842779.
  18. D’Alessandro A, De Pergola G. The Mediterranean Diet: its definition and evaluation of a priori dietary indexes in primary cardiovascular prevention. Int J Food Sci Nutr. 2018 Sep;69(6):647-659. doi: 10.1080/09637486.2017.1417978. Epub 2018 Jan 18. Erratum in: Int J Food Sci Nutr. 2019 Nov;70(7):I. PMID 29347867.
  19. Sattelmair J, Pertman J, Ding EL, Kohl HW 3rd, Haskell W, Lee IM. Dose response between physical activity and risk of coronary heart disease: a meta-analysis. Circulation. 2011 Aug 16;124(7):789-95. doi: 10.1161/CIRCULATIONAHA.110.010710. Epub 2011 Aug 1. PMID 21810663; PMCID: PMC3158733.
  20. Crea F. The ESC Guidelines on cardiovascular prevention and a focus on old and new risk factors. Eur Heart J. 2021 Sep 7;42(34):3209-3213. doi: 10.1093/eurheartj/ehab577. PMID 34492687.
  21. Gulati M, Levy PD, Mukherjee D, et al. 2021 AHA/ACC/ASE/CHEST/SAEM/SCCT/SCMR Guideline for the Evaluation and Diagnosis of Chest Pain: Executive Summary. J Am Coll Cardiol. 2021; 78(22): pp. 2218-2261. doi: 10.1016/j.jacc.2021.07.052.
  22. Babuin L, Jaffe AS. Troponin: the biomarker of choice for the detection of cardiac injury. CMAJ. 2005 Nov 8;173(10):1191-202. doi: 10.1503/cmaj/051291. Erratum in: CMAJ. 2005 Dec 6;173(12):1490. Erratum in: CMAJ. 2006 Jan 31;174(3):353. PMID 16275971; PMCID: PMC1277047.
  23. Hellermann JP, Jacobsen SJ, Gersh BJ, Rodeheffer RJ, Reeder GS, Roger VL. Heart failure after myocardial infarction: a review. Am J Med. 2002 Sep;113(4):324-30. doi: 10.1016/s0002-9343(02)01185-3. PMID 12361819.
  24. 24,0 24,1 Bahit MC, Kochar A, Granger CB. Post-Myocardial Infarction Heart Failure. JACC Heart Fail. 2018 Mar;6(3):179-186. doi: 10.1016/j.jchf.2017.09.015. PMID 29496021.
  25. Al-Khatib SM, Stevenson WG, Ackerman MJ, Bryant WJ, Callans DJ, Curtis AB, et al. 2017 AHA/ACC/HRS Guideline for Management of Patients With Ventricular Arrhythmias and the Prevention of Sudden Cardiac Death: Executive Summary: A Report of the American College of Cardiology/American Heart Association Task Force on Clinical Practice Guidelines and the Heart Rhythm Society. Circulation. 2018; 138: e210-e271.
  26. Golukhova EZ, Gromova OI, Bulaeva NI, Bokeria LA. Sudden Cardiac Death in Patients with Ischemic Heart Disease: from Mechanisms to Clinical Practice. Kardiologiia. 2017; 57: 73-81.
  27. A Maziar Zafari. „What is the incidence of cardiac arrhythmias in patients with acute myocardial infarction (MI, heart attack), and what treatment is indicated?“ (2019).
  28. Fox KA, Steg PG, Eagle KA, Goodman SG, Anderson FA Jr, Granger CB, Flather MD, Budaj A, Quill A, Gore JM; GRACE Investigators. Decline in rates of death and heart failure in acute coronary syndromes, 1999-2006. JAMA. 2007 May 2;297(17):1892-900. doi: 10.1001/jama.297.17.1892. PMID 17473299.
  NODES
Association 14
INTERN 1
Note 1