Qaldiroq simob, simob1 fulminat, N$ (S1MO) — portlovchi modda, rangsiz yoki kulrang kristallar; zichligi 4,3 g/sm3. Mol. m. 284,74. Monokristallarning zichligi 4,42 g/sm3. Suvda oz(15,5°da massasiga koʻra 0,01%), etanol, piridin va monoetanolaminda yaxshiroq eriydi. Juda xavfli, sal turtki, ishqalanish, alanga, qizigan jism va boshqalar taʼsirida portlaydi. 179—180°da oʻz-oʻzidan alangalanib portlaydi. Namlanganda issiqqa va mexanik taʼsirlarga sezgirligi pasayganligi uchun suv qatlami ostida saqlanadi. Nam holda Qaldiroq simob alyuminiy bilan shiddatli, mis bilan asta-sekin reaksiyaga kirishadi. Shu sababli Qs.ning alyuminiy bilan tutashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Simob (P)nitratning nitrat kislotadagi eritmasiga etil spirt taʼsir ettirib olinadi. Portlovchi moddalarni initsirlovchi sifatida detonator kapsulalari va alangalanuvchi kapsulalarda ishlatiladi. Qaldiroq simobni ingliz kimyogari E.Xouard 1799-yilda kashf etgan.





  NODES