Scorpion – Midway Games va NetherRealm Studios tomonidan yaratilgan Mortal Kombat jangovar oʻyin franshizasining xayoliy qahramoni. Oʻlmagan ninza, u asosan oʻzi, oilasi va qarindoshlarining oʻlimi uchun qasos olishga intilishi bilan tavsiflanadi. Uning asosiy quroli Kunai nayzasi boʻlib, u raqiblarini tutib olish uchun foydalanadi.

Scorpion
Mortal Kombat obrazi
Ilk bora koʻringan Mortal Kombat (1992)
Muallif(lar) Ed Boon
John Tobias
Dizayner(lar)
Jonlantirgan(lar)
Ovoz bergan(lar)
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ismi Hanzo Hasashi (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11)
Kuai Liang (Mortal Kombat 1)
Aslahalari Kunai
Oilasi Harumi Hasashi (xotini, vafot etgan) (Mortal Kombat-Mortal Kombat11)
Satoshi Hasashi (oʻgʻli, vafot etgan) (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11)
Bi-Han (ukasi) (Mortal Kombat 1)
Tomas Vrbada (oʻgay ukasi) (Mortal Kombat 1)
Kelib chiqishi  Japan (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11)
 China (Mortal Kombat 1)
Millati Yapon (Mortal Kombat-Mortal Kombat 11)
Xitoylik (Mortal Kombat 1)

1992-yilgi ilk oʻyinda debyut qilgan Scorpion Mortal Kombat 3 (1995-yil) dan tashqari har bir oʻyinda asosiy personajlardan qatorida chiqdi. Mortal Kombat seriyasining aksariyat qismi uchun qahramonning tarixi uni raqib Lin Kuei qabilasi Bi-Han tomonidan oʻldirilgan xayoliy Shirai Ryu qabilasidan boʻlgan jangchi Hanzo Hasashi (yaponcha: 波佐志 半蔵) sifatida koʻrsatadi. Keyingi oʻyinlarda esa uning oilasi va qarindoshlar sehrgar Quan Chi tomonidan oʻldirilgan va u Scorpionning qasos olish uchun asosiy maqsadiga aylanadi. Koʻpgina oʻyinlarda neytral personaj sifatida tasvirlangan Scorpion, odatda, shaxsiy missiyalarini bajarish uchun franshizaning asosiy toʻqnashuvlaridan voz kechadi, bu esa baʼzida uning maqsadiga yetishga yordam beradi. Franshizaning qayta ishlangan Mortal Kombat 1gacha, Scorpion franshizaning asosiy qahramoni Sub-Zero boʻlgan Lin Kuei jangchisi Kuai Liangning (xitoycha: 奎良) ham raqibi, ham ittifoqchisi hisoblanadi. Bu soʻnggi Mortal Kombat 1 oʻyinida oʻzgartiriladi, bunda Hanzo Hasashi Kuai Liang jangchisi boʻlsa-da, uning oʻrniga franshizaning oxirida Scorpioniga aylanadi.

Scorpion oʻzining debyutidan beri tanqidchilarning eʼtbioriga tushdi va tez-tez oʻyinlardan tashqari animatsion filmlarda ham paydo boʻla boshladi. U Mortal Kombatning eng mashhur jangchisi hisoblanadi va serial yaratuvchisi Ed Boon oʻzining sevimli qahramoni sifatida Scorpionni aytib oʻtgan.

Personaj dizayni

tahrir

Scorpion birinchi Mortal Kombatda Sub-Zero va Reptile bilan birgalikda dizayni oʻzgartirlgan uchta ninza qahramonlaridan biridir. Uning dastlabki kelib chiqishi serialning bosh qahramon dizayneri Jon Tobias tomonidan 2011-yil sentabr oyida Twitter-ga bir necha eski oʻyin chiqarilishidan oldingi personajlar eskizlari va eslatmalarini joylashtirganidan bilish mumkin. Scorpion va Sub-Zero oddiygina „ikkita ninza – ovchi va oʻlja“ deb taʼriflangan boʻlsa, Tobias ham ulardan biri oʻz qabilasida qochib ketishi yoki oʻsha paytdagi „qasos hikoyasi“ ssenariylarini koʻrib chiqdi[1]. Hammuallif va dasturchi Ed Boon shunday deb eslaydi: „Uning iqtisodiga koʻp eʼtibor qaratildi va shuning uchun biz bilar edikki, agar biz personajni rangini palitrasini oʻzgartira olsak va asosan bir xil rangdan foydalansak, biz juda koʻp pul tejagan boʻlardik.“

