Sergey Prokudin Gorskiy (ruscha: Серге́й Миха́йлович Проку́дин-Го́рский) — fotografiya sanʼatining mashhur namoyandalaridan biri. Prokudin Gorskiy 1863-yil 30-avgustda Rossiya imperiyasining Vladimir viloyatida tugʻilgan. Yoshligida u kimyo yoʻnalishida oʻqishni boshlagan va fotografiya sanʼati bilan ham shugʻullangan. Prokudin Gorskiy Sankt-Peterburg, Berlin va Parij kabi shaharlarda mashhur olimlar bilan hamkorlikda ishlagan va rangli fotosuratning dastlabki texnik xususiyatlarini ochib bergan[2].

Sergey Prokudin Gorskiy
Серге́й Миха́йлович Проку́дин-Го́рский {{Country data {{{1}}}

| flaglink/core | variant = | size = | name = | altlink = milliy regbi ittifoqi jamoasi

| altvar = regbi ittifoqi}}
Tavalludi 18 (30) avgust 1863
Vafoti 27-sentyabr 1944[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va Fransiya

Hayoti

tahrir

Produkin Gorskiy 1863-yil 30-avgustda Rossiya imperiyasining Vladimir viloyatida zodagon oilasida tug‘ilgan. Oila aʼzolari va Gorskilar avlodi imperiyaning harbiy ishlariga jalb qilib kelingan[3]. Yoshligida Gorskiy oʻqish uchun Peterburgga boradi. Bu yerda u Sankt-Peterburg davlat texnologiya universitetida kimyo boʻyicha oʻqishni boshlaydi. Uning oʻqituvchilari orasida kimyoviy elementlarning davriy tizimini kashf etgan Dmitriy Mendeleev ham bor edi. Bu vaqtda Gorski texnik fanlar bilan bir qatorda musiqa va rasmga ham qiziqib qolgan.

 
Sergey Prokudin Gorskiyning Lev Tolstoyning rangli fotosurati. (1906)

1890-yilda Produkin Gorskiy Anna Aleksandrovnaga uylangan. Nikohdan Mixail va Dmitriy ismli ikki oʻgʻli tugʻilgan. Gorskiy Sankt-Peterburg shahri yaqinida joylashgan Lavrov nomidagi metall eritish zavodi direktori lavozimiga koʻtarilgan va u bu lavozimda Oktabr inqilobigacha ishlagan. Shu bilan birga u yuqori doiralarda faoliyat koʻrsatgan odamlarning fotografiya jamiyatlariga aʼzo boʻladi va fotografiya fanining nozik jihatlarini oʻrganishni boshlaydi. 1901-yilda u Sankt-Peterburgda oʻzining fotostudiya-laboratoriyasini ochgan. Gorskiy 1902-yilda Berlinga boradi. Bu yerda 6 hafta davomida rangli fotosurat va reproduksiya sohasida o‘z davrining taniqli fotokimyogari va olimi Adolf Meyt qoʻlida tahsil olgan[4]. U fotografiya faoliyatining dastlabki yillarini Fransiya va Germaniyada fotokimyo sohasida ishlayotgan olimlarga olgan suratlarini ko‘rsatib, ulardan ijobiy fikr olishga muvaffaq bo‘ladi. 1906-yilda u Rossiya imperiyasiga qaytib keladi va oʻsha yili u IRTS jurnalining fotografiya boʻlimining bosh direktori etib tayinlangan. Produkin Gorskiy Rossiya imperiyasida tan olingan va taniqli fotografga aylanadi

1906-yilda ishlangan Lev Tolstoyning rangli fotosurati Prokudin Gorskiyning faoliyati davomidagi eng mashhur va diqqatga sazovor asari sifatida tan olingan[5]. Gorskiy matbaa sohasida ishlagan holda fotografiya sanʼati bilan bogʻliq ishlarini kengaytirib olgan. Rangli suratga olish sohasidagi shon-shuhratdan soʻng, u imperator oilasi aʼzolarining eʼtiborini tortadi va imperator oilasi fotografga ular uchun ishlashni taklif qilgan.1908-yilda Produkin Gorskiy oʻz ishini imperiya aʼzolariga, masalan, Mixail Aleksandrovich va Mariya Feodorovaga koʻrsatadi.1909-yilda u podsho Nikolay II va uning oilasi bilan uchrashib, ularga oʻz ishlarini koʻrsatadi. Rangli rasmlarni tayyorlash borasidagi ishlari tufayli imperator Nikolay II ning nazariga tushadi. Imperator Gorskiyga imperiyaning istalgan hududiga borib, odamlar va tabiat bilan bogʻliq turli epizodlarni suratga olishga ruxsat bergan.

