Pigmentlar (lot. pigmentum— boʻyoq) — 1) (biologiyada) orga-nizmlar toʻqimalari tarkibiga kiradigan boʻyoq birikmalar. Pigment rangi ular molekulasi tarkibidagi quyosh spektrining koʻzga koʻrinadigan nurlarini (380—750 nm) tanlab yutadigan xromofor guruhi bilan bogʻliq. Pigment sitoxromlar, katalaza va boshqa fermentlar, membrana strukturam tarkibiga kiradi, oqsillar va lipidlar bilan birga kompleks hosil qiladi. Hujayrada Pigment maxsus tuzilmalar (xloroplastlar, xromoplastlar va boshqalar) ichida, baʼzan hujayra shirasida boʻladi. Koʻpchilik hayvonlarda maxsus pigment hujayralari mavjud. Pigment fotobiol ochiq jarayonlarida (fotosintez, koʻrish, fotoregulyasiya) katta ahamiyatga ega; nafas olishda ishtirok etadi (gemoglobin, sitoxromlar, xromogenlar), organizmni ultrabinafsha nurlar taʼsiridan saqlaydi (oʻsimliklarda — karotinoidlar va flavonoidlar, hayvonlarda melaninlar), hayvon va oʻsimliklar rangini belgilaydi. Pigmentdan oziq-ovqat va farmatsevtika sanoatida foydalaniladi. 2) (kimyoda) — suvda, organik erituvchilarda, parda hosil qiluvchi mod-dalarda va boshqa boʻyaladigan muhitlarda erimaydigan (boʻyagichlardan farqli oʻlaroq) yuqori dispers kukunsimon boʻyovchi moddalar. Pigment materiallarni korroziyadan saqlaydigan plyonkalarning xossalarini yaxshilaydi. Organik pigment kimyoviy tuzilishi turlicha boʻlgan sintetik boʻyoq moddalar. Monova disazopigment mahsulotlari muhim ahamiyatga ega. Bular yashilsariq rangdan toʻq qizil ranggacha boʻladi. Ftalo-sianin pigmentning rangi och zangori, chidamligi bilan boshqa pigmentdan ajralib turadi. Sariq rangdan yashil ranggacha boʻlgan olovbardosh politsiklik P.ning ham ahamiyati katta. Anorganik pigment tarkibida koʻp miqdorda temir oksidlari, sintetik mahsulotlar, oz miqdorda sulfidlar, selenidlar, oksidlar va xromatlar boʻlgan tabiiy minerallar. Anorganik pigmentning rangi boʻgʻiq, organik pigmentga qaraganda kam tatimli, zichligi katta, yorugʻlikka chidamli. Pigment, asosan, lok-boʻyoq materiallar (mas, emallar, boʻyoqlar, jumladan, bosmaxona boʻyoqlari va badiiy boʻyoklar), shuningdek, plastmassalar, rezinalar, qurilish materiallari, silikat sirlar (faqat anorganik pigment), kosmetik preparatlar va boshqa tayyorlashda, sunʼiy va sintetik tolalarni boʻyashda, sunʼiy charm va gazlamalarga bosma rang berishda koʻplab ishlatiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES