Ruben (Yoqubning oʻgʻli)

Bibliyada Yoqub va Leaxning tongʻich oʻgʻli

Ruben (ivritcha: רְאוּבֵן, Standard Rəʾūven, Tiberian Rŭʾūḇēn)[2] Yoqubning ayoli Leaxning olti oʻgʻlining tongʻichi boʻlgan. Ibtido kitobiga koʻra u (Yoqubning katta oʻgʻli) Isroilning Ruben qabilasi asoschisi hisoblanadi.

Ruben ivritcha: רְאוּבֵן
Tavalludi mil. avv. 1669
Vafoti mil. avv. 1445
Bolalari
  • Xanoʻx (oʻgʻli)
  • Palluv (oʻgʻli)
  • Xazron (oʻgʻli)
  • Karmi (oʻgʻli)[1]
Otasi Yoqub
Onasi Leax

Bibliyadagi manbalarda

tahrir

Ibtido kitobida Ruben haqida qisqacha maʼlumot yozilgan. U otasining kanizagi va oʻzining oʻgay onasi Bilxa bilan jinsiy aloqada boʻlgani haqida soʻz boradi[3]. Oʻlim toʻshagida yotgan Yoqub Rubenga „Bundan keyin aslo ustun boʻlmaysan. Otangning yotogʻiga sen kirding, Toʻshagimga chiqib uni bulgʻading“, – degan. Rubenning bu xatti-harakati Yoqubni gʻazablantirgan edi[4].

Rubenning oilasi

tahrir

Ibtido 46:9 ga koʻra, Rubenning toʻrtta oʻgʻli boʻlgan: Xanoʻx, Palluv, Xazron va Karmi. Yoshua 15:6 ga koʻra, Ruben oʻgʻli Boxanning toshi Yahudo qabilasiga ajratilgan yerning chegarasi boʻylab nuqtani belgilab qoʻygan.

Manbalar

tahrir
  1. Genesis 46:9
  2. Khan, Geoffrey. The Tiberian Pronunciation Tradition of Biblical Hebrew, Volume 1.. Open Book Publishers, 2020. ISBN 1783746769. 
  3. Genesis 35:22
  4. Genesis 49:4
  NODES
os 8