Fotosuratchi oldiga imperator tomonidan qoʻyilgan asosiy shartlardan biri Rossiya imperiyasining rangli fotogalereyasini yaratish edi. 10 yillik sayohatlari natijasida imperiyaning turli mintaqalarida, shu jumladan Kavkazda boʻlgan Sergey Prokudin Gorskiy 10 mingdan ortiq fotografiya namunalarni yaratgan[6]. Produkin Gorskiy Oktyabr inqilobiga qadar juda samarali ishlagan va oʻzi ishlagan sohalarda qiziqarli fotografiya namunalarini yaratishga muvaffaq boʻlgan. Imperator oilasi taxtdan agʻdarilib, mamlakatda yangi tuzum hokimiyatga kelganidan soʻng, Sergey Gorskiy 1918-yilda Rossiyani tark etishga majbur boʻlgan. U xorijda ishlagan yillar davomida Angliya, Fransiya, Italiya kabi mamlakatlarda chop etilgan fotografiya jurnallari uchun rangli fotosuratlar ishlab chiqarish va nashr etish bilan shug‘ullangan va bu borada yangi ilmiy izlanishlar olib borgan. 1922-yilda fotograf oʻz oilasi bilan Parijga koʻchib oʻtadi. Gorskiy umrining qolgan qismini farzandlari bilan Parijda ochgan fotografiya studiyasida ishlab oʻtkazadi. 1944-yil 27 sentyabr kuni Parijda vafot etgan Gorskiy Parijdagi Saint-Geneviève-des-Bois nomidagi rus qabristoniga dafn qilingan.

Ijodiy faoliyati

tahrir
 
Qizil-koʻk-yashil filtrli qora-oq fotografik tasvirlar va Alleia Hameropsda namoyish etilgan ushbu uchta tasvirni birlashtirib yaratilgan rangli fotografik tasvir.

Sergey Prokudin Gorskiy kimyo, fotokimyo va boshqa texnik sohalar bilan shugʻullangan boʻlsa-da, uning asosiy qiziqishi fotografiya sohasi bilan bogʻliq edi. Rangli fotosuratlar olish boʻyicha oʻz laboratoriyasida tadqiqot olib borgan olim faoliyati asosan bir muammoni hal qilishga qaratilgan. U har bir tasvir uchun rang filtrida boshqa rangdan foydalanadi. Shunday qilib, u olgan uchta rangdan qaysi biri yorqinroq ekanligini aniqlagan. Ushbu noodatiy tajriba natijasida olingan tasvirlar inson yuzini to‘liq aks ettira olmagan. Biroq, qizil, yashil va koʻk filtrlangan tasvirlardan olingan natija yanada tejamkor boʻlib chiqqan. Gorskiy rasmning rangli versiyasini olish uchun koʻp vaqt sarflashi kerak edi.

Shunday qilib, avvaliga turli xil filtrli obyektning oq-qora fotosuratlari olindi, soʻngra ranglarni mos filtrlar bilan birlashtirish jarayoni boshlandi. Asosan, birlashtirishda uchta rang filtri (qizil-yashil-koʻk) ishlatilgan. Keyinchalik, u fotograf tomonidan olingan rasmlarning bir rangli versiyalarini chop etish usulida aniqlandi.

Nikolay II va uning oilasi bilan shaxsan tanishib, uning ishini podshoh oilasi maʼqullaganidan so‘ng Produkin Gorskiyga imperiyaning istalgan nuqtasiga sayohat qilish va rangli suratga olishiga ruxsat berilgan. 1909-1915 yillarda fotograf imperiyaning turli hududlarida boʻlib, odamlarning kundalik hayoti va tashvishlarini suratga olishni boshladi. Qishloq hayotini boshqarayotgan oddiy odamlarni suratga olishga qiziqqan fotografning suratlari keyinchalik jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lgan. 1918-yilga kelib mamlakat ichidagi vaziyatning yomonlashishi va Oktabr inqilobining yuz berganligi munosabati bilan Yevropaga yuzlangan Gorski oʻz faoliyatini Angliya, Fransiya, Germaniya kabi mamlakatlarda davom ettirgan. Fotosurat sohasida inqilob hisoblangan rangli fotosuratlarni chop etishni joriy etgan Sergey Prokudin Gorskiy oʻz sohasining eng mashhur shaxslardan biri hisoblanadi.

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. „The Prokudin-Gorskii Photographic Record Recreated: The Empire That Was Russia“. 2014-yil 2-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  3. „Царский фотограф - http://yarcenter.ru“. 2009-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  4. „Chronology of Events in the Life of S. M. Prokudin-Gorsky“. 2014-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  5. Kington, Miles (2001-09-25). „Whatʼs the Russian for: Say Cheese?“. London: The Independent. 2001-09-25. Retrieved 2010-05-23
  6. „feb-web.ru - arxiv sənədi“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 5-oktyabr.
  NODES