Qrim urushi, Sharqiy urush — Yaqin Sharqda hukmronlik qilish uchun Rossiya va Turkiya oʻrtasida boʻlgan urush (185356). 1854 yil fevralda Turkiya Rossiyaga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya, Sardiniya qirolligi (1855 yildan) bilan ittifoq tuzib urushgan. Asosiy voqealari: 1853-yil rus qoʻshinlari Moldaviya va Valaxiyaga kirib borgan va Kavkazda gʻalaba qozongan, Sinopda turk flotini yakson qilgan; 1854-yil ittifoqchilar Qrimga qoʻshin tushirgan, Boltiq dengizi qamal qilingan, 1854—55 yillarda Sevastopol mudofaasi uyushtirilgan; 1855-yil Rossiya diplomatik jihatdan yakkalab qoʻyilgan. Sevastopol taslim boʻlgan, amalda harbiy harakatlar toʻxtagan. Rossiyaning harbiy va iqtisodiy qoloqligi uning magʻlubiyatiga sabab boʻlgan. Qrim urushi 1856-yil Parij sulhi bilan yakunlangan.




  NODES
os 11