Poytaxt — davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy markazi yoki maʼmuriy hududning bosh shahri hisoblanadi. Poytaxt odatda, markaziy hukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Aksar hollarda poytaxtda hokimiyatning bosh organlari va boshqarmalari, davlat boshligʻining qarorgohi, Oliy Sud va boshqa muhim muassasalar joylashgan boʻladi. Odatda, Poytaxt alohida boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi. Koʻpchilik federativ davlatlarda poytaxt federatsiyaning biron-bir subʼyekti tarkibiga kirmaydigan va federatsiyaning mustaqil subʼyekti hisoblanmaydigan maxsus federal okrug hududida joylashgan boʻladi. Koʻpchilik mamlakatlarda poytaxt qayerda boʻlishi konstitutsiya matnida toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatiladi. Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 6-moddasida "Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti — Toshkent shahri" deyilgan[1].

Ukrainaning poytaxti — Kiyev

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Done 1
see 1