Pilad (qadimgi yunoncha: Πυλάδης) — qadimgi yunon mifologiyasidagi qahramon[1]. Fokida shohi Strofiy[2] va Agamemnonning singlisi — Anaksibiyaning oʻgʻli.

Pilad

Orestning sevimli doʻsti[3]. Orest otasidan qasos olganida, Pilad Egisfga yordamga kelgan Navpliyning oʻgʻillarini oʻldirgan[4].

Kezishlardan qaytgach, u Orestning singlisi — Elektraga uylangan. Bu nikohdan Medont va Strofiy tugʻilgan.

Bir taxminga koʻra, u Delfiy Amfiktioniyani[5] oʻrnatgan.

Pilad — Esxilning „Hoeforalar“, Sofoklning „Elektra“ (soʻzsiz), Yevripid „Elektra“ (soʻzsiz), „Orest“ va „Tavriddagi İfigeniya“, Pakuviyaning „Xris“, Senekaning „Agamemnon“ (soʻzsiz) tragediyalarining bosh qahramoni.

Manbalar

tahrir
  1. Mifi narodov mira. M., 1991-92. V 2 t. T.2. S.312-313; Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka E VI 24.25.27-28
  2. Yevripid. Ifigeniya v Tavride 917
  3. Ovidiy. Lyubovnie elegii II 6, 15-16 dalee
  4. Pavsaniy. Opisanie Elladi I 22, 6
  5. Sxolii k Sofoklu. Traxinyanki 639 // Kulishova O. V. Delfiyskiy orakul v sisteme antichnix mejgosudarstvennix otnosheniy. SPb, 2001. S.171
  NODES