Pshina (polyakcha: Pszczyna), Ples, Pless (nemischa: Pleß , Pless) — Polshaning Pshina povyati, Sileziya voevodaligi tarkibiga kiruvchi shahar. U shahar-qishloq gminasi maqomiga ega. Maydoni 21,86 km². Aholisi 25 823 kishi (2019-yil[2]).

Pshina

polyakcha: Pszczyna
shahar-qishloq gminasi
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
49°59′0″N 18°57′0″E / 49.98333°N 18.95000°E / 49.98333; 18.95000
Mamlakat Polsha
Voevodstva Silez voevodligi
Povyat Pshina povyati
Hukumat
 • Mer Dariush Skrobol
Maydon 2,186 km2 (844 kv mi)
Dengiz satxidan 262 m
Aholisi
 (2019-06-30[1])
25 823
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi 32
Pochta indeks(lar)i 43-200
Avtomobil kodi SPS
TERYT rasmiy kodi 2243310054
Pshina xaritada
Pshina
Pshina

Shahar 1921-yilgacha mavjud boʻlgan Sileziya knyazliklaridan biri boʻlgan Ples knyazligining (Pshchinski) markazi edi.

Shahar Pshinka (Pszczynka) daryosi boʻyida, Vislaning chap irmogʻi, tuprogʻi qumli boʻlgan tepalikli tekislikda joylashgan boʻlib, uning yaqinida Polshaning janubida joylashgan eng katta suv ombori — Gochalkovitske koʻli (Jezioro Goczałkowickie) joylashgan boʻlib, u shahar iqlimiga sezilarli darajada taʼsir koʻrsatdi,

Shaharda 1500 nafar kishidan iborat protestantlar jamoasi, 4 ta katolik va 3 ta protestant cherkovi mavjud.

Etimologiyasi

tahrir

Pshina nomining kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Ezikel Zivir (1868-1925) fikriga koʻra bu yer avval Rachiborj gertsogi Pleshkoga (yoki Leshko yoki ehtimol Leshek) tegishli deb taxmin qiladi. Polshalik olim Aleksandr Bryukner, oʻz navbatida, bu nomni qadimgi polyakcha «Plszczyna» soʻzining eski imlosiga asoslanib «pło» yoki «pleso» soʻzi koʻl degan maʼnosidan kelib chiqib, „Plszczyna“ — «koʻl boʻyidagi joy» maʼnosini anglatishini tushuntirdi. Yana bir variantda Vrotslav universiteti professori Yan Miodek shahar nomi hozirda „Pshinka“ deb nomlanuvhi shahar yaqinidagi daryo nomidan olgan. Shahar nomining eng qadimgi qayd etilgan versiyalari (Plisschyn, Plisczyna, Plyssczyna, Blissczyna, Blyssczyna, Plesna, Pssczyna) yuqoridagi soʻzlarning hech birini istisno qilmaydi.

Tarixi

tahrir
 
Pshina Osventsin knyazligi va Zator gersogligi xaritasida. Avraam Orteliusning xaritasi. 1603-yil.

Yozma manbalarda Pshina haqida birinchi eslatmalar 1303-yilga toʻgʻri keladi, ehtimol bu yerda odamlar jamoalari kamida bir asr oldin istiqomat qilishni boshlagan boʻlishi ham mumkin. Kiev Rusidan Moraviya darvozalarigacha boʻlgan savdo yoʻli aynan Pshina orqali oʻtgan.

1181-yildan 1327-yilgacha Piastlarning Opole-Ratibor yoʻnalishi hukmronligi ostida boʻlib, keyinchalik Bogemiya suvereniteti ostida Prjemislovichlarga qoʻliga oʻtadi.

1433-yilda gussitlar Temir Yan II qalʼasini qamal qilishdi, ammo qamal muvaffiqatsiz boʻldi.

1517-yilgacha shahar Piast knyazlariga, 1548-yildan 1765-yilgacha Promnits protestant oilasining hukmronligi ostida boʻldi. Oʻttiz yillik urush paytida shahar talon-toroj va vayron qilingan. 18-asrning oʻrtalaridan boshlab knyazlik bilan birgalikda shahar Prussiya tarkibiga kirib, Angalt-Kyotenskiylar oilasining mulkiga aylanadi, 1846-yili oilaning soʻnggi vakili Geynrix Anxalt-Kyotenskiy knyazlikni sotib yuboradi.

