Salitsil kislota, o oksibenzoy kislota, o karboksifenol, C₇H₆O₃ — oddiy aromatik oksikislota, rangsiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyuqlanish temperaturasi 159°, qaynash temperaturasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) bilan qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi. Anilin bilan reaksiyaga kirishganda salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega boʻlgani uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab ishlatiladi. Analitik kimyoda ham qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil, izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim ahamiyatga ega.

Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2— 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va sirka kislotaning murakkab efiri — aspirin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  NODES