Pulsoksimetr (inglizcha: Pulse oximetry) — kapillyar qonning kislorod bilan toʻyinganligini invaziv boʻlmagan uslubda oʻlchaydigan tibbiy asbob.

Pulsoksimetrning zamonaviy versiyasi Takuo Aoyagi tomonidan 1974-yilda Yaponiyaning Nihon Kohden kompaniyasi uchun ishlab chiqilgan.[1]

Ishlash prinsipi

tahrir

Pulsoksimetr — bu kislorodli qon foizini koʻrsatadigan qulay noinvaziv oʻlchash moslamasidir. Aniqroq aytganda, u oksigemoglobindagi arterial gemoglobinning (qondagi kislorod tashuvchi oqsil) foiz miqdorini koʻrsatadi. Oʻpka kasalligi boʻlmagan bemorlar uchun odatda qabul qilinadigan diapazonlar 95-99 foizni tashkil qiladi.[2] Odatdagi pulsoksimetrda fotodiodga qaratib joylashtirilgan, impulslar yuboruvchi bir juft kichik yorugʻlik diodlari (LED) boʻlgan mikroprotsessordan foydalaniladi. Odatda, qurilma yuzaki qon aylanishi mavjud boʻlgan joyga, masalan, barmoq yoki quloq sohasida qoʻllanadi. Bir yoruglik diodining toʻlqin uzunligi 660 nm (qizil), ikkinchisi esa 940 nm (infraqizil) toʻlqin uzunligiga ega.[3][4]

Ushbu toʻlqin uzunliklarida yorugʻlikning yutilishi kislorodga toʻyingan hamda kislorodsiz qon uchun sezilarli darajada farq qiladi:

  • Oksidlangan gemoglobin koʻproq infraqizil nurlanishni oʻzlashtiradi va koʻproq qizil nurni uzatadi — 940 nm.
  • Kislorodsiz gemoglobin koʻproq qizil nurni oʻzlashtiradi va koʻproq infraqizil nurlanishni uzatadi — 660 nm.

Cheklovlar

tahrir
  • Pulsoksimetr gemoglobin qaysi molekula bilan bogʻlanganligini aniqlashga imkon bermaydi, shuning uchun uni is gazi bilan zaharlanishda ishlatmaslik kerak;[5]
  • Qurilmaning oʻlchov aniqligiga gipotoniya, past tana harorati, jismoniy faollik taʼsir qiladi;[6]
  • Qondagi metilen koʻki moddasi natijalarni buzib koʻrsatib, qiymatlarni pasaytirishi mumkin;[7]
  • Qora, koʻk va yashil tirnoq laklari qurilmaning toʻlqin uzunligiga taʼsir qiladi.[8]

Manbalar

tahrir
  1. „Takuo Aoyagi, Inventor of the Pulse Oximeter, Dies at Age 84“. spectrum.ieee.org. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  2. „Principles of pulse oximetry“. frca.co.uk. 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  3. „Принцип работы пульсоксиметра“. choicemmed.ru. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  4. „Principles of Pulse Oximetry Technology“. oximetry.org. 2015-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  5. „Pulse oximetry in severe carbon monoxide poisoning“. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  6. „The correct use of pulse oximetry in measuring oxygen status“. nursingtimes.net. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  7. „Пульсоксиметрия“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  8. „The effect of nail polish on pulse oximetry“. pubmed.ncbi.nlm.nih.gov. Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  NODES