Sekkim — Hindiston tarkibidagi shtat. Sharqiy Himolay togʻlarida. Nepal, Butan va Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 7,3 ming km². Aholisi 576 ming kishi (2001), asosan, bxotiya, lepcha, nepali, ingliz tilida soʻzlashadi. Lepcha va bxotiyalar (30,8%) buddizm (lamaizm) diniga, kalgan xalqlarning koʻpchiligi (66,7%) induizm diniga eʼtiqod qiladi. Maʼmuriy markazi — Gangtok sh.

S. hududi Katta Himolay togʻlarining jan. yon bagrida, 1500 m dan balandda joylashgan. Eng baland joyi 8585 m. Chukur dare vodiysi koʻp. Eng yirik daryosi — Tista. Iqlimi subekvatorial, sernam, togʻ iqlimi. Yillik yogʻin 3000–4000 mm, shimolida 500 mm gacha. Gangktokda yanvarning oʻrtacha temperaturasi G, iyulniki 19°.Balandlik mintaqalari yaqqol koʻzga tashlanadi. 4000 m balandlikkacha barg toʻkuvchi va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqorisi alp oʻtloqlari.

16-asroxiridan S. hududiga tibetliklar kirib kelgan. 18-asr oxirigacha S. Tibetga tobe boʻlgan. 19-asr 2-yarmidan 1946-yilgacha Angliya mustamlakasi. 1949-yildan Hindiston protektorati. 1950-yilda Sekkim—Hindiston shartnomasiga muvofiq, Hindiston hukumati S.ning mudofaasi va hudud butunligini taʼminlashni oʻz zimmasiga oldi. 1973-yildan barcha maʼmuriy faoliyatlar Hindiston hukumati ixtiyoriga berildi. 1974-yil aprelda 1umumiy saylov oʻtkazildi. 3 iyulda konstitutsiya qabul qilindi. 1974-yil sentabrda S.ga Hindistonning uyushgan shtati maqomi berildi. 1975-yil maydan S. — Hindistonning 22shtati.

S. — agrar shtat. Aholi dehqonchilik, chorvachilik va qisman yogʻoch tayyorlash bilan shugʻullanadi. Togʻ oraligʻidagi vodiylar va dare qayirlarida sholi, makkajoʻxori, batat, soya, ziravorlar ekiladi. Bogʻdorchilikda apelsin, olma, ananas, banan oʻstiriladi. Choy plantatsiyalari bor. S. jahon bozoriga kardamon yetkazib berish boʻyicha 1-oʻrinni egallaydi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy boqiladi. Hunarmandchilikda uyroʻzgʻor buyumlari, qogʻoz tayyorlanadi, gilam toʻqiladi. Yogʻoch oʻymakorligi rivojlangan, kumush buyumlar yasaladi. Foydali qazilmalardan qoʻrgʻoshin, rux, mis rudalar kezib olinadi. Rangpodagi ktda polimetall rudalar qayta ishlanadi. Qimmatbaho toshlarga ishlov beruvchi, oziq-ovqat korxonalari mavjud. Davlat kustar sanoat institutida anʼanaviy sanoat tarmoklarini rivojlantirish sohasida tadqiqotlar olib boriladi. GESlar qurilgan. Turizm rivojlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  NODES
os 13