Ponsele Jan Viktor (1788.1.7, Mets — 1867.22.12, Parij) — fransuz ma-tematigi va muhandisi, Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1834). Parij universiteti professor (1838—48), politexnika maktabi di-rektori (1848—50). P.ning geom.ga oid "Figuralarning proyektiv xossalari haqidagi traktat" asari 1822-yil Parijda bosilib chiqqan. Asarda birinchi marta figuralarning proyektiv xossalari — figura bir tekislikdan ikkinchi tekislikka proyeksiyalanganda saqlanadigan xossalari alohida guruhlarga ajratilgan. Bu xossalarni oʻrganish uchun P. yaratgan uslublar, jumladan, ikkilik prinsipi geom.ning yangi sohasi — proyektiv geom. yaratilishiga olib keladi. P.ning mexanika va gidravlikaga oid ishlari maʼlum. U fanga mexanik ish birligi — kilogrammometrni kiritgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES