Pyotr I (1672.30.5(9.6), Moskva – 1725.28.1(8.2), Peterburg) – rus podshosi (1682-yildan), Rossiyaning 1-imperatori (1721-yildan). Podsho Aleksey Mixaylovich (1629–76)ning kichik oʻgʻli. Rossiyaning davlat, harbiy va madaniyat arbobi, diplomat. Davlatni boshqarishda bir necha islohotlar oʻtkazgan (senat, kollegiyalar, oliy davlat nazorati va siyosiy qidiruv organlari tuzilgan; cherkov davlatga boʻysundirilgan; mamlakat gubernalarga boʻlingan; yangi poytaxt – Sankt-Peterburg qurilgan). Rossiyaning Gʻarbiy Yevropadagi ilgʻor davlatlardan ortda qolganligiga barham berish uchun sanoat va savdo sohasida merkantilizm siyosati oʻtkazgan (manufakturalar, metallurgiya, konchilik zavodlari, kemasozlik korxonalari, pristanlar, kanallar qurishga rahnamolik qilgan). 1695–96-yillarda Azov yurishlarida, 1700–21-yillarda Shimoliy urush va boshqalarda armiyani boshqargan, Noteburgni olishda (1702), Lesnaya daryosi (1708) va Poltava jangi (1709)da qoʻshinlarga qoʻmondon boʻlgan. Flot va muntazam armiya tuzishga rahbarlik qilgan. Mutlaq hokimiyat tizimining yirik mafkurachisi sifatida dvoryanlarning iqtisodiy ahvolini yaxshilash va siyosiy mavqeini mustahkamlashga yordam bergan. Pyotr I tashabbusi bilan bir qancha oʻquv yurtlari, Fanlar akademiyasi ochilgan, diniy-slavyan alifbosi oʻrniga grajdan alifbosi qabul qilingan va hokazoP.1 islohrtlari moddiy imkoniyatlar va odam kuchini qattiq ekspluatatsiya qilish, xalq ommasini ezish (jon soligʻi va boshqalar) hisobiga oʻtkazilganki, natijada, bunga qarshi qoʻzgʻolonlar (Streletslar, 1698; Astraxan, 1705–06; Bulavin, 1707–09 va boshqalar) boʻlib hukumat tomonidan ayovsiz bostirilgan[1].

Pyotr I
Tavalludi 30 may (9-iyun) 1672
Vafoti 28 yanvar (8-fevral) 1725
Fuqaroligi Rus qirolligi va Rossiya Imperiyasi
Otasi Aleksey mixaylovich
Onasi Natalya Naryshkina

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Note 1