Satrap
Satrap (yun. satrapes, qad. fors, xshatrapavan — viloyat xazinachisi) — qadimgi va ilk oʻrta asrda Erondagi (viloyat) satrapiya boshligʻi. Forslardan tayinlangan. Satrapiyadagi barcha rasmiymaʼmuriy ishlarni boshqarsan, soliqlarni oʻz vaqtida yigʻib, podshoh xazinasiga topshirish, aholini turli qurilish ishlariga majburan jalb etishni taʼminlagan. S. satrapiyaning oliy sudyasi vazifasini ham oʻtagan. U kumush va mis tanga, chaqa pullar zarb etish huquqiga ega boʻlgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |