"Qora mushuk" (inglizcha: The Black Cat) Edgar Allan Poning eng mashhur dahshatli hikoyalaridan biridir. Birinchi marta 1843-yil 19-avgustda The Saturday Evening Post gazetasida chop etilgan.

Qora mushuk
Asosiy maʼlumotlar
Janr Hikoya
Muallif Edgar Allan Poe
Orginal tili Ingliz tili
Nashriyot 1843
Qora mushuk (hikoya)

Syujeti

tahrir

Hikoya kuchli spirtli ichimliklar taʼsirida oʻz xatti-harakatlarini nazorat qila olmaydigan, aqldan ozgan va gʻazabga duchor boʻlgan alkogolikning tomonidan hikoya qilinadi. Hikoyachining birinchi qurboni uning uy hayvoni qora mushuk Pluton. Mushugini boshqa uy hayvonlaridan koʻra koʻproq yaxshi koʻrsa ham, ichkilik taʼsirida gʻazab otiga minib Plutonning koʻz olmasini kesib tashlaydi.


Bir muncha vaqt keyin tavba qilish va mastlik oʻrtasida arosatda qoladi. Nihoyat mastlik va aqldan ozish ustun keladi, buning natijasida hikoyachi mushugini bogʻidagi daraxtga osadi. Oʻsha tunda uning uyi tushunarsiz tarzda yonib ketadi va yagona omon qolgan devorda esa osilgan mushukning siluetini topadi


Hikoyachi oʻzining shafqatsizligidan tavba qilishni boshlaganida, u tavernada Plutonga oʻxshagan qora mushukni uchratadi. Faqatgina farqi shundaki, uning koʻkragida oq dogʻi bor. Uni oʻz mushugiga oʻxshatib uyiga olib ketadi. Hikoyachi dastlab mushukga doʻstona munosabatda boʻladi, lekin bu uzoq davom etmaydi. Mushukning koʻzi bir xil emasligini birinchi kuni ertalab bilgandan soʻng, hikoyachi hayvonga jarohat bermaslik uchun undan uzoqlashishga harakat qiladi. Vaqt oʻtishi bilan hikoyachi mushukning koʻkragidagi dogʻning dor shaklini eslatishini payqadi. Mushuk unga tobora koʻproq bogʻlanib qoladi, lekin hikoyachi, aksincha, undan qochishga harakat qilardi.

Yertoʻlaga tashrif buyurganida, mushuk egasining oyogʻi ostiga oralashdi. U gʻazablanib, unga bolta koʻtaradi, lekin hikoyachining xotini uni toʻxtatadi. U jahl ustida, boltani xotining boshiga tushiradi. U jasadni yertoʻla devoriga orqasiga koʻmib qoʻyadi. Shundan soʻng mushuk gʻoyib boʻladi.

Bir necha kundan soʻng, politsiya xodimlari uyni koʻzdan kechirishadi, uning aybdorliligiga hech narsa dalolat bermadi. U oʻzidan mamnun boʻlib, devorlarning sifati bilan maqtanadi va politsiyachilar oldida xotini dafn etilgan devorni taqillatadi. Bunga javoban vahshiy qichqiriq eshitiladi. Politsiyachilar devorni buzishdi va uning orqasida xotinining jasadi, uning boshida esa miyovlayotgan mushukni topishdi …

Tahlil

tahrir

Hikoya Edgar Poning bir vaqtning oʻzida yozilgan " Ertak yurak " hikoyasi bilan koʻp oʻxshashliklarga ega. Bu hikoyachining aqldan ozganligini ham koʻrsatadi. Ammo „Ertak yurak“ qahramonidan farqli oʻlaroq, u oʻzining tiniq aqlini talab qiladi, bu hikoya qahramoni „uning hikoyasiga kimningdir ishonishini kutish aqldan ozish boʻlar edi“, deb tan oladi va baʼzida u oʻzining xotiralariga ishonmaydi[1].

Edgar Po oʻzining eng daxshatli hikoyalaridan birida spirtli ichimliklarning odamga dahshatli taʼsirini koʻrsatadi. Muallif alkogolning tafakkurini va giyohvandning oʻziga xos xususiyatini koʻrsatib, oʻzining tanazzuliga sabab boʻlgan aybni alkogolning halokatli taʼsiriga bogʻlaydi. Hikoyachining shaxsiyati buzilishi, uning hayvonlarni yaxshi koʻradiganidan tomoni vaxshiy va qotilga aylanishi – bularning barchasi oʻz tan olishicha, alkogolizmning oqibatlari – uning „kasalligi“ va „jini“[2].Biroq, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish qarori, ijtimoiy va axloqiy tubdan pastga tushib ketishi, hikoyaning asosiy xarakteriga bogʻliq. Romanni aniq tasvirlaydigan psixologik belgi deb hisoblash kerak — oʻzining axloqiy tubanligi uchun javobgarlikni butunlay olib tashlagan giyohvandning buzilgan tafakkuri. Qora mushuk yomonlik alomatni anglatadi, hikoyaning boshida hikoyachining xotini „ jodugarlar qora mushuklar qiyofasiga kirib olishgan“degan soʻzlarini eslaydi. Mushukning ismi „ Pluton“ (Yerosti dunyosi xudosi). Shu nuqtai nazardan, xarakterning oʻzini oʻzi boshqarish muammolaridan tashqari, „halokatli“ narsaga yetakalsh istagi yana kuzatiladi. Edgar Po hikoyasining dahshati: xarakterning asta-sekin tanazzulga uchrashi va sodir etilgan jinoyatda emas, balki uning yaxshilik va yomonlik haqidagi tasavvurlarini buzishda va kitobxonda uning „aybsizligi“ga asta-sekin ishontirishda. Hikoyaning oxiriga kelib, kitobxon jinoyatchi toifalarida oʻylay boshlaydi va xarakter qisman reabilitatsiya qilingan, alkogolga qaram boʻlgan kasal boʻlib qoladi. Shunday qilib, hikoyachining dahshatli darajada tanazzulga uchrashi va uning atrof-muhitining kuchsizligi namoyish etiladi.

Manbalar

tahrir
  1. Cleman, John. „Irresistible Impulses: Edgar Allan Poe and the Insanity Defense“ collected in Bloom’s BioCritiques: Edgar Allan Poe, Harold Bloom, ed. Philadelphia: Chelsea House Publishers, 2002. p. 73. ISBN 0-7910-6173-6
  2. Poeʼs Wine List Wayback/url=http://www.eapoe.org/pstudies/ps1970/p1972204.htm / date=20100920163212, „Poe Studies“ dan, Vol. V, no. 2. December 1972. p. 42.
  NODES