Qurollanish poygasi — qurolli kuchlar sohasida ustunlik uchun ikki yoki undan ortiq kuchlar (va koʻpincha — butun harbiy bloklar) oʻrtasidagi siyosiy qarama-qarshilik.

Bunday qarama-qarshilik paytida har bir tomon juda koʻp qurol-yarogʻlarni ishlab chiqaradi, dushman bilan tenglik oʻrnatishga yoki undan oʻtib ketishga harakat qiladi.

2020-yilda dunyo harbiy byudjeti boʻyicha 7 ta lider davlatlar.
Asosiy manba SIPRI 2021[1]

Drednout poygasi

tahrir
 
1909-yilning Puck (shayba) multfilmida dengiz hukumronligi poygasida qatnashayotgan davlatlar (soat millari boʻylab) AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiyani "cheksiz" o'yinini oʻynashayotgani aks etgan.

Drednout poygasi — Birinchi jahon urushidan oldingi davrda, etakchi dengiz kuchlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh va Yaponiya) hamda Rossiya imperiyasi, Avstriya-Vengriya imperiyasi, Usmonli imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Braziliya, Argentina, Chili kabi davlatlar dengiz qurollarini faol ravishda ishlab chiqardilar.

Yadro raketalari poygasi

tahrir

Sovuq urush davridagi Sovet Ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi qarama-qarshilikning bir qismi sifatida yadroviy raketa poygasi misol boʻladi. Bir mahallar amerikalik astronom Karl Sagan SSSR va AQShni tizzagacha benzinda turgan ikkita odam, biri uchta gugurt bilan, ikkinchisi esa beshta gugurt bilan turgani kabi solishtirgan. Asosan, bu davlatlar oʻrtasidagi poyga yadro qurollarining eng ilgʻor turlarini ishlab chiqish va ularni imkon qadar koʻproq ishlab chiqarishdan iborat edi. Bunday siyosatning oqibatlaridan biri haddan tashqari harbiy xarajatlar, ilgʻor texnologiyalarning asosan mudofaa sanoatida kontsentratsiyasi va gipertrofiyalangan harbiy-sanoat majmuasi edi.

Sovet rahbariyati 1970-yillarda R-36 raketalarini keng miqyosda joylashtirish orqali ilk yadroviy raketa zarbasi boʻyicha ustunliklariga erishdi.

Yadro raketa poygasi SSSR va AQSh oʻrtasidagi urushga olib kelishi mumkin boʻlsa-da, bu fan va yangi texnologiyalar, birinchi navbatda kompyuter va aerokosmik rivojlanishi uchun ulkan turtki boʻldi (qarang. Kosmik poyga).

Qurollanish poygasi va uning oqibatlari haqida turlicha qarashlar

tahrir
  • Umumiy maʼnoda „qurollanish poygasi“ atamasi katta harbiy kuchga ega boʻlish uchun mohiyatan maʼnosiz har qanday qarama-qarshilikka nisbatan qoʻllanadi.
  • 2004-yilda mudofaa va qurol-yarogʻga sarflangan mablagʻlarning umumiy miqdori insoniyat tarixida birinchi marta 1 trilliondan AQSH dollaridan oshdi.
  • 2020-yilga pandemiyaninig ogʻir asoratlariga qaramay butun dunyo mamlakatlarining harbiy sarf-xarajatlari rekord darajada oshib, 1.981 trillion AQSh dollarini tashkil qildi[2].

Boshqa maʼnolar

tahrir

"Qurollanish poygasi" sportning texnik turlari boʻyicha jamoalarning kurashi deb ham ataladi, bunda ustunlik yanada rivojlangan texnikani qurgan jamoa tomonidan qoʻlga kiritiladi[3][4].

Yana qarang

tahrir
  • Janubiy Amerika Drednout Poygasi
  • Sovuq urush
  • SDI (Yulduzli urushlar dasturi)
  • Sunʼiy intellektda qurollanish poygasi
  • Harbiy xarajatlar boʻyicha mamlakatlar roʻyxati

Manbalar

tahrir
  1. Sam Perlo-Freeman, Aude Fleurant, Pieter D. Wezeman, Siemon T. Wezeman. „Trends in world military expenditure, 2014“ (en) (deadlink). SIPRI Fact Sheet. SIPRI (2015-yil aprel). 2016-yil 27-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 13-aprel. (Wayback Machine saytida 2016-01-27 sanasida arxivlangan)
  2. https://zvezdaweekly-ru.turbopages.org/zvezdaweekly.ru/s/news/20214291510-prsGY.html
  3. Александр Моисеенко. „«Ред Булл» выигрывает гонку вооружений, а вместе с ней и все остальное»“. Sports.ru (26 октября 2012).
  4. Владимир Мельников. „Особенности Национального: Мельников снова гонит“. Авторевю, №18, 2019 (2019-yil 1-sentyabr).
  NODES
mac 1
os 19