Scorpion-ga sariq rang palitrasi berildi, chunki ishlab chiquvchilar bu Sub-Zero koʻk muz rangidan farqli oʻlaroq, olovni ramziy qilishdi. Ularning tashqi koʻrinishi oʻxshash, ammo qarama-qarshi tabiati „bu qarama-qarshi ninza-qabilalar qarama-qarshiligi hikoyaga turtki berdi“[2]. Scorpionning nayzasini (Sub-Zero ning muzlatish bilan birga) hujumkor arsenalining bir qismi sifatida ishlatgan. Sub-Zero Boon tomonidan „Scorpionning sovuqroq versiyasi“ sifatida ishlab chiqilgan[3]. Original kostyum Chikagodagi liboslar doʻkonidan sotib olingan[4] va ninzaga oʻxshash kiyim yaratilgan va birinchi oʻyinda suratga olish uchun qizil rangda edi, lekin Mortal Kombat 2 uchun sariq rang ishlatilgan[5]. Bu oʻz navbatida undagi boshqa ninza qahramonlari – Sub-Zero, Reptile va qobilyatga ega qahramonlar Smoke va Noob Saibot – Scorpion rangini almashtirdi. Scorpion va ninza obrazlarini birinchi marta Daniel Pesina ijro etgan, uning oʻrniga Ultimate Mortal Kombat 3 va 1996-yilgi Mortal Kombat Trilogy filmiga esa Jon Turk kelgan, Sal Divita esa Mortal Kombat: Mythologies filmidagi personajni oʻynagan.

 
Mortal Kombat hammuallifi Ed Boon Scorpion-ni bir nechta oʻyin va media konferensiyalarda uni oʻzining sevimli qahramoni deb taʼkidlagan

Scorpioning ilk oʻyinlaridagi ninza-kiyim shablonlari vaqt oʻtishi bilan nisbatan oʻzgarmagan boʻlsa-da, Mortal Kombat 4 dan keyingi 3D premyeralarda takomillashtirilgan grafikasi koʻproq ninza qahramonlarini yaxshiroq farqlash imkonini berdi va Scorpionning kostyumlari ham anchagina takomillashdi. Uning orqasiga bogʻlangan ikkita katana qilichi va „Deadly Alliance“ filmidagi kamariga bogʻlangan nayzasi[6] va „Deception“ filmida yelkasidagi nayzasimon bezaklar toʻplami kabi buyumlar bilan takomillashtirildi, bunda uning muqobil kostyumi oʻzgacha boʻlgan.

 
Hiroyuki Sanada 2021-yil suratga olingan Mortal Kombat filmida Scorpion rolida oʻynagan

2D Mortal Kombat posteri Scorpionning Mortal Kombat (2011-yil) filmidagi kostyumidan ilhomlanib ishlangan[7] Scorpion Sub-Zero, Reptile va Ermac bilan 2011-yilda birinchi Mortal Kombat klassik liboslari toʻplamiga kiritilgan[8]. Scorpionning yangi kostyumi „Injustice: Gods Among Us“ uchun komik rassom Jim Li tomonidan ishlab chiqilgan[9]. Asl Mortal Kombat animatsion filmida Scorpionning oddiy inson koʻzlari bor edi, chunki uning tiriltirilganligi sir boʻlib qolishi kerak edi, ammo Moratal Kombat 2 dan boshlab har bir nashrida unga sariq yoki oq koʻzlarda tasvirlanadigan boʻldi[10]. Filmlar va Mortal Kombat: Legacy seriallari kabi real odamlar qatnashgan filmlarda Scorpionni tasvirlaydigan aktyorlar bu effektga erishish uchun shaffof boʻlmagan kontakt linzalarini taqishgan.

Filmlardagi ishtiroki

tahrir

Hiroyuki Sanada „Mortal Kombat“ (2021-yil) filmida „Scorpion“ rolini oʻynaydi[11]. Xotini, toʻngʻich bolasi va qabilasi Lin Kuei va ularning rahbari Bi-Han tomonidan oʻldirilgan Hanzo Hasashi qasos olishga intiladi. Qasos olish uchun qasam ichib, bir qator Lin Kuei qotillarini oʻldirgandan soʻng, u Bi-Han tomonidan oʻldiriladi. Netherrealmga surgun qilingan qasoskor Hasashi asrlar oʻtib, Bi-Han bilan jang qilish uchun Scorpion sifatida qaytib keladi, hozir Sub-Zero sifatida, Hasashining omon qolgan bolasining avlodi Cole Youngning oʻldirishga intilayotib Scoripion yaʼni Hanzp Hasashiga yana duch keladi. Sanada film ishlab chiqilgunga qadar Mortal Kombat franshizasi bilan tanish emas edi, lekin u „aktyor uchun juda ajoyib rol: oilali odamdan jangovar mashinaga aylandi“ deb personajga taʼrif bergan[12].

Manbalar

tahrir
  NODES
twitter 1