Sitora (sitara yoki sitarah; arabcha: سِتَارَة [si.taː.ra]) – islom diniga oid muqaddas joylarda bezak sifatida ishlatiladigan parda. Sitora Kaʼbaning mato qoplamasi boʻlgan kisvaning bir qismini tashkil qiladi. Madinadagi Al-Masjid an-Nabaviy masjididagi paygʻambar maqbarasini ham yana bir sitora bezab turadi. Ushbu matolarda Qur’on oyatlari va boshqa muhim matnlarning naqshli yozuvlari mavjud. Sitoralar XVI asrdan boshlab har yili Makkaga yuborilgan toʻqimachilik mahsulotlarining bir qismi sifatida yaratilgan. Anʼanaga koʻra, toʻqimachilik namunalari muqaddas joylar uchun mas’ul hukmdorlar tomonidan taqdim etiladi. Ularga misol qilib Mamluklar davlati sultonlari, Usmonli imperiyasining sultonlarini va hozirda Saudiya Arabistoni hukmdorlarini keltirishimiz mumkin[1]. Sitoralarning tuzilishi va koʻrinishi ham diniy eʼtiqod, ham ularni yaratilishiga buyruq bergan hukmdorlarning boyligini koʻrsatib turadi[2].

Kaʼba eshigi uchun Sitora, milodiy 1606-yil, Haj va ziyorat sanʼati haqida Xalili toʻplami

Islomiy muqaddas joylardagi toʻqimachilik buyumlari

tahrir
 
Paygʻambar masjidi uchun 1718-yilda Istanbulda ishlangan sitora

Eng qadimgi sitora Misrda 1544-yilda Sulaymon I hukmronligi davrida yaratilgan[3]. Sulaymon oʻnta qishloq qurilishi uchun sarflanadigan mablagʻni Kaʼba va paygʻambar masjidiga oʻrnatiladigan toʻqimachilik buyumlarini yaratish uchun ajratgan.

 
Kaʼbaning ichki eshigi uchun hijriy 1311-yilda Qohirada yaratilgan Sitora (milodiy 1893–1894)

Kaʼba uchun sitoralar 1927-yilgacha qirol Abdulaziz ibn Abdurahmon as-Saud Makkada ustaxona tashkil etguniga qadar Qohiradagi Dar al-Kisvadagi maxsus ustaxonada har yili ishlab chiqarilgan toʻqimachilik toʻplamining bir qismi boʻlgan[4][3]. XX asr boshlarida Qohira ustaxonasida yuzdan ortiq rassom va toʻqimachilik ishchilari yaratilgan[5]. Yaratilgan toʻqimachilik mahsulotlarini Qohiradan Makkaga tashish ishlari maxsus tanlangan musulmon oilasiga zimmasiga yuklangan va ular uchun bu katta sharaf boʻlgan[4].

Manbalar

tahrir
  1. Ipek, Selin (Summer 2011). "Dressing the Prophet: Textiles from the Haramayn". Hali 168: 49–51. ISSN 0142-0798. 
  2. „Sitarah made for the Mosque of the Prophet in Medina“ (en). Yousef Jameel Centre for Islamic and Asian Art. Ashmolean Museum, University of Oxford. Qaraldi: 2021-yil 15-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Porter, Venetia „Textiles of Mecca and Medina“, . Hajj : journey to the heart of Islam Venetia Porter: . Cambridge, Mass.: The British Museum, 2012 — 257–265-bet. ISBN 978-0-674-06218-4. OCLC 709670348. 
  4. 4,0 4,1 Vincent-Barwood, Aileen (September–October 1985). "A Gift from the Kingdom". Saudi Aramco World 36 (5). https://archive.aramcoworld.com/issue/198505/a.gift.from.the.kingdom.htm. Qaraldi: 2021-01-15. Sitora (toʻqimachilik)]]
  5. Nassar, Nahla „Dar al-Kiswa al-Sharifa: Administration and Production“, . The Hajj : collected essays Venetia Porter: . London: The British Museum, 2013 — 176–178-bet. ISBN 978-0-86159-193-0. OCLC 857109543. 
  NODES
admin 1