Rizo abbosiy, Rizoyi Abbosiy (1575, Kashan1635) — musavvir; Isfahon miniatyura maktabining yiriknamoyandasi. R. A. maishiy sahnalar va alohida varaqlarda portretlar yaratgan. R.A.ning ijodiy taraqqiyoti (Muhammadiy anʼanalariga asoslangan) koʻtarinki ruhdagi hayotbaxsh kompozitsiyalardan varaklarda ichki qudratga toʻliq tasvirlar yaratishga oʻtishi bilan kuzatiladi ("Moʻyna telpak kiygan qiz", "Sevishganlar", "Oʻsmir va qoʻy" va boshqalar). Asarlari Tehrondagi Guliston saroyida, Rossiya milliy kutubxonasida, Kembrijdagi Fitsuilm muzeyi va xususiy toʻplamlarda saqlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 14