Sibiu — Ruminiyaning markaziy qismidagi shahar. Sibiu judetsi (viloyati) ning maʼmuriy markazi. Axoliyey 169,6 ming kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Mashinasozlik (xususan, ogʻir va transport mashinasozligi, stanoksozlik va priborsozlik), kimyo, parfyumeriyakosmetika, yogʻochsozlik, toʻqimachilik (matolar, trikotaj, gilam), koʻnpoyabzal, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari, muzeylar bor. Turizm rivojlangan. Meʼmoriy yodgorliklaridan 13—18-asrlarda qurilgan cherkov, saroy, minoralar saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES