Rotterdam (niderlandcha: Rotterdam — Rott daryosiga qurilgan koʻprik) — Niderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar, Reyn daryosi deltasining shim.da. Kanal orkali Shimoliy dengiz bilan bogʻlangan. Aholisi 595 ming kishi, shahar atrofi bilan 1,07 mln. kishi (2000). Gʻarbiy Yevropaning eng yirik porti. Transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning muhim savdo-sanoat markazi. Sanoati chetdan keltiriladigan xom ashyoga asosan ishlaydi. GFRva Belgiyaning yirik korxonalariga rotterdam dan neft quvurlari oʻtgan. Yirik neftni qayta ishlash va neft kimyosi korxonalari ishlab turibdi. Turli mashinasozlik (kemasozlik va avtomobilsozlik, elektrotexnika va boshqalar), kimyo, yengil, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten kurilgan. Universitet, Sanʼat akademiyasi, kemasozlik va navigatsiya instituti, tarix, dengiz va etnologiya muzeylari bor. Shahar 13-asrdan maʼlum. Meʼmoriy yodgorliklardan gotika cherkovi (15-asr) va boshqa cherkovlar, tegirmonlar (17—18-asrlar) saqlangan. Rotterdamda milliy va xalqaro savdo operatsiyalari bajariladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES