Shimoliy orolTinch okeandagi orol, Yangi Zelandiyaning shimoliy qismi. Janubiy oroldan Kuk boʻgʻozi orqali ajralgan. Maydoni 115 ming km². Gʻarbiy va sharqiy sohillari togʻlardan, markaziy qismi vulkanik platodan iborat. Issiq buloqlar, geyzer va issiq suvli koʻllar bor. Iqdimi subtropik, dengiz iqlimi. Yangi Zelandiyaning eng uzun daryosi (Uaykato, 354 km) va eng katta koʻli (Taupo, 612 km²) Shimoliy orolda. Hududining katta qismi ekin maydonlari va yaylovlardan iborat. Oʻrmonlar bor. Mamlakat aholisining 70% dan koʻprogʻi Shimoliy orolda yashaydi. Shimoliy orol — Yangi Zelandiyaning asosiy chorvachilik rayoni. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Muhim shaharlari: Vellington, Oklend, NyuPlimut. Orolga dastlab yevropaliklardan 1642-yilda A. Tasman borgan.

Shimoliy orol
Geografiya
Maydoni 113 729 km2
Dengiz sathidan balandligi 2797 m.
Eng baland nuqtasi Mount Ruapehu
Ma'muriyat
Davlat Yangi Zelandiya
Mintaqa Yangi Zelandiya
Demografiya
Aholisi 3 519 800
Qo'shimcha ma'lumot




  NODES
Done 1