Ostgotlar (Ostgothi), ostrogotlar (Ostrogothi), greytunglar (Greutungi) — german kabilasi, gotlarning sharqiy tarmogʻi. 3-asrda Qora dengiz boʻyidagi dashtlar. Dnepr bilan Don oraligʻi, qisman Qrimga kelib joylashganlar. 4-asrning 2-yarmida Er-manarix boshchiligida qudratli qabila ittifoqi barpo etishgan, bu ittifoq O.dan tashqari, boshqa german, shuningdek, skif-sarmat va slavyan qabilalarini birlashtirgan. 375 yil bu ittifoq gunnlar tomonidan tor-mor keltirilgan. O.ning asosiy qismi gunnlar bilan birga gʻarbga yoʻl olib, Pannoniyaga joylashgan. 5-asr oʻrtasida Attila vafotidan soʻng, O. gunnlarga qarshi qoʻzgʻolon koʻtarib ularning hukmronligidan xalos boʻlganlar. 493 yil O. Teodorix boshchiligida Italiyaga yurish qilib Ravenna shahrini egallaganlar va O. qirolligini barpo etganlar. Qirollik tarkibiga Italiya, Sitsiliya, Alp oldi rayonlari, Dalmatsiya, 510 yildan esa Provans kirgan. O.ning asosiy qismi Oʻrta va Shimoliy Italiyaga kelib joylashgan. O. Vizantiyaga qarshi urushda magʻlubiyatga uchrab (552 yil), 60 yil boshiga kelib O. qirolligi Vizantiya imperiyasiga tobe boʻlib, barham topgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 20