Raqamli qalʼa (inglizcha: Digital Fortress) — amerikalik yozuvchi Dan Brownning romani. Asar milliy xavfsizlik agentligi va Amerika Qoʻshma Shtatlarining eng yaxshi kriptografi Syuzan Fletcherning nomaʼlum xavfli shaxsga qarshi turishi haqida. Bunda AQSHning barcha maxfiy maʼlumotlari xavf ostida qolgan boʻladi.

Raqamli qalʼa
Asl nomi inglizcha: Digital Fortress
Muallif(lar) Den Braun
Muharrir(lar) M. A. Nurmuhamedova
E. E. Asanov
Tarjimon(lar) Orifa Gʻulomova
Til inglizcha
Janr(lar)i roman, detektiv
Nashr etilgan sanasi 1998-yil
Nashriyot «Nihol»
ISBN ISBN 978-9943-23-148-1

Elektron maʼlumotlarni himoyalash uchun dekodlanmaydigan shifr yaratgan sobiq milliy xavfsizlik agentligi (MXA) xodimi oʻldirib ketiladi. MXAning super kompyuteri Transxabar "raqamli qalʼa" dasturi bilan yaratilgan shifrlangan bu kodni ocha olmaydi. Aslida esa "raqamli qalʼa" dasturi mavjud boʻlmaydi, shifr esa yashirin xabar emas, transxabarni buzadigan virus boʻlib chiqadi. Bu virusni oʻzining ishdan boʻshatilishi, ona yurti (Yaponiya)ning Amerika tomonidan atom bombalari bilan 1945-yilda bombardimon qilinishi va odamlarni yoppasiga kuzatish rejimini barbod qilish maqsadida MXA sobiq xodimi Enzay Tankado yaratgan edi. Roman oxirida xodimlar virusni xavfsizlantirishadi. Transxabarning borligi sir saqlanib qolinsada, oʻzi yoʻq qilinadi.

Qahramonlari

tahrir

Syuzan Fletcher — bosh qahramon, MXA bosh kriptografi

Devid Bekker — Zamonaviy tillar boʻyicha professor, Syuzanning qayligʻi

Enzay Tankado — Raqamli qalʼa dasturi yaratuvchisi, MXA sobiq xodimi

Komandor Trever Stratmor — MXA operatsiyalar boʻlimi direktori

Liland Fonteyn — MXA direktori

Jabba — MXA xavfsizlik tizimi direktor oʻrinbosari

Soshi Kuta — Jabbaning bosh texnigi va assistenti

Fil Chartrukian — MXA texnigi

Greg Heyl — MXA kriptografi

Halohot — Stratmor tomonidan kodni olish uchun yollangan qotil

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir


  NODES