Poyezd — bir yoki bir necha vagon tirkalgan tarkib (sostav). Vagonlar bir-biriga maxsus tirkash moslamasi (avtoulagich) bilan ulanadi. Poyezd umumiy signalizatsiya tizimi bilan taʼminlanadi. Bitta yoki bir nechta tirkama ulangan avtomobil avtopoyezd deb ataladi. Poyezdning shoshilinch yoki navbatsiz (tiklash, oʻt oʻchirish, qor tozalash va boshqalar) va hokazo xillari bor. Poyezd, asosan, yirik stansiyalarida harakat grafigi va poyezd tuzish planiga muvofiq tuziladi. Foydalaniladigan tortish kuchiga va qabul qilish-joʻnatish yoʻllarining uzunligiga qarab, har bir poyezd kategoriyasi uchun sostavning ogʻirligi va uzunligi belgilanadi[1].

Yana qarang

tahrir
 
Poyezd

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Bibliografiya

tahrir

Havolalar

tahrir




  NODES
Done 1
see 1