Skopas (Skopas) (mil. av. 4-asr) — yunon haykaltaroshi va meʼmori. Paros o.da tugʻilgan. Gretsiya va Kichik Osiyoning Tegeya (hozirgi Piali), Galikarnas (hozirgi Bodrum, Turkiya) va boshqa shaharlarida ishlagan. S. Tegeyadagi Afina Aleya ibodatxonasi (mil. av. 350—340) va Galikarnasdagi mavzoley (maqbara, mil. av. 4-asr oʻrtalari)ni barpo etishda meʼmor sifatida qatnashtan. S. klassika anʼanalarini davom ettirib, monumental, qahramonlik ruhi bilan sugʻorilgan haykaltaroshlik asarlari yaratdi, ularda sergʻayrat, kuchquvvatga toʻla, ichki hishayajonini yashira olmaydigan, kurash ruhi bilan toʻlibtoshgan kishilarning koʻrinishi, maʼnaviy ichki dunyosi ochib beriladi. Galikarnasda haykaltaroshlar Briaksis, Leohar, Timofeylar bilan hamkorlikda yaratgan relyeflaridan parchalar Britaniya muzeyida sakdanadi. S.ning koʻp asarlari jahon muzeylarida saqlanayotgan Rim nusxalaridan maʼlum: "Meliagr", "Menada", "Potos", "Navqiron Gerakl" va boshqa S.ning dramatizm bilan toʻla ijodi ellin davri madaniyati haykaltaroshl i giga kuchli taʼsir koʻrsatgan.




  NODES
os 16