Birinchi jahon urushi davrida imperator Vilgelm II shtab-kvartirasi shu yerda joylashgan edi.

 
Pshchina, Rynek, 1922-yil iyun. Ikkinchi leytenant Stanislav Krzyżowski, Pshchina tumanidagi Polsha harbiy tashkilotining sobiq qo'mondoni, Pshchina yerlarining Polshaga qaytarilishi marosimida minbardan turib nutq soʻzlamoqda.

1921-yilgi Yuqori Sileziya plebistsitida shahar aholisining koʻpchiligi Germaniya tarkibiga qoʻshilish uchun ovoz bergan boʻlsa, Ples knyazligi aholisining 75% Polsha tarkibida qolish uchun ovoz beradi. 1922-yil 29-mayda shahar Polsha qoʻshinlari tomonidan egallab olindi va Ikkinchi Polsha Respublikasi tarkibiga kirdi.

 
Pshina jangida halok boʻlgan polshalik askarlar va 1939-yil sentabr oyida nemislar tomonidan oʻldirilgan polshalik skautlar va fuqaro himoyachilarining ommaviy qabri.

1939-yilda chegara jangi paytida shahar va uning atrofida Pshinani egallash uchun janglar boʻlib oʻtdi.

1945-yil yanvar oyida Osventsim mahbuslarning koʻpchiligi Pshina orqali oʻtuvchi "oʻlim marshi" paytida charchoqdan vafot etdilar yoki Pshina koʻchalarida oʻldirildi. Qurbon boʻlgan mahbuslar mahalliy Muqaddas Xoch brodarlik qabristonidagi ommaviy qabrga dafn qilindi. Ularning xotirasi uchun Osvensimga olib boruvchi koʻchaga "Osventsim shahidlari koʻchasi" deb nom berildi.

Iqlimi

tahrir

Pshina poviyati, huddi Sileziya voevodi kabi oʻzgaruvchan moʻʼtadil iqlim zonasida joylashgan, yaʼni uning hududida kontinental va okeanik havo massalari toʻqnashadi. Ulardan eng koʻp uchraydigani Atlantikadan kelgan massalar boʻlib, ular yil davomida haroratni pasayib ketishiga hamda uzoq va ayozli qish boʻlishiga sabab boʻladi (R. Dulias, A. Hibszer, 2004). Pshina mintaqasining iqlimini shakllanishining muhim elementi boʻlgan Sudet va Karpat oʻrtasidagi «Moraviya darvozasi» chuqurligining yaqinligidir. Bu janubdan issiq tropik havoning kirib kelishiga imkon beradi. Pshinada oʻrtacha yillik havo harorati 7-8 °C ni tashkil qiladi. Eng issiq oy iyul (15 °C), eng sovuq oy esa yanvardir (-1 °C).

Iqtisodiyot

tahrir

Shahar 18-asrda gazlamachilikning yirik markazi boʻlgan, gazlamachilardan tashqari shaharda trikotaj fabrikasi ham faoliyat yuritgan.[3] Qadim zamonlardan beri shahar yaqinida suv havzalarida baliq yetishtirish rivojlangan, asosiy yetishtiriladigan baliq — karp baligʻidir.[4] Pshinada mashinasozlik, oziq-ovqat, yogʻochni qayta ishlash sanoati korxonalari va bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari, 2 yoʻnalishlik temir yoʻl stansiyasi bor. Shahar yaqinida zubrlar pitomnikiga ega Pshina qoʻriqxonasi (rezervatsiya) mavjud[5].

Arxitektura

tahrir

Shahar markazida Sileziyaning eng goʻzal maydonlaridan biri boʻlgan «Bozor maydoni» joylashgan. Maydonda shahar ratusha binosi va neobarokko uslubidagi protestant cherkovi, shuningdek, 18–19-asrlardagi tosh uylar joylashgan. Markaziy qismning qurilishi oʻrta asr shaharlari uchun xosdir.

