Oʻzbekiston bayrogʻi

Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzi
(Oʻzbekiston davlat bayrogʻidan yoʻnaltirildi)

Oʻzbekiston bayrogʻi (rasmiy atalishi: Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi) — Oʻzbekiston gerbi va Oʻzbekiston madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy davlat ramzi sanaladi. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan soʻng 1991-yilning 18-noyabrida[2] Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan. 2024-yil 33 yilligni nishonlaymiz

Oʻzbekiston bayrogʻi
Mamlakat Oʻzbekiston
Mutanosibligi 1:2
Qabul qilindi 18-noyabr, 1991-yil (33 yil avval) (1991-11-18)
Dizayn Gorizontal yorqin moviy, oq va yorqin yashil boʻlaklar orasini ikkita qizil rangli chiziqlar ajratib turadi. Yarimoy va oʻn ikkita besh yulduz koʻk boʻlakning chap tomonida joylashgan.
Bayroq mualliflari Farhod Yoʻldashev[1]

Taʼrifi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi matoda aks etgan boʻlib, uchta asosiy gorizontal rangdor boʻlaklarga boʻlingan. Ular: yorqin moviy, oq, yorqin yashil. Bu boʻlaklar orasini ikkita qizil rangdagi gorizontal chiziqlar ajratib turadi.

Oʻzbekiston bayrogʻi ramzi mamlakat hududida ilgari mavjud boʻlgan gʻoyat qudratli saltanatlar bayroqlariga xos boʻlgan eng yaxshi anʼanalarni davom ettirgan holda respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqning milliy va madaniy oʻzligini ham aks ettiradi.

Bayroqdagi havorang — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.

Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.

Qizil yoʻllar — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.

Yashil rang — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.[3][4]salom

Qonday zorma


[5]

 
Ranglar sxemasi
Koʻk Qizil Yashil Oq
CMYK 100-15-0-29 0-96-84-19 87-0-70-29 0-0-0-0
HEX #009AB6 #CF0921 #18B637 #FFFFFF
RGB 0-154-182 207-9-33 24-182-55 255-255-255

Tuzilishi

tahrir
 

Oʻzbekiston hududlarining bayroqlari

tahrir

Oʻzbekistonning tarixiy bayroqlari

tahrir

Andijon

tahrir

Buxoro xonligi, keyinroq Buxoro amirligi, keyin Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Xorazm, keyinchalik Xiva xonligi, keyin Xorazm Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Turkiston muxtoriyati (Qoʻqon muxtoriyati)

tahrir

Sobiq Qoʻqon xonligining hududi 1917-yil Mustafo Choʻqay boshchiligidagi jadidlar, erksevarlar tomonidan mustaqil Turkiston muxtoriyatiti eʼlon qiladilar. Turkiston muxtoriyatining bayrogʻi Turkiya bayrogʻidan andoza olingan holda loyihalashtirilgan.

 
Turkiston (Qoʻqon) muxtoriyatining bayrogʻi 1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha

Turkiston

tahrir

Turkiston general-gubernatorligi, keyinroq Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi.

Oʻzbekiston

tahrir

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi.

Oʻxshash bayroqlar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. https://www.facebook.com/groups/974922235916739/posts/2930521463690130/
  2. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi haqida
  3. Waters, Bella. Uzbekistan in Pictures. Twenty-First Century Books, 2006 — 191-bet. ISBN 9780822526735. Qaraldi: 2014-yil 18-may. 
  4. „Uzbekistan“. The World Factbook. CIA. Qaraldi: 2014-yil 18-may.
  5. Legislative Chamber of Oliy Majlis of Uzbekistan. „Ўзбекистон Республикасининг Давлат Байроғи“ [National Flag of the Republic of Uzbekistan] (Uzbek). Oliy Majlis. 2021-yil 15-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-noyabr.

Havolalar

tahrir


  NODES
os 19