One Championship (baʼzi manbalarda „ONE Championship“ yoki ONE shaklida keladi) – bu Osiyoda eng yirik aralash jang sanʼati (MMA) promouterligi tashkiloti boʻlib, 2011-yilda singapurlik tadbirkor Chatri Sityodtong tomonidan tashkil etilgan[1]. ONE Championship bugungi kunga kelib nafaqat MMA, balki kikboksing, muaytay va no-gi BJJ kabi jang sanʼatlari boʻyicha ham musobaqalar oʻtkazmoqda.

Tarixi

tahrir
 
ONE Championship asoschisi va rahbari Chatri Sityodtong

ONE Championship 2011-yil 14-iyulda rasmiy ravishda eʼlon qilindi va birinchi musobaqasi 2011-yil 3-sentyabrda Singapurda boʻlib oʻtdi. Chatrining soʻzlariga koʻra ONEning asosiy maqsadi Osiyoda aralash jang sanʼati madaniyatini rivojlantirish va jangchilarga oʻz mahoratlarini namoyish etish imkoniyatini berish boʻlgan[2]. Shu sababdan ONE aralash jang sanʼatidan tashqari, kikboksing, muaytay va boshqa jang sanʼatlarini ham birlashtiruvchi turli jang kechalari va musobaqalar oʻtkazishni boshladi. Avvaliga moliyaviy jihatdan qiynalgan tashkilot, keyinchalik venchur kapitali va turli media markazlariga translyatsiya huquqlarini sotish orqali oʻzini tikladi va bugungi kunga kelib dunyodagi eng qimmat kombat sportga yoʻnaltirilgan tashkilotlardan briga aylandi[3].

Yoʻnalishlar

tahrir
 
One 165 | Shinya Aoki

ONEda quyidagi asosiy jang sanʼati yoʻnalishlar boʻyicha musobaqalar oʻtkaziladi:

  • Aralash Jang Sanʼati (MMA): bu tashkilotning asosiy yoʻnalishi boʻlib, turli vazn toifalarida erkaklar va ayollar oʻrtasida janglar oʻtkaziladi.
  • Kikboksing va Muaytay: bu ikki jang sanʼati yoʻnalishlarida ham professional musobaqalar tashkil etiladi.
  • No-gi BJJ: ushbu yoʻnalish Braziliyacha jiu-jitsu texnikalariga asoslangan boʻlib, ONEda alohida yoʻnalish sifatida janglar oʻtkaziladi.

Vazn Oʻlchash

tahrir

ONE Championship boshqa MMA tashkilotlarida qoʻllanadigan sunʼiy vazn tashlash usulidan voz kechgan. Boshqa tashkilotlarda jangchilar koʻpincha musobaqadan oldin badandagi suvni sunʼiy chiqarib orqali qisqa vaqt ichida vazn tashlashadi. ONEda esa jangchilarni tabiiy vazn toifalarida jang qilishga majbur. Buni nazorat qilish uchun tashkilot bir necha turdagi choralar ishlab chiqishgan.

Gidratatsiya Testlari

tahrir

Vazn oʻlchash jarayonining muhim qismi gidratatsiya testlaridan iborat. Bu testlar jangchilarning suvsizlanish darajasini oʻlchaydi. Jangchilarning siydik namunalaridagi suvsizlanish darajasini aniqlash uchun refraktometrik usul qoʻllanadi. Agar jangchi gidratatsiya testidan oʻta olmasa, u qayta sinovdan oʻtishi kerak boʻladi.

Koʻp Martalik Vazn Oʻlchash

tahrir

ONE Championship jangchilarni faqat musobaqadan bir kun oldin emas, balki musobaqa haftasida bir necha marta vazn oʻlchashdan oʻtkazadi. Bu jangchilarning musobaqa oldidan sogʻliq holatini nazorat qilish imkonini beradi. Vazn oʻlchash odatda musobaqadan 3-4 kun oldin boshlanadi va jang kuni yakunlanadi.

Jarimalar va Jazolar

tahrir

Agar jangchi oʻz vazn toifasiga mos kelmasa yoki gidratatsiya testlaridan oʻtmasa, u jarimaga tortilishi yoki musobaqadan chetlatilishi mumkin. Bu qoidalar jangchilarning sogʻligʻini himoya qilish va adolatli jang sharoitini taʼminlash uchun ishlab chiqilgan.

Jangchilar

tahrir
 
Chempionlik kamari

Tashkilotning bugungi kunda asosiy jangchilari orasida Rodtang Jitmuangnon, Shinya Aoki, Demetryus Jonson, Giorgio Petrosyan, Takeru Segava va Angela Li kabi mashhur sportchilar bor. Ular oʻz mahoratlari va yutuqlari bilan nafaqat ONEda balki butun dunyoda oʻz oʻrniga ega[4].

MMA Chempionlari
Vazn toifasi Ism-sharif
Ogʻir vazn   Anatoliy Malykhin
Quyi ogʻir vazn   Anatoliy Malykhin
Oʻrta vazn   Anatoliy Malykhin
Yarim oʻrta vazn   Kristian Li
Yengil vazn   Kristian Li
Yarim yengil vazn   Tang Kai
Yarim oʻrta yengil vazn   Fabrisio Andrade
Quyi yengil vazn   Demetryus Jonson
Super yengil vazn   Joshua Pachio

Manbalar

tahrir
  1. „How A Former Hedge Fund Manager Launched ONE Championship, An MMA Promotion Pushing Into The U.S.“.
  2. „How I Found My True Calling (How You Can Too)“.
  3. „The Most Valuable Combat Sports Promotions 2024“.
  4. „15 ONE Championship Fighters to Watch“.
  NODES
chat 3
os 22