Streptokokk (yun. streptos — zanjir va kokklar) — harakatsiz bakteriyalar turkumi (diametri 0,6 — 1 mkm). Havo changi, odam terisi va boshqalarda uchraydi. Boʻlinib koʻpayadi, natijada har xil uzunlikdagi sharsimon hujayralar zanjiri hosil boʻladi. S spora hosil qilmaydi; grammusbat; shakar va spirtni bijgʻitadi. Ayrim turlari amaliy ahamiyatga ega; sut kislota Si laktozani bijgʻitib sut kislota hosil qiladi. Bu jarayondan sut mahsulotlari (prostokvasha va boshqalar) olishda foydalaniladi. Polisaharidlarni dekstranga aylantiruvchi ayrim turlari qon oʻrnini bosuvchi suyuklik tayyorlashda qoʻllanadi. Kasallik tugʻdiruvchi turlari angina, saramas, yiringli kasalliklar paydo qiladi; qonni zararlaydi. Baʼzi S.lar eritrotsitlarni yemirish (gemoliz) xususiyatiga ega.




  NODES
Done 1