Shpanka (Сегаяив уи1§ап8) — raʼnodoshlar oilasi olcha turkumiga mansub oddiy olcha (olivoli) navi. Xalq seleksiyasi yoʻli bilan chiqarilgan. Oʻzbekistonda, shuningdek, Moldaviya, Ukraina, Gruziyada tarqalgan. Daraxti kuchli oʻsadi, shoxshabbasi keng. Barglari ellipssimon, gullarining rangi oq, xushboʻy, mart oxiri — aprel boshlarida gullaydi, chetdan changlanadi. Mevasi yirik (5 g), dumaloq, yaltiroq, toʻqqizil, poʻsti yupqa, eti mayin, sersuv, shirinnordon. Tarkibida S, V2, V9 vitaminlari, qand, oshlovchi moddalar bor.

May — iyunda pishib yetiladi. Ekilganidan keyin 3—4yili hosilga kiradi. 7—8 yoshida har bir daraxti 25— 30 kg gacha hosil beradi. Sh., asosan, yovvoyi olchaga payvand qilinib koʻpaytiriladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, konservalar — murabbo, kompot, sharbat va boshqalar tayyorlanadi. Kasalliklarga va zararkunandalarga hamda sovuqqa chidamli. Sh. yetarli darajada sugʻorilmaganda qalqondorlardan zararlanishi mumkin. Uzbekistonning barcha viloyatlarida oʻstiriladi.



  NODES