Robert Aumann (1930, Germaniya) – isroillik iqtisodchi (1938-yil Amerikaga koʻchib oʻtgan, 1956-yildan Quddusda. AQSH va Isroil fuqaroligiga ega). Massachusets texnologik institutida doktorlik ilmiy darajasini olgan. Quddus yahudiy universiteti profes-sori. 20-asr nish 90-yillari boshidan Isroil matematiklar ittifoqi prezidenti. Yahudiy matematiklar jamiyati jurnali muharriri. "Talmuddagi oʻyinlar nazariyasi" asari mashhur. Ilmiy ishlari oʻyinlar nazariyasi asosida ijtimoiy muammolar, jumladan toʻqnashuvlar va hamkorlik masalalariga bagʻishlangan, narxlar va savdo urushlari kabi iqtisodiy ixtiloflarning kelib chiqishi tabiati ochib berilgan. Nobel mukofoti laureati (2005; Thomas Schelling bilan birga)[1].

Robert John Aumann (2008)

Manbalar

tahrir



  NODES