Orxus — Daniyadagi shahar, Yutlandiya yarim orolning sharqida. Orxus amtining maʼmuriy markazi. Aholisi 217,2 ming kishi (2000). Orxus-Bugt qoʻltigʻidagi port. Mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Un-t bor. Shahar 10-asrdan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika sobori va cherkov (11 —15-asrlar) saqlangan. "Eski shahar" qismi ochiq osmon ostidagi meʼmoriy muzey hisoblanadi.[1]

Orxus

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Done 1
see 1