Owen Chamberlain (1920.10.7, San-Fransisko) — amerikalik fizik. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1960). Chikago universitetini tugatgan (1948). 1942—46 yillarda LosAlamos laboratoriyada va 1948-yildan Berkli Kaliforniya universitetida ishlagan. Atom bombasi yaratuvchilaridan biri. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, neytron fizikasi va yuqori energiyalar fizikasiga oid. E. Segre va boshqa olimlar bilan hamkorlikda antiprotonni kashf etgan. Yukrri energiyali yadro reaksiyalari yaratish bilan shugʻullangan. Tarkibida qutblangan protonlar mavjud nishonni olishga muvaffaq boʻlgan (1963— 64). Nobel mukofoti laureati (1959; E.Segre bilan hamkorlikda)[1][2].

Owen Chamberlain

Manbalar

tahrir
  1. Nobel mukofoti sovrindorlari
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES