Prujina (ruscha: Пружина) — qisilganda hosil boʻladigan elastik kuch hisobiga mexanik energiya hosil qiladigan va turtkilarni yumshatadigan detal. Taʼsir qiluvchi kuch turiga qarab, egiluvchan (Prujina oʻqiga perpendikulyar kuchlarni qabul qiluvchi, buraluvchi, choʻziluvchi, siqiluvchi va boshqalar), plastinkasimon, spiralsimon, vintsimon, tarelkasimon, halqasimon va boshqa xillarga boʻli-nadi. Prujina oʻramining kesim yuzi shakliga qarab, doyra, kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak, bir necha simlar oʻralgan xillari bor. Prujina, asosan, tarkibiga uglerod va marganets, kremniy, xrom qoʻshilgan poʻlat, plastmassa, latun, bronza va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Prujina soat mexanizmlarida, temir yoʻl buferlari, tirkash qurilmalari, amortizator va texnikaning boshqa sohalarida qoʻllanadi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES