Oʻtkir uchli kondiloma — teri va shilliq qavatlarning doimiy ishqalanadigan qismlarida paydo boʻladigan soʻgalsimon oʻsimtalar. Kasallik qoʻzgatuvchisi Popova guruhiga mansub papullomatoz — akantomatoz filtrlanuvchi virusdir. U oʻzining koʻp belgilari bilan oddiy va oʻrab oluvchi uchuqqa oʻxshab ketadi. Shaxsiy gigiyenaga rioya qilmaslik, surunkali nospetsifik yalligʻlanish, trixomonoz,kandidoz, xlamidioz, ureaplazmoz kabi kasalliklar oʻtkir muloqot davrida yuqib qolishi mumkin. Bu kasallik bilan aksariyat 20-40 yoshlik yoshlarda va undan kattalar kasallanadi. Bolalarda juda kam kuzatiladi. Inkubatsion davri 7-8 haftadan 9-10 oygacha davom etadi.

Oʻtkir uchli kondiloma

Ayol anusi atrofidagi oʻtkir uchli kondilomalar
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Yuqumli kasalliklar
KXK-10 A63.0
KXK-9 078.11
Patient UK Oʻtkir uchli kondiloma

Klinikasi

tahrir

Oʻtkir uchli kondiloma koʻpincha bemorlarning jinsiy azolari atrofida, olat kertmagida, anus sohasida, qoʻltiqda, ayollar jinsiy uyatli lablarida va qin qirrasisida, koʻkrak bezi ostida uchraydi. Ayrim vaqtlarda siydik kanalining old sohasida shilliq qavatda ham kuzatiladi. Dastlab shu sohalarda uncha qattiq boʻlmagan mayda pusht tugunchalar paydo boʻladi, ular qoʻshilib, gulkaramni yoki xoʻroz tojini eshlatuvchi yumshoq soʻrgʻichsimon oʻsma hosil qiladi.Oʻtkir uchli kandilomaning baʼzi elementlari ingichka bitta asosga oyoqqa jamlangan boʻlib yuzasi namlanib turuvchi kepaklar bilan qoplanadi va undan qoʻlansa hid kelib turadi. Ishqalanish natijasida achchishib, qichishib turadi, yara-chaqalanib eroziyalanadi. Eroziyalanib yara-chaqalangan oʻsimtalar biroz qonsirab turadi. Oʻsimtalar tirnab koʻrilsa, quruq massali ajratma chiqadi.

Tashxisi

tahrir

Oʻtkir uchli kondilomaga diagnoz qoʻyish qiyin emas. Asosan, zaxmdagi kondiloma tekshirilganda koʻplab oqish treponemalar topiladi hamda serologik reaksiyalarning barchasi musbat boʻladi. Kam hollarda bir bemorning oʻzida ham serbar ham uchli kondiloma boʻlishi mumkin.


Davosi

tahrir

Oʻtkir uchli kondiloma asosan kuydiriladi. Diatermokoagulatsiya, krioterapiya, elektroionizasiya qoʻllanadi. Kaliy permanganatning oʻtkir eritmasi uch foizli SIRKA KISLOTASI, PODOFILLINNING 20 FOIZLI SPIRTDAGI ERITMASI kabi kuchli eritmalarda kuydiriladi REZORSINNING TALK BILAN 1:1 ARALASHMASI, KOLXAMIN MALHAMI buyiriladi. Oʻtkir uchli kandilomalar kam boʻlsa, ularni FOLKMAN qoshiqchasida qirib olinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. teri va tanosil kasalliklar eshboyev 2010 yil 136-137 bet. 
  NODES