Shaharning diqqatga sazovor joylari:

  • Tahminan 13-asrda qurilgan Pshina qalʼasi, kõp marotaba rekonstruksiyalardan soʻng, barokko uslubi ushbu binoda ustunlik qiladi. 2009-yilda tuzilgan "Sileziya voevodeligining yetti me'moriy mo''jizasi" ro'yxatiga kiritilgan[6].
  • XIV asrga mansub „Barcha avliyolar cherkovi“ 18-asrda kech barokko uslubida qayta qurilgan[7].
  • Qalʼa bogʻi. 19-asrda ingliz manzara bogʻiga aylantirilgan. U 156 gektar maydonga ega Pshina bogʻining bir qismidir[8].
  • 19-asrda neogotik uslubda qurilgan knyazlik maʼmuriyati binosi. Birinchi jahon urushi davrida imperator Vilgelm II ning qarorgohi boʻlgan.[9] shu yerda joylashgan edi.
  • Bizon koʻrgazma joyi[10].

Demografiya

tahrir

2019-yil oxirida Pshinada 25 883 kishi yashagan[11]. Polsha Markaziy Statistika Boshqarmasining (GUS) maʼlumotlariga koʻra, shahar 1997-yilda eng koʻp aholiga ega boʻlgan, oʻsha paytda aholisi soni 34 827 kishini tashkil etgan[12].

2019-yil 31-dekabrdagi hisob-kitoblarga koʻra, Pshina shahrida ishsizlik darajasi 3,4% ni tashkil etdi[13].

Pshchina aholisining 2019-yildagi yosh piramidasi.  

«MKS Iskra Pshina» mahalliy futbol klubi boʻlib, quyi ligada ishtirok etadi.[14]

Pshina bogʻi

tahrir

Pshina bogʻi Yuqori Sileziyadagi eng goʻzal bogʻlardan biridir. Uning maydoni 156 gektarni tashkil qiladi. Park sunʼiy ravishda yaratilgan suv havzalari va kanallar orqali oqib oʻtadigan Pshchinka daryosi boʻyida joylashgan. 2005-yilda suv xoʻjaligi obʼektlarida taʼmirlash ishlari olib borilgan.

Bogʻning boshlanishi 16-asrda qalʼaning renesans davri rekonstruktsiyasi bilan bogʻliq. Oʻsha paytda qalʼa yaqinida sabzavot bogʻlari, bogʻning shimoli-gʻarbiy qismida esa bugʻu va qushlar joylashgan hayvonot bogʻi tashkil etilgan. Oʻsha paytda moda boʻlgan tovuslar saqlangan. Bu kech renesans davrining foydali va dekorativ bogʻi 18-asrning ikkinchi yarmida oʻzgartirildi. Hozirgi shakli, yaʼni ingliz tipi, 19-asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi.

Pshina bogʻi uch qismga boʻlingan.

Birodar shaharlar

tahrir

Pshina quyidagi shaharlar bilan birodarlashgan.

Shahar Davlat Yil
Goleshev   Chexiya
Bucha   Ukraina 1989
Valbjix   Polsha 2014
Bergish Gladbax   Olmoniya 1996
Kashtela   Xorvatiya 1997
Klein Rönnau   Olmoniya 1996

Manbalar

tahrir
  1. „Population. Size and structure and vital statistics in Poland by territorial division in 2019. As of 30th June“. stat.gov.pl. Statistics Poland (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  2. „Population. Size and structure and vital statistics in Poland by territorial division in 2019. As of 30th June“. stat.gov.pl. Statistics Poland (2019-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  3. Советское славяноведение, 1971. — Выпуски 2—6. — С. 62.
  4. Жозеф Барбаж. Экономическая география Польши. — 1951. — С. 91.
  5. Успехи современной биологии. — 1999. — Т. 119. — С. 145.
  6. „manba Pokaz“.
  7. Замок в Пщине
  8. „Qala bog'i“.
  9. „Kayzer shtabi“.
  10. „Zubr qoʻriqxonasi“.
  11. Andoza:Cytuj
  12. Andoza:Polska w liczbach
  13. Andoza:Polska w liczbach
  14. „MKS Iskra Pszczyna“ (pl). Qaraldi: 22-noyabr 2020-yil.

Havolalar

tahrir
  NODES