Severodvinsk (1938-1957-yillarda — Molotovsk) — Rossiya Federatsiyasi Arxangelsk viloyatidagi shahar (1938-yildan). Oq dengiz sohilida, Severnaya Dvina daryosining dengizga quyilish joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 233,8 ming kishi (1998). Mudofaa, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari mavjud. Yoʻl mashinalari, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari, tikuvchilik va parrandachilik fabrikalari, oʻrta maxsus bilim yurti, drama teatri bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES