Red Bull- quvvatlovchi ichimliklar ishlab chiqaruvchi Avstriya kompaniyasi. Avtosport, velosiped, snoubording, motosport va boshga sport turlari boʻyicha sport konkurslarini tashkil etish va homiylik qilish bilan tanilgan kompaniya.

Red Bull GmbH
Turi Hususiy kompaniya
Xizmatlari Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish
Shiori Red Bull - Gives You Wings - No Red Bull, No Wings
Qachon asos solingan 1987
Joylashuvi , Fushl am Zee
Asoschi(lari) Ditrih Mateshis va Chaleo Yoovidhya
Mahsulot(lar)i Energy Drink
Daromadi € 2.6 miliard (2006)
Ishchilar soni 3,9 ming kishi (2006)
Vebsayti redbull.com

Kompaniya tarixi

tahrir

1982-yil Ditrih Mateshesning Sharqiy Osiyoga amalga oshirayotgan sayohatida oʻsha erda keng tarqalgan quvvatlovchi ichimlik bilan qiziqib qoladi. U Tailand dagi Krating Daeng (Tiland tilidan tarjima qilganda "Qizil ho`kiz") markasiga lisenziyani va Taisho Pharmaceuticals (Yaponiya) firmasi reseptini ishlatish huququni qoʻlga kiritgan. 1984-yil Mateshis Red Bull GmbH ga asos soladi, u Fushl am Zee, Avstriyada joylashgan. Resept va marketing dasturlarini rivojlantirish tufayli ushbu ichimlik 1987-yil bozorga chiqadi. Hozirgi kunda Red Bull dunyoning 100 ga yaqin davlatlarida tarqalgan va raqobat kompaniyalarning koʻpligiga qaramay dunyo bozorining 70% (2003-yildagi holat) qismini egallagan va shu bilan birga ohirgi yillardagi eng omadli yangi mahsulotlardan biri hisoblanadi. Hozir Red Bull markasi narhi 7,96 mlrd. evroni tashkil etadi (2005-yil iyul) va oʻtgan yilga nisbatan 21,6%ga oshgan. Kompaniya aylanma mablagʻi 2002-yilda - 626 mln. evroni, 2004-yilda - 1,668 mlrd. evroni va 2006-yilda esa 2,6 mlrd. evroni tashkil etgan. 2004-yilda dunyoda tahminan 1,9 mlrd. banka Red Bull isteʼmol qilingan (har sekundda tahminan 60 ta dona). 2006-yil da ushbu raqam 3 martaga koʻpaydi.

Kompaniya marketinggi

tahrir

Formula-1 dagi Red Bull Racing va Scuderia Toro Rosso komandalar, «Red Bull Nyu-York» va «Red Bull Zalsburg» futbol klublari egasi. Red Bull Air Race World Series aerobatika chempionati tashkilotchisi.

Asoschisi

tahrir

2022-yil 22-oktabr kuni kompaniya asoschisi Ditrix Mateshis78 yoshida vafot etdi. 1984-yilda 40 yoshlik Mateshis „Blendax“ kompaniyasida (tish pastasi ishlab chiqaruvchi) top-menenjer lavozimidan boʻshab, Tailandga ketadi. 500 ming $ tikkan holda oʻz kompaniyasiga asos soladi. Forbes uning boyligini 20,2 mlrd. $ ga baholagan[1]

Manbalar

tahrir
  1.   RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida

Havolalar

tahrir
  NODES
Done 1