Porron
Porron (ispancha: Porrón, kat. Porró) — Kataloniya, Aragon va Valensiyada sharob ichish uchun moʻljallangan ispan shisha yoki sopol idishi. Porronning hajmi odatda 0,95 litrni tashkil qiladi[1].
Porron birozgina bukilgan kolbaga oʻxshaydi, yon tomonida uzun naycha mavjud, asosi keng va uchiga qarab torayib boradi. Undan sharob ichish vaqtida lablar naycha uchiga tegmaydi, balki idishdagi sharob oqimi toʻgʻridan-toʻgʻri ogʻizga yoʻnaltiriladi. Buning uchun bosh orqa tomonga tashlanadi va porron boshdan yuqoriga koʻtariladi, soʻngra sharob naydan ingichka oqim bilan tushishi uchun biroz egiladi. Jarayonning murakkab jihati shundaki, oqimni ogʻiz bilan mohirlik ila tutib olish va sharobni ogʻzini yopmasdan yutib yuborish kerak. Porron naychasining toza holatda qolishi sharob ichish zavqini dasturxon atrofidagi bir nechta odam bilan baham koʻrishga imkon beradi.
Tarixchilarning fikriga koʻra, porronning kelib chiqishi qadimgi vakxanaliyalardan boshlangan, ular ichimliklarni shoxqadahlar va ritonlardan ichishgan. Arxeologlar tomonidan topilgan riton namunalarining baʼzilari uchida teshiklar bor, bu qadimda ritonlar va shoxlardan ularning ikki tomonidan ichimlik ichish uchun foydalanilganini koʻrsatadi. 1938-yilda ushbu idish boʻyicha keng koʻlamli tadqiqotlar olib borgan va alohida asar nashr etgan kataloniyalik nufuzli etnolog Joan Amadesning soʻzlariga koʻra, porron xorijda 14-15-asrlar oxirida ixtiro qilingan. Unga shisha va shoxqadahning maʼlum jihatlari birlashgan va shu tariqa oʻsha davrdagi koʻplab sharob shinavandalarining orzulari roʻyobga chiqqan: ushbu idish sharobni toʻgʻridan-toʻgʻri ogʻizga quyish va nafas olishni istagan vaqtda uning toʻkilib ketishidan tashvishlanmaslik zavqini bergan. Ispaniyada meshga ham lablarni tekkizmasdan sharob ichishni yaxshi bilishadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ „Revista Murciana de Antropología“. 2018-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ Inventos españoles (20). El porrón
Havolalar
tahrir- Inventos ispañoles (20). El porron Arxivnaya kopiya (isp.) )
- Revista Murciana de Antropología (Wayback Machine saytida 2018-04-04 sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya (isp.) )
- Video darslik: porrondan qanday ichish kerak?(isp.) )